Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə197/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Savol va topshiriqlar:

  • Nutq deganda nimani tushunasiz?

  • Nutq o‘stirish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi?

  • Nutqiy xatolarning turlari qaysilar?

  • O‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan talablar.

  • Hikoya va insho haqida ma’lumot bering.

  • Inshoning qanday turlari mavjud?



So’z turkumlarining leksik va grammatik ma’nosi ustida ishlash.
So‘z turkumlarini o‘qitish mеtodikasi.
Ma’ruza rejasi:
1. So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratish tamoyillari
2. Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rganish aspekti
3. Ot so‘z turkumi yuzasidan o‘quvchilarga beriladigan bilim va hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalar
Tayanch atamalar:So‘z turkumlari, ot, birlik, ko‘plik, sifat, son, fe’l, olmosh, tamoyil


1.So‘zlar qaysi tamoyillar asosida turkumlarga ajratiladi?
2. So‘z turkumi deganda nimani tushunasiz?
3. Boshlang‘ich sinflarda dastur talablariga ko‘ra qaysi so‘z turkumlari o‘rganiladi?
4. So‘z turkumini o‘rganishning ta’limiy va amaliy ahamiyati nimada?
5.So‘z turkumlarini o‘rganishda qaysi metodlarni samarali deb hisoblaysiz?



SO‘Z TURKUMLARI

OT

SIFAT

SON

OLMOSH

FE’L

1. Shaxs, narsa va joy nomini bildiradi

1. Shaxs va narsaning belgisini bildiradi

1. Shaxs, narsaning sanog‘i va tartibini bildiradi

1. Kishilik olmoshlari Shaxsni bildiradi va ot o‘rnida qo‘llaniladi

1. Shaxs, narsaning harakatini bildiradi

2. Kim?, nima?, qaer? so‘roqlariga javob bo‘ladi

2. Qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi



2. Necha? yoki nechanchi? so‘rog‘iga javob
bo‘ladi

2. Kishilik olmoshlari kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi

2. Nima qildi?, Nima qiladi?, Nima qilyapti? Nima qilmoqchi kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi

3. Birlik va ko‘plikda qo‘llanadi

3.O‘zgarmaydi

3. Asosan o‘zgarmaydi

3. Ular birlik va ko‘plikda bo‘ladi

3. Bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi

4. Egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi

4. Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi

4. Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi

4. Kishilik olmoshlari kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi

4. Shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi



5.Kelishiklar bilan turlanadi

5. Sifatlar yasaladi

5. Sonlar yasalmaydi

5. Ular gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida keladi

5. Uch zamonni bildiradi

6. Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi







6. Olmoshlar yasalmaydi

6. Gapda kesim vazifasida keladi

7. Otlar yasaladi










7. Fe’llar yasaladi

O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun II sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima?gul, bu so‘z narsani bildiryapti, ko‘plikda qo‘llanadi – gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so‘zi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi – gullamadi, bu – fe’l.


Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsus tanishtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o‘quvchilar mustaqil so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe’lning gap bo‘lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo‘lagi bo‘lmasligini biladilar.
So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarningog‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarnipg shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin