32-mavzu. Lyuminessent analiz metodi.
Lyuminessentlanishning hosil bo‘lishi va uning turlari. Nur qo‘zg‘atish manbalari. Molekulyar fotolyuminessentlanish (fluoressentlanish) va uning tavsiflari. Vavilov qoidasi. Stoks-Lommel’ qonunlari. Yutilish va fluoressensiyalanish spektrlarining ko‘zgu simmetriyasi qoidasi (Levshin simmetriyasi). Lyuminessentlanishning so‘nishi. Harorat, konsentratsiya va begona aralashmalar ta’siri. Lyuminessentlanish hodisasining analitik kimyoda ishlatilishi.
33-mavzu. Mass-spektrometrik analiz usullari.
Rentgen analiz usullari. Rentgen-fluoretsent analiz. Yadro-fizikaviy analiz usullari va radiokimyoviy analiz usullari. Radioaktivatsion analiz usullari. Analiz qilinadigan moddaning tuzilishini o‘zgartirmasdan analizni bajarish. Analizning asosiy obyektlari. Geologik obyektlar, metallar, qotishmalar, biologik va tibbiy obyektlar, atrof-muhit obyektlari (suv, havo, tuproq) va hok.
34-mavzu. Elektrokimyoviy analiz usullari.
Elektrokimyoviy analiz usullarining umumiy tavsifi va sinflanishi. Elektrokimyoviy zanjir.
Indikatorli elektrod va solishtirma elektrodlar. Elektrokimyoviy muvozanat potensiali. Tok o‘tayotganda elektrokimyoviy zanjirlarda kuzatiladigan hodisalar: kuchlanishning qarshilik ta’sirida pasayishi, konsentratsion va kinetik qutblanishlar. Elektrokimyoviy analiz usullarining sezgirligi va tanlanuvchanligi.
Dostları ilə paylaş: |