V BO‘LIM. O‘QUV YILI DAVOMIDA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH (11 soat, A1+: 6 soat)
98-99-mavzu. Narsa va shaxs nomini, harakatini bildirgan so‘zlar (2 soat). A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 100-101-102-103-mavzular. Shaxs va narsa belgisini, sanog‘ini va tartibini bildirgan so‘zlar (4 soat). Darslikdagi mashq, matnlar asosida shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib bildirgan so‘zlarning ma’nosi va imlosi.
A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 104-105-106-mavzular. Gap. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi. Mustahkamlash (3 soat). Nazorat va tahlil (2 soat). O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi;
nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib, gap ohangiga rioya qilib ravon va ifodali o‘qiy oladi;
shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar nechta?, qancha? so‘roqlariga, shaxs va narsaning tartibini bildirgan so‘zlar nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarni, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi;
3-4 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi;
rasmlar asosida qisqa matn tuza oladi, xatboshiga, imlo va husnixat qoidalariga amal qila oladi.
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;
talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi;
bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi;
mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi;
30-40 so‘zli diktant yoza oladi.