1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023
1. O'quvchilar nutqi mazmundor bo'lsin. Hikoya yoki insho
o'quvchilar uchun yaxshi ma’lum bo'lgan dalillar, ularning kuzatishlari,
hayotiy tajribalari, kitoblardan, rasmlardan, radioeshittirish va
teleko'rsatuvdan olgan ma’lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli
bo'ladi. Bolalar bilmagan narsa, ko'rmagan voqea-hodisalar haqida
yetarli tayyorgarliksiz so'zlashga yo'l qo'yilsa, nutq mazmunsiz
chiqadi.
Nutq o'stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta
tayyorlashni, ya’ni material yig'ish, uni muhokama qilish, to'ldirish,
asosiy mazmunni ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi.
Albatta, bunda o'quvchilaming yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham
hisobga olinadi.
2. Nutqda mantiqiylik bo'lsin. O'quvchilar nutqi mantiqan to'g'ri
bo'lishi, fikr izchil, asosli bayon etilishi, asosiy o'rinlar tushirib
qoldirilmasligi va o'rinsiz takrorga, mavzuga taalluqli bo'lmagan
ortiqchalikka yo'l qo'yilmasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi
narsa, voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqiy xato
esa material mazmunini aniq bilmaslik, mavzuni o'ylamasdan noqulay
tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va
qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar
ham mavjud.
3. Nutq aniq bo'lsin. O'quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini
haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning
eng yaxshi til vositalaridan (so'z, so'z birikmasi, gaplardan) foydalangan
holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o'rgansin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4. Nutq til vositalariga boy bo'lsin. Mazmunni aniq ifodalash
uchun o‘quvchi nutqi til vositalariga boy bo‘lishi, u har qanday
vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan
mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko'nikmasiga ega
bo'lishi zarur. Albatta, boshlang'ich sinf o‘quvchilariga til boyligi
yuzasidan yuqori talab qo‘yib bo'lmaydi, ammo o'qituvchi o'quv
ishlarida ularning so'z boyligini oshirib borishni har vaqt ko'zda
tutishi kerak.
5. Nutq tushunarli bo'lsin. Og'zaki nutq eshituvchiga, yozma
nutq esa uni o'quvchiga tushunarli bo'lishi zarur. So'zlovchi yoki
yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o'quvchining imkoniyatini,
qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech qiyinchiliksiz
tushunadi.
6. Nutq ifodali bo'lsin. Agar nutq ifodali, ya’ni jonli, ishontiradigan
bo'lsa, eshituvchiga yoki o'quvchiga ta’sir etadi. Og'zaki nutq eshituvchiga
intonatsiya orqali ta’sir etsa, og'zaki nutq ham, yozma nutq ham
tinglovchi va o'quvchiga hikoyaning umumiy ruhi, dalillar, tanlangan
so'zlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan jumla, iboralar yordamida
ta’sir etadi. Nutqning tushunarli va ifodali bo'lishi har qanday shevaga
xos va ortiqcha so'zlardan xoli bo'lishini taqozo etadi.
7. Nutq to'g'ri bo'lsin. Maktab o'quvchilari uchun nutqning adabiy
til me’yorlariga mos va to'g'ri bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma
nutq grammatika, imlo va punktuatsiya jihatidan, og'zaki nutq esa
orfoepik jihatdan to'g'ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to'g'ri bo'lishi
uchun so'z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega.
Yuqorida sanab o'tilgan talablar o'zaro bir-biri bilan uzviy bog'liq
bo'lib, ta’lim tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi.
Nutq — o'quvchilar tafakkurini o'stirishdagi muhim vosita
Nutq fikmi bayon etish vositasi bo'libgina qolmay, uni shakllantirish
quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi,
uni o'stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat
tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o'stirish mumkin.
Shuning uchun o'quvchilar nutqini o'stirishda materialni tayyorlash,
takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va mantiqiy
fikrlashga yo'naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi.
Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va buyon
etilsagina, muvaffaqiyatli o'sadi. Tushuncha so'zlar yoki so'z birik-
304
www.ziyouz.com kutubxonasi
malari bilan ifodalanadi, shunday ekan, u til vositasi bo‘lgan so ‘zda
muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan
so ‘z (so‘z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda
tashqi nutqda fikrlash irrhkoniga ega bo'ladi.
Nutqda fikr shakllanrtritadi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.
„Nutq tafakkur bilan cljambarchas bog'langandir. Nutq bo'lmasa,
tafakkur ham bo'lmaydi.- til materiali bo'lmasa, fikrni ifodalab berib
bo'lmaydi"23. :
Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil,
mantiqiy bo'lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasrni,
lug'at tarkibini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish
uchun, tafakkurni o'stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar,
dalillar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir.
Nutq tafakkur jarayonini o'rganishning muhim vositasi bo'lib
xizmat qiladi. Nutqdan o'quvchi fikriy rivojining asosiy o'lchovlaridan
biri sifatida foydalaniladi. O'quvchining barcha o'quv predmetlaridan
materialni o'zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda,
u yoki bu mavzuni o'quvchi o'z nutqida (yozgan inshosida,
axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday
bayon eta olishiga qaraladi.
Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo'lmaydi, nutq tafakkur
asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib etiladi, yuzaga chiqadi.
Ikkinchi tomondan, nutqning o'sishi fikrni shakllantirishga yordam
beradi, takomillashtiradi.
O'quvchilar nutqini o'stirishning boshqa o'quv predmetlari bilan
bog'liqligi
O'quvchilar nutqini o'stirish boshqa o'quv predmetlaridan o'tkaziladigan
mashg'ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog'lanadi. Ona tili
darslarida o'quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida
bilim oladilar; ular kuzatishni, o'ylashni va ko'rganlari, eshitganlari,
o'qiganlari haqida to'g'ri bayon qilishni o'rganadilar. Ona tili darslari
bolalar lug'atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to'g'ri
tuzishni o'rgatadi.
O'qish darsi va u bilan bog'liq holda olib boriladigan kuzatish,
ekskursiya o'quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati
haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala qilish
2J Ivanov P. I. Umumiy psixologiya. — Т.: „O'qituvchi", 1967. 306-bet.
305
www.ziyouz.com kutubxonasi
haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va
o'stirishga keng imkoniyat mavjud. Badiiy asarlarni o'qish, o'qilganlarni
qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini kuzatish
vaqtida ko'rganlarini hikoya qilish o'quvchilar og'zaki nutqini o'stirish
vositasidir. On a tili darslarida esa yozma nutqni o'stirish uchun keng
imkoniyatlar mavjud. Grammatikani o'rganish va o'qish darslarida
o'quvchilar bajaradigan so'z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir
turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda yordam beradi.
Grammatika va to'g'ri yozuv darslarida tilni maxsus o'rganish bilan
bolalar alohida tovush, bo'g'in, so'z va gaplarni eshitishga va talaffuz
qilishishga o'rganadilar. Ular narsa, harakat, belgi bildirgan ko'pgina
so'zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo'g'in, so'z, o'zak, qo'shimcha,
so'z turkumi, ot, sifat, fe’l, son, olmosh, bog'lovchi, gap, gap bo'lagi,
darak gap, so'roq gap, undov gap singari juda ko'p yangi atamalarni
bilib oladilar.
Boshlang'ich sinflardagi boshqa darslarda ham o'quvchilar nutqi
xilma-xil so'zlar bilan boyitiladi. Kuzatish va turli ko'rgazmali qurol-
Iar bu darslarda ham bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi
hisoblanadi.
Matematika darslarida bolalar yangi tasawur va tushunchalar, juda
ko'p so'z va atamalar bilan o'z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo'shma
gap tuzishga o'rganadilar: 5 soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni
besh sonidan kichik (3 < 5); bitta o'nlikka ikkita o'nlik va 5 ta birlikni
qo'shsak, uchta o'nlik va 5 ta birlik hosil bo'ladi (10 + 25 = 35) va
hokazo.
Masala echish jarayonida esa ular shu vaqtgacha o'z nutqlarida
ishlatib kelgan bo'ladi, qoladi, hosil bo'ladi, teng kabi so'zlaming yangi
ma’nosini bilib oladilar; ...bizga ma ’lum, masalada so'ralyapti kabi so'z
birikmalarini ishlatishga o'rganadilar.
Matematika darslari o'quvchilaming bog'lanishli nutqini o'stirishda
muhim ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to'liq
javob berishga, atamalarni to'g'ri ishlatib, qoidalarni o'z saviyalariga
mos ravishda aniq shakllantirishga o'rgatiladi. Bular, o'z navbatida,
o'quvchilar nutqini boyitish va faollashtirish vositasi hisoblanadi.
Bog'lanishli nutq ko'nikmalarini egallashga masala echish bilan
bog'liq holda olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o'rgatish
mashqlari samarali ta’sir ko'rsatadi. Masala o'qib eshittirilgandan
so'ng, o'quvchilar uning asosiy mazmunini eshitib idrok etishga,
www.ziyouz.com kutubxonasi
to‘g‘ri, qisqa va aniq qayta aytib berishga o'rgatiladi. Masala tuzishga
o'rgatish esa mantiqiy izchil, muhokama elementlari bilan kichik
hikoya tuzish imkoniyatini beradi. Bu mashq o'quvchidan faollikni va
mustaqillikni talab etadi, bolaning bilish faolligi va mustaqilligini oshirish
esa uning umumiy rivojlanishida juda muhimdir. Masala tuzish
kichik hikoya tuzishdir. Masalaning hikoyadan farqi shundaki, unda
nimadir noma’lum bo'lib, uni topish uchun ma’lum so'roqqa javob
berish talab etiladi. O'quvchi rasm asosida „Daraxtga uchta chumchuq