19- mavzu. Stereokimyo asoslari
Ximiyada fazoviy tushunchalarning rivojlanish tarixi. Atomlarning fazoviy tuzilishiga A.M. Butlerovning qarashlari. Vino kislotalarini o‘rganish bo‘yicha Pasterning ishlari. Molekulyar asimmetriya haqida Paster nazariyasi. Sut kislotasi izomerlarining kashf etilishi. Vant-Goffning tetraedrik nazariyasi. Le-Bellning stereoximiyaviy nazariyasi. Tetaredrik nazariyaning to‘g‘riligini tekshirish.
20- mavzu. Ochiq zanjirli birikmalarning optik izomerlari
Bitta asimmetrik uglerod atomiga ega bo‘lgan birikmalar. Stereoizomerlarni tasvirlash usullari. Antipodlar. Optik faol moddalarning hayotiy jarayonlardagi ahamiyati. Ratsematlar, ularning tabiati. Bir nechta asimmetrik uglerod atomiga ega bo‘lgan birikmalar. Stereoizomerlarni grafik usulda ifodalash. Mezobirikmalar, diastereoizomerlar, epimerlar. Psevdosimmetrik atom. Optik superpozitsiya. Stereoximiyaviy nomlanish.
Etilen birikmalarning geometrik izomerlari, izomerlar soni. Tsis- va trans- izomerlarning xossalari. Kumulen birikmalarning stereoizomerlari.
Konformatsiyalar analizi. Fazoviy va strukturaviy omillarning konformatsiyalar barqarorligiga ta’siri.
Dostları ilə paylaş: |