Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə119/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

To‘g‘ri o‘qish. To‘g‘ri o‘qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o‘qish tushuniladi, ya’ni to‘g‘ri o‘qish so‘zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarni buzmasdan, so‘zdagi tovush yoki bo‘g‘inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo‘shmay, harflar o‘rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so‘zga urg‘uni to‘g‘ri qo‘yib o‘qish hisoblanadi. M. Odilova va T. Ashrapovalar «Adabiy talaffuz me’yorlariga qo‘yilgan barcha talablar to‘g‘ri o‘qish ko‘nikmasiga ham taalluqlidir», - deb ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to‘g‘ri o‘qishga quyidagicha ta’rif bergan: «To‘g‘ri o‘qish - bu materialni tovush tomondan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko‘chirishdir». Demak, to‘g‘ri o‘qish so‘zning tovush tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me’yorlar asosida o‘qishdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o‘rtasida puxta sintez yo‘q bo‘lgani uchun ular o‘qishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi.
To‘g‘ri o‘qish so‘zning uzun-qisqaligiga, o‘quvchining so‘z boyligiga, ya’ni so‘zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so‘zning bo‘g‘in va morfemik tarkibiga bog‘liq. O‘quvchilar ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra xatoga yo‘l qo‘yadilar:
1. So‘zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o‘rtasida puxta sintez bo‘lmagani uchun bola so‘zning oldin tovush tomonini ko‘radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So‘zning ma’nosini esa e’tibordan chetda qoldiradi.
2. So‘z ko‘p bo‘g‘inli bo‘lib, bola uni oldin eshitmagan bo‘lsa, xatoga yo‘l qo‘yadi.
3. So‘zning ma’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo‘l qo‘yadi.
4. Tez o‘qiyman deb xatoga yo‘l qo‘yadi.
5. To‘g‘ri o‘qish yorug‘likka va yorug‘likning tushishiga ham bog‘liq.
6. Undosh tovush so‘zning o‘rtasida va oxirida kelgan yopiq bo‘g‘inli so‘zlarni o‘qishda qiynaladilar.
Xato o‘qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi:
1. Matnni o‘qitishdan oldin undagi o‘qilishi qiyin so‘z, birikma va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qilishini mashq qildirish.
2. Matnni o‘qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini tushuntirish. So‘z ma’nosini izohlash usullarini aniqlash.
3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish.
4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o‘qishlari uchun sharoit yaratish.
5. Oldin ichda o‘qitish, so‘ng ovoz chiqarib o‘qitish.
6. O‘qitishda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni matnni oson, o‘rtacha qiyinlikda va qiyin o‘qiladigan o‘rinlarini belgilab olib, unga kuchi etadigan o‘quvchilarga oldindan taqsimlab berish.
7. O‘quvchilarning o‘qishini muntazam tekshirib turish.
8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to‘g‘ri tuzatish yo‘lini aniqlash.
9. O‘quvchilarni xato qilish mumkin bo‘lgan o‘rindan ogohlantirib turish.
10. Xatcho‘pdan foydalanish.
11. Xato o‘qish o‘quvchining shaxsiy ko‘ruv sezgisiga bog‘liq bo‘lsa, bu jihatni ham hisobga olish.
O‘qituvchining tuzilishi murakkab so‘zlarni oldindan xattaxtaga yoki kartonga bo‘g‘inlarga bo‘lib yozib qo‘yib, o‘quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o‘qitishi yaxshi natija beradi.
O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato ikki xil yo‘l bilan tuzatiladi:
1. O‘quvchi so‘z oxiridagi qo‘shimchani noto‘g‘ri o‘qisa, o‘quvchini o‘qishdan to‘xtatmasdan xatoni to‘g‘rilash mumkin.
2. Xato o‘qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o‘qitish usulidan foydalaniladi. Bunda o‘quvchiga o‘qigan matni yuzasidan savol berilsa, o‘quvchi e’tiborli bo‘lib qayta o‘qiydi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin