Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə190/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritiladigan, boshlang‘ich sinflarda keng qo‘llaniladigan metod sanaladi. Suhbat metodida o‘qituvchi mavzuning xususiyatini o‘zida aks ettirgan o‘quv materiali yuzasidan savollar tuzadi hamda ularni o‘quvchilarga izchil beradi. O‘quvchilarga beriladigan savollar grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlashga, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ajratishga, o‘xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlashga, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi talab qilinadi.
An’anaviy ta’limda suhbat “o‘qituvchi-o‘quvchi”, “o‘qituvchi-o‘quvchilar jamoasi” shakllarida tashkil etiladi. Interfaol ta’limda suhbat quyidagi shaxslar o‘rtasida tashkil etiladi:

  • o‘quvchi – o‘quvchi (juftlikda ishlash);

  • o‘quvchi – o‘quvchilar guruhi (kichik guruhlarda ishlash);

  • o‘quvchi – axborot kommunikatsion texnologiyalar.

Suhbatni “o‘quvchi – axborot kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etish o‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko‘nikma, malakalarning o‘zlashtirilishini anglatadi.
O‘qituvchi interfaol ta’lim yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘zini-o‘zi nazorat, o‘zini-o‘zi boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi.
Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni ta’minlash uchun o‘qituvchilar bir qator shartlarga rioya etishlari zarur:

  • ta’lim jarayoniga sinfdagi o‘quvchilarning to‘la qamrab olinishi;

  • o‘quvchilarning darslarga ruhan tayyorgarliklarini inobatga olish;

  • kichik guruhlarda o‘quvchilar sonining ko‘p bo‘lmasligi ishlash samarasini oshirishi;

  • o‘quv xonasining jihozlanishi;

  • topshiriqlarni bajarish, materiallarni taqdim etish, guruhlarning ishlarini muhokama qilish uchun vaqtni aniq belgilanishi;

  • o‘quvchilarning kichik guruhlarga mohirona biriktirilishi (har bir guruhda yaxshi o‘zlashtiruvchi va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning teng miqdorda bo‘lishi).


Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin