3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish Tadbirkorlik faoliyati amal qilayotgan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatini rasmiylashtirish uni tashkil etish va ro’yxatdan o’tkazish uchun kerak bo’ladigan hujjatlarni tayyorlash va tegishli organga taqdim etish, mazkur organ tomonidan ro’yxatga olish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonidan iborat.2 Tadbirkorlik korxonalarini barpo etish va uni ro’yxatdan o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazuvchi organlarnng vazifalari umumiydir. Tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy qismi tuman va shaharda ro’yxatdan o’tkaziladi. SHuning uchun tuman (shahar) darajasida ro’yxatdan o’tkazish organi va uning vazifalariga batafsil to’xtab o’tamiz.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 25 noyabridagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini Internet tarmog’i orqali davlat ro’yxatidan o’tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 312-sonli Qaroriga asosan 2014 yilning 1 yanvaridan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da elektron tarzda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatdan o’tkazish xizmati ishga tushirilgan. Qarorga muvofiq, ushbu xizmat monitoringini ta’minlash yuzasidan O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va boshqa mas’ul vazirlik, tashkilotlar mas’ul etib belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida» 2015 yil 15 maydagi PF-4725-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash va tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini ko’rsatish sifati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida “Tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2412 -son Qarori qabul qilindi. Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspektsiyalari negizida tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» (keyingi o’rinlarda «yagona darcha» markazlari) tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari tashkil etilsin.
Bunda, vazirliklar, davlat qo’mitalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarida mavjud «yagona darcha» xizmatlarining faoliyati 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab to’xtatiladi.
2. «Yagona darcha» markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
«yagona darcha» tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish;
tadbirkorlik sub’ektlariga ro’yxatdan o’tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan o’tishda shaffoflikni ta’minlash;
tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko’rsatishda byurokratik g’ov-to’siqlarga yo’l qo’ymasdan davlat xizmatlari ko’rsatayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o’rnatish;
arizachilarga informatsion yordam ko’rsatish, shuningdek davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibi va muddatlari to’g’risida bepul konsulьtatsiya berish.
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni mo’ljallayotgan shaxslarning ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi arizasi va boshqa hujjatlarini qabul qilish va qayd etish;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik -kommunikatsiya (gaz, elektr, issiqlik, suv, kanalizatsiya, telefon) tarmoqlariga ulanish, turar joyni noturar joy toifasiga o’tkazish, ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiruvchi tashkilotlarni aniqlash;
mazkur tashkilotlardan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib olish;
ariza beruvchining o’z hujjatlari va ruxsat beruvchi hujjatlarni ,
ekspertizadan o’tkazish;
tadbirkorlik sub’ektini davlat ro’yxatidan o’tkazish;
ariza beruvchi tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi
to’g’risida guvohnoma berish;
ro’yxatdan o’tkazilgan tadbirkorlik sub’ektini soliq va statisti-ka organlarida hisobga qo’yish uchun ularga xabar berish va kerakli ma’lumotlarni taqdim etish;
tadbirkorlik sub’ektlarining davlat reestrini yuritish.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қарори
Тадбиркорлик субъектларига «ягона дарча» тамойили бўйича давлат хизматлари кўрсатиш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида
(Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2015 й., 40-сон, 516-модда)
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Хусусий мулк, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ишончли ҳимоя қилишни таъминлаш, уларни жадал ривожлантириш йўлидаги тўсиқларни бартараф этиш чора-тадбирлари тўғрисида» 2015 йил 15 майдаги ПФ-4725-сонли Фармонининг ижросини таъминлаш ва тадбиркорлик тузилмаларига замонавий ахборот-коммуникация технологияларидан кенг фойдаланган ҳолда давлат хизматларини кўрсатиш сифати ҳамда улардан фойдаланиш имкониятларини тубдан ошириш ва шаффофлигини таъминлаш мақсадида:
1. Туман (шаҳар) ҳокимликлари ҳузуридаги тадбиркорлик субъектларини рўйхатдан ўтказиш инспекциялари негизида тадбиркорлик субъектларига «ягона дарча» (кейинги ўринларда «ягона дарча» марказлари) тамойили бўйича давлат хизматлари кўрсатиш ягона марказлари ташкил этилсин.
Бунда, вазирликлар, давлат қўмиталари, бошқа давлат органлари ва ташкилотларида мавжуд «ягона дарча» хизматларининг фаолияти 2016 йилнинг 1 январидан бошлаб тўхтатилади.
2. «Ягона дарча» марказларининг асосий вазифалари этиб қуйидагилар белгилансин:
«ягона дарча» тамойили бўйича давлат хизматларини кўрсатиш;
тадбиркорлик субъектларига рўйхатдан ўтказиш, рухсат бериш ва лицензиялаш тартиб-таомилларидан ўтишда шаффофликни таъминлаш;
тадбиркорларга давлат хизматларини кўрсатишда бюрократик ғов-тўсиқларга йўл қўймасдан давлат хизматлари кўрсатаётган давлат органлари ва бошқа ташкилотлар билан яқин ҳамкорлик ўрнатиш;
аризачиларга информацион ёрдам кўрсатиш, шунингдек давлат хизматларини кўрсатиш тартиби ва муддатлари тўғрисида бепул консультация бериш.