Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə148/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

qo ‘ngan edi, yana ikkita chumchuq uchib kelib qo ‘ndi. Daraxtda
nechta chumchuq bo'ldi?“ masalasini tuzadi. Bu masalani echishda
o'quvchilar daraxtga qo'ngan chumchuqlar sonini bilish uchun nima
qilish kerakligini o'ylaydilar, muhokama qiladilar. Masalani echish
uchun aniq izchillikda muhokama yuritish va tushuntirish bilan bolalar
o'z fikrlarini matematika tilida aniq va bog'lanishli bayon etishga
o'rganadilar.
Shunday qilib, matematika darslarida o'qituvchi bolalar lug'atini
boyitish, turli xil gap, bog'lanishli nutq va bayon, muhokama elementi
mavjud bo'lgan hikoya tuzish ustida ishlaydi. O'qituvchi matematika
tili xususiyatlarini o'zlashtirishga ko'maklashish bilan bog'liq holda,
o'quvchilar tafakkurini, nutqini o'stiradi. O'qituvchi matematik mazmungagina
emas, balki shu mazmunni o'quvchilar nutqida to'g'ri
shakllantirishga ham e ’tibor bersa, bu darslarda egallanadigan bilim
haqiqiy va o'quvchilar nutqining o'sishi uchun samarali vosita
bo'ladi. „Fikrni aniq shakllantirishni talab qilish, masala shartini ongli
takrorlatish, mustaqil masala tuzdirish va savollar yordamida masalani
echish yo ‘lini tushuntirish ко ‘nikmasi ustida ishlash о ‘quvchilarda qayta
hikoyalash, insho va muhokama qilish madaniyatini o'stiradi"24.
O'quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko'rgan
narsalarini o'qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o'zaro
taqqoslab, o'xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, o'z
navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon
beradi va tafakkurni o'stiradi. Tabiat hodisalari va predmetlarni
idrok etish bilan bolalar ongida tabiatshunoslikka oid tushunchalar
hosil bo'ladi. Bu tushunchalar ta’lim jarayonida yo narsalarni (daraxt,
olma, shaftoli, o'rik, olxo'ri, gul, o't kabi), yo ularning belgisini (mevali,
mevasiz; achchiq, nordon, shirin; qizil, oq kabi), yo harakatini
24 Рожде ств енский H. С ., Кустарева В. А . Методика начального о б у -
чени ру с скому зыку. — М.: „П р о св ещ ен и е" , 1965. с .297.
www.ziyouz.com kutubxonasi
(daraxt o'sadi, qush uchadi, bulbul sayraydi kabi) ifodalovchi so'zlar
bilan bog'lanadi.
Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya va ashula darslari
ham, shuningdek, darsdan tashqari mashg'ulotlarda ham o'quvchilar
nutqi va tafakkurini o'stirishga alohida ahamiyat qaratish zarur.
O'quvchilar nutqini o'stirishda o'qituvchining nutq madaniyati
katta ahamiyatga ega. O'qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan
tashqari mashg'ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til
me’yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so'zlashi, shuningdek,
har doim o'quvchi daftariga, barcha hujjatlarga husnixat va imlo
qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu bilan u bolalarni
ifodali so'zlashga, xatosiz, chiroyli yozishga o'rgatadi, tilga sezgirlikni

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin