1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023
1. Kitobni targ‘ib qilish. STO‘ga tavsiya qilinadigan asarlar ro‘yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo‘yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to‘ldiriladi, ko‘rgazmalar tashkil qilinadi. O‘qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o‘qilgan kitoblar hisobga olinadi.
3. STO‘ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko‘riladi.
O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari og‘zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o‘qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o‘qish va sinfda o‘qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.
16-ma’ruza Nutq va uni o‘stirish tushunchasi
Nutq — kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi,
gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar, o'z
fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini
bajaradi.
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan
biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda
muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
Nutq o'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tildan bajargan
ishlari ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda tilni har tomonlama
(talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishini, bog'lanishli nutqni) faol amaliy
o'zlashtirish tushuniladi. Agar o'qituvchi ko'zda tutilsa, nutq o'stirish
deganda, o'quvchilaming tilning talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishi
va bog'lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va
usullami qo'llash tushuniladi22. Shuning uchun ham grammatika va
imlo dasturi tovushlar va harflar, so'z, gap, bog'lanishli nutq kabi
qismlarni o'z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo'limlari „Xat-savod o'rgatish va nutq o'stirish", „O'qish va nutq o'stirish", „Grammatika, imlo va nutq o'stirish“ deb nomlangan.
Nutq faoliyati uchun, shuningdek o'quvchilar nutqini o'stirish
uchun bir necha shartga rioya qilish zaair:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo'lishi kerak.
O'quvchilar nutqini o'stirishning metodik talabi o'quvchi o'z fikrini,
nimanidir og'zaki yoki yozma bayon qilish xohishini va zaruriyatini
yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo'lishi lozim. Bu material
qanchalik to'liq, boy, qimmatli bo'lsa, uning bayoni shunchalik
mazmunli bo'ladi. Shunday ekan, o'quvchilar nutqini o'stirishning ikkinchi
sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida bo'lib, o'quvchi
nutqi mazmunli bo'lishi uchun g'amxo'rlik qilish hisoblanadi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so'z, so'z birikmalari, gap, nutq
birliklari yordamida ifodalansagina tushunarli bo'ladi. Shuning uchun
nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning uchinchi sharti — nutqni til vosi-
22 Рождественский H. С., Кустарева В. А. Методика начального о б у -
чени русскому зыку,— М.: „Про св ещ ение" , 1965. с . 289.
www.ziyouz.com kutubxonasi
talari bilan qurollantirish hisoblanadi. 0 ‘quvchiIarga til namunalarini
berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish
va undan o'z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta'lim metodikasi
asoslanadigan ongli ravishda „tilni sezish" shakllanadi.
Nutq o'stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini
yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan,
o'rgangan til vositalaridan foydalanib, o'z fikrini bayon
etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.
Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o'zlashtiradi. Buning o'zi
yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o'zlashtiradi. Nutqni egallashning
qator aspektlari mavjud. Bular:
1. Adabiy til me’yorlarini o'zlashtirish. Maktab o'quvchilarini adabiy
tilni sodda so'zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o'rgatadi,
adabiy tilning badiiy, ilmiy, so'zlashuv variantlari bilan tanishtiradi.
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo'lgan muhim nutq
malakalarini, ya’ni o'qish va yozish malakalarini o'zlashtirish. Bu bilan
o'quvchilar yozma nutqning xususiyatlarini, uning og'zaki so'zlashuv
nutqidan farqini bilib oladi.
3. O'quvchilaming nutq madaniyatini takomillashtirish. Til jamiyatdagi
eng muhim aloqa vositasidir. Tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan
kelib chiqib, maktabda o'quvchilaming nutq madaniyatiga
alohida e’tibor beriladi.
Bu vazifalarni bajarish uchun o'qituvchi o'quvchilar bilan rejali
ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o'quvchilar nutqini o'stirish
ustida ishlash tushunchasiga nimalar kirishini bilib olish muhimdir.
Nutq o'stirishda uch yo'nalish aniq ajratiladi: 1) so'z ustida ishlash;