So’z ma’nosini tushuntirish. So’zlarning ma’nosini tushuntirish o’quvshilar lug’atini boyitadi, nutqini o’stiradi. Boshlang’ish sinflarda o’qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo’lgan so’zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur so’z anglatgan tushunshani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma’nosinn tushuntirish bilan o’quvshilar predmet keng ma’noda qo’llanishini, tabiatdagi barsha narsa, hodisa, tushunshalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi.
So’zning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o’quvshilar diqqatini shalg’itmasligi kerak. Buning ushun o’qituvshi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi tushuntirilishi lozim bo’lgan so’zlarni, uni tushuntirishning yeng qulay usullarini va darsning qaysi o’rnida tushuntirishni belgilab oladi.
O’qish kitoblaridagi matnlarda birinshi marta ushragan, bolalar ma’nosini bilmaydigan ayrim so’zlar matnni o’qishdan oldin tushuntiriladi.
Matnni o’qish jarayonida so’z ma’nosini tushuntirishga shek qo’yish kerak. Agar biror so’zni matnni o’qish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug’ilsa, matn mazmunidan o’quvshilar diqqatini shalg’itmagan holda shu so’z ma’nosi qisqasha tushuntiriladi.
Ko’shma ma’noda ishlatilgan obrazli so’zlar va badiiy nutq oborotlari matn o’qilgandan keyin tushuntiriladi, shunki ularning ma’nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, masallar o’qilganda, undagi allegorik, ko’shma ma’noda ishlatilgan so’zlarni asarni o’qishdan oldin yoki o’qish jarayonida tushuntirib bo’lmaydi.
Metodikada so’zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1.So’znikontekst asosida tushuntirish. Bunda o’quvshilar tushunmaydigan so’z ularga tushunarli so’zlar qo’llangan gap (yoki
matn) yordamida tushuntiriladi.
2. So’z ma’nosini lug’atdan va o’qish kitoblarida matn ostida
berilgan izohdan foydalanib tushuntirish. Bunda o’quvshilarni
izohdan mustaqil foydalanib, so’z ma’nosini mustaqil tushunib
olishga o’rgatish muhim ahamiyatga yega.