"kelishilgan"


  V. Kursishini tayyorlash bo„yichako„rsatmavatavsiyalar



Yüklə 150,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix28.11.2023
ölçüsü150,95 Kb.
#167851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
zoologiya fan dasturi umurtqalilar14.06.23 (1)

3. 
V. Kursishini tayyorlash bo„yichako„rsatmavatavsiyalar. 
Zoologiya fanidan kursishlari o„quv yilining 5-semestridabajariladi. Kurs 
ishlarining asosiy maqsadi talabalarni mustaqilishlashga o„rgatish, ular olgan 
bilimlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashdan iborat. Kurs ishlarini 
bajarish davomida talabalar ilmiy tadqiqod ishlarini olib borish metodlari bilan 
tanishishadi; tajribalar, kuzatishlar olib borishadi; foydalanilgan yozma manbalarda 
keltirilgan ma‟lumotlarni tahlil qilib, ularni xulosalashga o„rganishadi.
Kursishifanmavzularigataaluqlimasalalaryuzasidantalabalargayakkatartib
dategishlitopshiriqshaklidaberiladi. Kurs ishi hajmi, rasmiylashtrish shakli
baholash mezonlari ishchi fan dasturida va tegishli kafedra tomonidan 
belgilanadi.
Kurs ishlari hayvonlar tuzilishi va hayotini o„rganish, faunistik va ekologik 
kuzatishlar yoki ilmiy manbalarni tahliliy o„rganish asosida bajariladi. 
Kurs ishlarini baholashda tadqiqotning metodik to„g„ri tashkil etilganligi, 
tadqiqot natijalari va xulosalarning mantiqiyligi, ilmiy asoslanganligi, ish matnining 
jadvallar va rasmlar bilan bezatilganligi e‟tiborga olinadi. 
Talabalar tomonidan kurs ishini bajarilishi professional tayyorgarlikning 
muhim bosqichi hisoblanadi, chunki ularda mustaq ilijodiy ishlashni 
shakllanishiga, ilmiy tadqiqot elementlarini anglashga, ilmiy adabiyotlarni 
o„qish va tahlil qilishga yordam beradi. 
Talaba kurs ishini bajarish jarayonida undan ham murakkabroq bo„lgan 
vazifa-malakaviy bitiruvishini bajarish uchun, nazariyalarni anglash, ularni 
umumlashtirish va amaliyotda qo„llab mustaqil ilmiy-tadqiqot faoliyatini 
boshlashga tayyorgarlik ko„radi. Kurs ishini tayyorlash talabada axborotlarni 
analitik fikrlashni rivojlanishiga va oqibat natijada tayyor mutaxassis bo„lib 
yetishishiga olib kelishi kerak. 
Kurs ishi talabadan fanning turli sohalari bo„yicha amaliyotda olgan 
bilimlarini mustahkamlashni, yanada chuqurlashtirishni va umumlashtirishni 
talabqiladi. Har bir tanlangan kurs ishi mavzusi ilmiylikni, zamonaviylikni 
talab qiladi, chunki har bir topshiriqda yangilik elementlari bo„lishi lozim. Kurs 
ishini foydasini eng muhim omillari, uning individualligi va talabaning 
qiziqishi va qobiliyatiga qarab umumiy talablarni pasaytirmagan holatda 
berilishi hisoblanadi. 
Kurs ishi mavzulari bevosita ishlab chiqarish ya‟ni, umumumiy o„rta 
ta‟lim maktablarida pedagogik jarayonga bog„liq holda ishlab chiqiladi va 


har bir talabaga alohida shaxsiy topshiriq beriladi 
Shuning uchun ham o„qituvchi kurs ishini taqsimlash va tushuntirish 
uchun o„quv rejasida ajratilgan 4 soat ichida kurs ishining mohiyati, 
tadqiqot olib borish usullari va adabiyotlar bilan ishlash, ya‟ni ularda 
masalaning qo„yilishi, nima ish qilinganligi, ularning mavjud ishlardan 
farqi, taklif yoki tavsiya qilinayotgan usullarni ajrata olish haqida batafsil 
tushuntirish nazarda tutiladi. 
Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va o„quv yilining 
boshida shu o„quv yili uchun tasdiqlanadi. Talaba o„zini qiziqtirgan 
mavzuni tanlab olgandan so„ng, bu mavzu bo„yicha ish rejasini tuzadi va 
uni tasdiqlash uchun kafedraga taqdim etadi. Talabaning tanlagan kurs ishi 
mavzusi tasdiqlangandan so„ng kafedra unga ilmiy rahbar tainlaydi. Talaba 
kurs ishini o„z ilmiy rahbarining bevosita rahbarligida bajaradi. 

Yüklə 150,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin