Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə195/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Sinkveyn metodi. Sinkveyn-berilgan mavzu bo‘yicha bir necha so‘z orqali o‘quv matnini bayon qilish mumkin bo‘lgan usul. Bu o‘ziga xos o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan besh misradan iborat qofiyasiz she’r.
Maqsad: mavzuni mukammal o‘rganishga erishish
Amalga oshirish bosqichlari
1.O‘quvchilarni sinkveyn tuzish qoidalari bilan tanishtiramiz.
2.Shu qoidalarga asoslanib, ma’lum bir mavzuda sinkveyn tuzishni taklif etamiz.
3.Hamma sinkveyn tuzganiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, xohishga ko‘ra o‘qiladi.
Sinkveyn tuzish qoidalari:
- birinchi qatorda bir so‘z bilan mavzu belgilanadi (ot so‘z turkumidan);
- ikkinchi qatorda mavzu ikki so‘z bilan ta’riflanadi (sifat);
- uchinchi qator-shu mavzu ichida harakatni uch so‘z bilan ta’riflash (fe’l, ravishdosh);
- to‘rtinchi qator-mavzuga munosabatni bildiruvchi to‘rt so‘zli (turli so‘z turkumlaridan) gap tuzish;
- beshinchi qator-bir so‘z yoritilayotgan mavzuni sinonimi tanlanadi. Masalan, 2-sinfda “Soʻz ichida ketma-ket keladigan bir xil undoshlar” mavzusini o‘rganishdaqiyidagicha qo‘llash mumkin:
“Tilla” soʻziga sinkveyn tuz.
1. Tilla (nima? ).
2. Qimmatbaho, sariq (qanday?).
3. Sotib olinadi, sovgʻa qilinadi, ishlatiladi (nima qiladi?).
4. Tilla taqinchoq qimmatbaho sovgʻadir.
5. Oltin.
Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig‘ini qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi. O‘yinli metodlardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo‘ladiki, buning oqibatida har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o‘zi egallagan o‘rinni barqarorlashtiradi, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘yinlar metodlar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko‘nikma va malakalarga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki o‘quvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o‘z ulushini qo‘shadi. D.N. Uznadze, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, S.A. Shmakov, G.K. Selevko, P.Y. Galperin, A.A. Verbiskiy va boshqalar o‘yinli faoliyat mohiyati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, imkonlari borasida tadqiqot ishlarini olib borishgan bo‘lib biz ayni vaqtda bu borada qimmatli nazariy va amaliy ma’lumotlarga egamiz. Bugungi kunda ta’lim jarayonida qo‘llash nihoyatda qulay bo‘lgan bir qator o‘yinli metodlar yaratilgan. O‘yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi: ta’limiy (didaktik), tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantirish hamda ijtimoiy.
Pedagog olim G.K. Selevkoning fikricha, o‘yin psixopedagogik jarayon sanalib, u quyidagi tuzilmaga ega bo‘ladi:
1) o‘ynash uchun olingan rollar yoki o‘yin turi;
2) tanlangan rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yinli harakatlar;
3) muayyan predmet (jism)larni o‘yinning shartli moddiy vositasi sifatida tanlash;
4)) O‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi real munosabatlar mazmuni;
5) Shartli ravishda yaratilgan syujet (O‘yin syujeti).
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. O‘yin orqali shaxsning ma’lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
2. Komunikativ-muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi.
3. Shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini nomoyon etishga imkon yaratadi.
4. Hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
5. O‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.
6. Shaxsning ijobiy xislati va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.
7. Insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi.
8. O‘yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
O‘yin bilan bog‘liq faoliyat o‘zining to‘rtta xususiyati bilan ajralib turadi:
1. Erkin rivojlantiruvchi faoliyatning vujudga kelishi (Bunda o‘yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlash, o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘lishi nazarda tutiladi).
2. Ijodiy muhitning tarkib topishi (o‘yin ishtirokchilari tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar).
3. His-hayajonli vaziyatning paydo bo‘lishi (o‘yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga keladi).
4. O‘yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga qat’iy amal qilinishi (o‘yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va h.k.).
O‘yin faoliyatining tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:
1. O‘yindan ko‘zda tutilgan maqsadni aniqlash, loyihalash.
2. Ushbu maqsadni amalga oshirish yo‘llarini belgilash.
3. Olingan natijalarni tahlil qilish.
4. O‘yin strukturasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O‘qituvchi avval o‘quvchilarni individual, so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng, ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim. Masalan, “Alifboni bilasizmi?” ta’limiy oʻyin (2-sinf). Oʻtkazilish tartibi quyidagicha: oʻqituvchi oʻquvchilarga alifbodagi harflardan biri yozilgan tarqatma beradi. Oʻquvchilar shu harfdan boshlanadigan soʻz topib, topgan soʻzlaridagi harflarni alifbodagi tartib raqamini yozishlari kerak. Oʻqituvchi vaqt tugagach, ishni yigʻib oladi va topshiriqni tekshirib, gʻolib oʻquvchi aniqlanadi.

A




anor




1 13 14 17
Namuna:

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha metodlar ta’limning sifat samaradоrligini оshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni o‘stiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin fоydalanish ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi.





Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin