Mavzu: Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o‘rni
1.Hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixi
2.Ish yuritish fanining predmeti va vazifalari
3.O‘zbekiston Respublikasida hujjatchilikning takomillashuvi
Kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib berishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar vujudga kelgan.

Bunga misol qilib:
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillaridagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui,
shox Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094yillar)ning qonunlarini aytish mumkin.
SHarqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan.
Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k.
To‘xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yagayloga yo‘llagan yorlig‘i
To‘xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yagayloga yo‘llagan yorlig‘i
Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i,
Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i,
Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1797 yil 2-iyunda Peterburgga- Rossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i va boshqalarni eslab o‘tish mumkin.
Mazkur davr yorliqlarida o‘ziga xos lisoniy qolip shakllangan
Yorliqlarning birinchisi - “to‘xtamish so‘zim Yagaylaga” deb,
Ikkinchisi - “Temur qutlug‘ so‘zum” deb,
Uchinchisi esa - “Sultan umarshayx baxodur so‘zim” deb boshlangan.