6-mavzu: kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda boshqarish reja


Tadbirkorlik g’oyasini tanlash va texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash



Yüklə 486,5 Kb.
səhifə2/11
tarix21.06.2023
ölçüsü486,5 Kb.
#133847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-mavzu kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish (2)

2. Tadbirkorlik g’oyasini tanlash va texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash
Tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan kishi qandaydir g’oyani o’ylab, uni amalga oshirish yo’llarini izlaydi. Demak, har qan­day tadbirkorlik faoliyati g’oyadan boshlanadi. G’oyaning mohiyatiga kelganda u bilim shakllaridan biri hisoblanadi. Lekin g’oya bilimning shunday shakliki, unda bilimning ikki darajasi o’zaro bog’liq holda mujassamlagandir. Ulardan birinchisi bo’lajak biror hodisa, voqea, ob’ektning tasavvur qilinadigan tasviri, timsoli bo’lsa, ikkinchisi uni ro’yobga chiqarish rejasi hisoblanadi. G’oyada nazariy bilim o’z rivojining yuqori cho’qqisiga yetib, o’zini o’zi inkor qilish va moddiy narsa ko’rinishida gavdalanish bo’sag’asida turadi. Boshqacha aytganda, g’oya sof bilimning tugashi va amaliy hodisa, voqea, jarayonning boshlanii hisoblanadi. G’oyada ob’ektivlik sub’ektning maqsadi, intilishi, ichki ehtiyojiga, ya’ni ideal mo’ljaliga aylanadi. G’oya ideal mo’ljal (oliy maqsad) sifatida quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • muayyan bilim yutuqlarining mujassamlagan ifodasi;

  • ularni moddiylashtirish yo’Ilari, vositalari, usullari to’g’risidagi bilim;

  • unda mujassamlangan bilimlarni ro’yobga chiqariga intilish;

  • mazkur bilimlarni ro’yobga chiqarish rejasi.

G’oyaning umumiy mohiyatidan kelib chiqqan holda tadbirkorlik g’oyasini ko’rib chiqamiz. Tadbirkorlik g’oyasi - bu tadbirkor tomoni­dan tashkil etilishi va amalga oshirilishi ehtimol qilingan ish, faoliyat to’g’risidagi umumiy tasavvurdir. Tasavvur esa kishining qandaydir tadbirkorlik faoliyati to’g’risida bilgan, eshitgan, ko’rgan va uning xotirasida qolgan belgilari bo’yicha qayta tiklanadigan umumiy tas­viri (sxemasi)dir. G’oyalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga katta ta’sir ko’rsatadi. Ammo bunday ta’sir o’z-o’zidan emas, balki odamlar faoliyati orqali amalga oshadi. G’oyani amalga oshiri uchun uni tasavvurdan (umumiy sxemadan) aniq tushunchalarga, ularni esa real amaliyotga aylantirish kerak bo’ladi. SHu boisdan g’oya aniq shakllantirilib, puxta ishlab chiqilishi zarur. Bunday jarayon natijasida g’oyaning amaliy yo’nalishlari shakllantiriladi. G’oyaning amaliy yo’nalishi - bu tadbirkorlik g’oyasining ishlab chiqilgan va tadbirkor uchun muhim tuunchalar (tadbirkorning maqsadi va imkoniyatlari hamda bozor talablariga mosligi, foydaliligi, istiqbolligi, raqobatbardoshligi va hokazolar)da ifodalangan variantidir.
G’oya va uning amaliy yo’nalishini to’g’ri tanlash tadbirkorlik­da katta rol o’ynaydi. Noto’g’ri tanlangan g’oya yoki uning amaliy yo’nalishi asosida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati mag’lubiyatga yuz tutishi shubhasiz. CHet el tajribasidan ma’lumki, tadbirkorlar, korxonalarning sinish sabablaridan biri aynan g’oyaning noto’g’ri tanlanishi hisoblanadi. SHuning uchun g’oya tanlashga juda jiddiy yondashish zarur. Bundan tashqari, tanlangan g’oya va yo’nalishni sinab ko’rib, uning foydaliligi, istiqbolligi, jozibadorligiga ishonch hosil qilish lozim.
Yangi korxonani tashkil qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishga kirishishdan oldin, kichik biznes va xususiy korxonalar sub’ektlari g’oyalarni aniq va yetarlicha tahlil qilishi lozim, bu esa vaziyatni o’zgarishiga moslashishga imkon beradi. Tadbirkorlik g’oyasi kishining tadbirkorlik salohiyatiga, tadbirkorlikni amalga oshirish imkoniyatlariga asoslanishi kerak.

Yüklə 486,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin