Kelishilgan


Otlarda son bilan tanishtirish



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə200/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Otlarda son bilan tanishtirish. 3-sinfda “Otlarda son”, ya’ni otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarda: 1) birlik va ko‘plikda qo‘llangan otlarning ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi otdan ko‘plik shaklidagi va, aksincha, ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar – daftarlar, qalam – qalamlar, nok – noklar kabi. Suhbat asosida daftar so‘zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so‘zi nechta (ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so‘zlar bilan ham shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: agar otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo‘llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, ko‘plikda qo‘llanadi. Ko‘plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga –lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so‘rog‘iga, ko‘plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Bu sinf o‘quvchilariga faqat birlikda qo‘llanadigan otlar, birlik shaklida qo‘llangan armiya, qo‘shin, xalq kabi otlar ko‘p­lik ma’nosini bildirishi, bunday otlarga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o‘quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishini kuzatish aslida so‘z shakli ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar otlarni ko‘plik qo‘shimchasi bilan o‘zgartirish, ya’ni otga shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shish bilan so‘zning leksikma’nosi o‘zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.
Otni o‘rganish boqichlari
1. Savod o‘rgatish davri – tayyorlov bosqichi:
-Shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni harakat, belgibildirgan so‘zlardan farqlashga o‘rganadilar.
2. 1-2-sinf ona tili darslari – amaliy bosqich:
-Shaxs-narsa nomlarini ma’nolari va so‘roqlari asosida farqlashga o‘rganadilar.
3. 3-4-sinf ona tili darslari – nazariy bosqich:
-ot so‘z turkumi tushunchasi hosil qilinadi;
-otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi bilan tanishtiriladi:bu jarayonida o‘quvchilarda: 1) birlik va ko‘plikda qo‘llangan otlarning ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi otdan ko‘plik shaklidagi va, aksincha, ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi;
- otlarning egalik qo‘shimchalarini bilan o‘zgarishi o‘rgatiladi: bunda: “egalik” so‘zining leksik ma’nosi;Shaxs va son tushunchasi; so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga so‘zlarini ma’nosi;egalik qo‘shimchalarining ikki varianti bilan tanishtiriladi;
-grammatik mavzular bilan bog‘liq holda lug‘at zahirasi boyitiladi, nutqi o‘stiriladi, imloviy malaka hosil qilinadi

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin