Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə240/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

M.N. Skatkin tabiiyot metodikasi bo'yicha XX asrning 50-yillarida nashr etgan ilmiy ishlarida kichik yoshdagi o'quvchilarning tabiatshunoslikka oid bilimlarni o'zlashtirishlariga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa metodlar biian bir qatorda kuzatish metodiga alohida urg'u berdi, uning yordamida tabiat to'g'risida aniq tasawur va tushunchalar shakllanishini ta'kidladi. U o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligidagi kuzatishlaridan keyin jonli tabiat burchagida yoki bevosita tabiatda mustaqil kuzatishlar olib borishlarini taklif qildi. Uning fikricha, mustaqil kuzatishlar o'tkazish oldidan o'qituvchi kuzatishning maqsadi, mazmuni va metodikasini tushuntirib berishi kerak.
M.N. Skatkin o'z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni o'rganishga oid mashg'ulotlarda bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e'tibor berdi. Tabiatda, o'quv tajriba maydonida va sinfda kuzatish hamda tajribalar o'tkazish zarurligi to'g'risida P.A.Zavitayevning «Boshlang'ich maktabda tabiiyot bo'yicha kuzatish va tajribalar» nomli kitobida ham shunday fikr yuritiladi.
Unda o`rganilayotgan har qanday hodisa haqidagi tassavvurlarni kitoblardan material o`qish bilan to`ldirish hamda mustahkamlashni talab qiluvchi kuzatish va tajribalarning aniq metodikasi bayon qilinadi.
Ekskursiyalar, predmetli darslar va kuzatishlar o`tkazish metodikasini yorituvchi boshqa nashrlar ham vujudga keldi. Jumladan, A.K.Verzinaning ishi nashr qilindi, unda 1 – 4 sinflarda ob – havoni kuzatish tizimi taklif qilingan. Kuzatish natijalaridan ona tili va rus tili, arifmetika, geografiya, tabiiyot darslarida, maktab o`quv tajriba maydonidagi amaliy mashg`ulotlar jarayonida foydalanish uslublari keltirilgan.
1 – 4 sinf o`quvchilari uchun “Kuzatish kundaliklari” 1959 yildan nashr qilina boshlandi, uning muallifi V.A.Valerianova kundaliklarga o`quvchilarning ob – havoni o`simlik va hayvonlar hayotidagi o`zgarishlarni, qishloq xo`jaligida odamlarning mehnat faoliyatini muntazam ravishda kuzatishlarini tahlil qilishda o`quvchiga yordam beruvchi qo`shimcha material vazifasini qo`ydi.
Tabiiyot metodikasi rivojiga mashhur metodist S.A.Pavlovich (1884 – 1976) katta hissa qo`shdi. Uning ishlari boshlang`ich maktabda tabiiyot darslari metodik jihatdan to`g`ri tashkil qilishga yordam berdi. S.A.Pavlovichning “Boshlang`ich maktabda tabiiyot o`qitish amaliyoti” (1939), “Jonsiz tabiat to`g`risidagi tushunchalarni qanday o`qitish kerak?” (1948), “Tabiatshunoslik bo`yicha kitob. Tabiatning asoslari va metodikasi” (1969) nomli kitoblari ancha mashhur. S.A.Pavlovichning tabiiyot va tabiatshunoslik darslarini o`quv qurollari bilan jihozlash to`g`risidagi asari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin