Kelishilgan


Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə192/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida sifat-samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi. O‘quvchilarda mavzuni o‘rganishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkamlash, o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma, malakalarini shakllantiradi.
Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Innovatsion ta’lim ‒ ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’limdir. Pedagogik texnologiya deganda, ta’lim funksiyasini amalga oshirishdagi san’at va mahorat tushunilib, u juda qulay usullar asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga asos bo‘ladi.
Barcha umumta’lim maktablarda boshlang‘ich ta’lim sifat va samaradorligini oshirish zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi. Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va axborot texnologiyalarning asosiy vazifalari:
‒ ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy, yaxlit ishlab chiqish;
‒ ta’lim-tarbiya jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan aniq maqsad va vazifalarni belgilash;
‒ ta’lim-tarbiya jarayoni mazmunini ishlab chiqish;
‒ ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchining erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatish uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish hamda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
‒ ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish hamda baholashni tashkil etish;
‒ kadrlar tayyorlash Milliy dasturi maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarish;
‒ fan-texnika taraqqiyotidagi axborotlarni yoshlarga yetkazishni tezlashtirish.
Boshlang‘ich sinflarda innovatsiya va axborot texnologiyalardan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
‒ o‘quvchilarning bilim olish faoliyatini faollashtirish, o‘quv materialini o‘zlashtirish sifatini va ta’lim samaradorligini oshirish;
‒ tayyorgarlik darajasi turli bo‘lgan o‘quvchilarga nisbatan differensial yondashish hamda darslarni yuqori estetik darajada tashkil qilish (musiqa, animatsiya)
‒ o‘quvchilarning atrof-muhitdagi axborot oqimlarini tanlash qobiliyatlarini rivojlantirish, tasviriy ifodalash usulidan amaliy faoliyat ko‘rsatish turiga o‘tish, bu tarzda o‘quvchi o‘quv jarayonining sub’ektiga aylanadi.
O‘qitishning an’anaviy va innovatsion shakllarining yutuq va kamchiliklari quyidagi jadvalda asosida tahlil qilindi:


Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin