6-mavzu: kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda boshqarish reja



Yüklə 486,5 Kb.
səhifə1/11
tarix21.06.2023
ölçüsü486,5 Kb.
#133847
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-mavzu kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish (2)


6-MAVZU: KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH HAMDA BOSHQARISH
Reja

  1. Tadbirkorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish muammolari.

  2. Tadbirkorlik g’oyasini tanlash va texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash

  3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi



1. Kichik biznes va tadbirkorlikni shakllanishi
va rivojlanipsh muammolari
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal rivojlanishi bilan uning tarkibiy qismi sifatida kichik va o’rta biznes taraqqiy eta boshladi. Kichik biznesni tashkil etishni qo’llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish tizimi hamuni doimiy takomillashtirib borishni taqozo qiladi.
Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan, mablaьlari yetishmayotgan, xo’jalik faoliyati yuritish uchun yetarli malaka va tajribaga ega bo’lmagan tadbirkorlar uchun davlatning qo’llab-quvvatlovchi tadbirlari g’oyat muhimdir.
Bugungi kunda keng tovarlar ishlab chiqarayotgan, ishlab chiqarish bilan shugullanayotgan yoki aksincha, ishlab chiqarish bilan shug’ullanmay «oddi-sotdi» bilan shug’ullanuvchi o’rtachi tadbirkorlar deyarli bir xil imtiyozlardan foydalanishmoqda.
Natijada, tadbirkorlar ishlab chiqarish va aholi uchun zarur mahsulotlar yetkazib berish o’rniga qulay va tez foyda beruvchi faoliyatlar bilan shug’ullanmoqda.
Xorijiy mamlakatlardagi kichik va o’rta biznes faoliyati tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, iqtisodiyotning bu sektori doimiy ravishda ko’plab muammo va to’siqlarga duch keladi. Bu muammolarni tashkiliy-xuquqiy, moliyaviy-kredit va ishlab chiqarish-texnikaviy turlarga ajratish mumkin.
Tashkiliy-xukukiy muammolar:

  • qonuniy va me’yoriy xujjatlarning yetarli darajada takomillashmaganligi;

  • kichik biznes atamasi faqat miqdoriy ko’rsatkichlar bilan bog’liq bo’lib, tarmoqlar bo’yicha ishlovchilarning soni (bandlar) qatoiy belgilab qo’yilganligi;

  • mulk shakllari, kichik biznes korxonalari mol-mulk qiymati va mablaьlari hajmining hisobga olinmasligi;

  • bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda kichik biznes korxonalarini yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish va texnik iqtisodiy aloqalarni tartibga soluvchi me’yoriy va qonuniy asoslarning yetarli emasligi va boshqalar.

  • Moliyaviy-kredit muammolari:

  • kichik va o’rta biznes korxonalarini ro’yxatdan o’tkazishni soddalashtirish va ro’yxatdan o’tganligi uchun turli to’lovlardan ozod qilish;

  • ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, tijorat bilan shug’ullanuvchi, kichik biznes korxonalari uchun kredit tizimini tabaqalashtirish;

  • ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tijorat korxonalari uchun tabaqalashgan va raьbatlantiruvchi soliq tizimini joriy qilish;

  • kichik va o’rta biznes tizimi korxonalari uchun yanada soddalashtirilgan hisobot tizimini joriy qilish;

  • davlat tomonidan kichik biznes tuzilmalarini moliya-kredit siyosatini takomillashtirish orqali doimiy qo’llab-quvvatlash;

  • yakka faoliyat bilai shug’ullanuvchi tadbirkorlarning hamtashqi iqgisodiy aloqalarda ishtirokini kengaytirish.

  • Ishlab chikarish texnikaviy muammolar:

  • kichik biznes korxonalarining yirik korxonglar bilan doimiy ishlab chiqarish va texnik iqgisodiy aloqalarini yo’lga qo’yish;

  • kichik biznes korxonalarining yirik korxonalar uchun detallar, qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi orqali kooperatsion aloqalarga tortish tizimini takomillashtirish;

  • kichik biznes korxonalari moddiy-texnik taominotini mustahkamlash, ularning yangi texnika va texnologayadan, «nou-xau»dan foydalana olishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

  • O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bosqichida kichik biznesni barqaror rivojlantirish bilan bog’liq yechimini kutayotgan muammolar:

  • kichik biznesni samarali faoliyat ko’rsatishi uchun tashkiliy, me’yoriy, xuquqiy va iqgisodiy asoslarning yetarli darajada takomillashmaganligi, mavjud me’yoriy-qonuniy xujjatlarning amalga oshirishdagi maomuriy-byurokratik to’siqlarning mavjudligi;

  • shaxsiy va xususiy mulkii himoya qilish va kafolatlash mexanizmining yetarli emasligi;

  • milliy iqtisodiyotning barcha sektorlarida kichik biznes tuzilmalarining yetarli rivojlanmaganligi, tuzilgan shartnomalarning muddatlarida bajarilmasligi va xuquqiy kafolatlarini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar;

  • tadbirkorlik faoliyatida hisob va hisobot jarayonlarini soddalashtirish zaruriyati, turli byudjetdan tashqari fondlar yordami asosida yangi texnika va ilьor texnologiyalarni olish uchun shart-sharoitlarning yetarli emasligi;

  • qishloq bozor iifratuzilmalarining to’laqonli faoliyat ko’rsatmasligi, ayniqsa, qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatuvchi dehqon-fermer xo’jaliklari uchun servis xizmati (uruьlik, yoqilьi, mineral o’g’itlar, texnik, meliorativ va boshqalar)ning zaifligidan tashqari qishloq xo’jalik mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash korxonalari faoliyatining zaifligi, moliyaviy-kredit munosabatlaridagi shartnomalarning vaqtida bajarilmasligi;

  • qishloqlarda tadbirkorlarning faoliyat yuritishi uchun zarur tashkiliy, xuquqiy, iqtisodiy maolumotlarning yetarli emasligi, qishloqda kichik oilaviy biznesni rivojlantirishning real mexanizmini ishlab chiqish ehtiyoji;

  • kichik biznesga xorij investitsiyalarini jalb qilish mexanizmini takomillashtirish, moliya-kredit, soliq, tashqi savdo, investitsion siyosatni takomillashtirib borish zarurligi;

  • kichik biznes tuzilmalari uchun tadbirkorlarni tayyorlash, qayta tayyorlashdan iborat tizimni doimiy takomillapggirib borish asosida ularning ijtimoiy-psixologik tayyorgarligani oshirish dolzarb tusolayotganligidan iborat.

Ushbu muammolarning yechimlarini ishlab chiqish va amalta oshirish mamlakatimizda kichik biznesni gurkirab rivojlanishi hamda iqtisodiy taraqqiyotni tezlapggirishga olib keladi. Buning uchun davlat tomonidan kichik va o’rta biznes tuzilmalari faoliyatining rivojlanish jarayonlarini doimiy taxlilil qilib, qo’llab-quvvatlashning samarali tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish talab etiladi.



Yüklə 486,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin