Kelishilgan


Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o'zlashtirilishini ta'minlovchi metodik sharoitlar



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə250/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o'zlashtirilishini ta'minlovchi metodik sharoitlar. O'quv materialini o'quvchilar tomonidan puxta o'zlashtirmaslik hollari ham mavjud. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar darajasida qolgan. Darsda bir mavzu bo'yicha shakllantirilgan tushun­chalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog'lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharoiti tizimdir. Jumladan, tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo'lishi muayyan metodik sharoitlarda amalga oshadi. Chunonchi:
1) tabiiy obyektni kuzatishlar;
2) qabul qilishni aniqlovchi mashqlar;
3) o'qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to'g'ri bo'lishini ta'minlaydi. O'qituvchining savollari; yoddan rasm chizish, har xil narsalarni tanib olish bo'yicha mashqlar tasawur-larning to'g'ri bo'lishiga yordam beradi.
Tushunchalarning to'g'ri bo'lishini esa:
1. Muammoning aniq qo'yilishi;
2. O'qituvchi tomonidan o'quv materialini bayon qilish mantiqi;
3. Aniqlash va taqqoslash bo'yicha mashqlar;
4. Tushunchalarni bog'lovchi va rivojlantiruvchi takrorlash tizimi;
5. UmumJashtirishni talab qiluvchi savollar;
6. Tushunchalarni o'quv va ko'nikmalar bilan bog'lovchi savollar ta'minlaydi.
Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish — kuzatishlarga asoslanib, o'rganilayotgan narsa yoki hodisa to'g'risida aniq va ravshan tasawur hosil qilingan sharoitda to'g'ri bo'lishi mumkin.
Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo'lishida obyektlar va ko'rgazmali materialning har xil turlari (Jadvallar, sxemalar, suratlar va hokazolar) katta ahamiyatga egadir.
O'quvchilar tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalarning o'zlashtirilishiga erishish mumkin emas. O'quvchilarning fikrlash faoliyatini rag'batlantirish uchun o'qituvchi mavzu va darsni boshlab, ular oldiga muammolar qo'yadi. O'quv materialini bayon qila borib, o'quvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalari o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlashga jalb qilishga harakat qiladi. Jonajon o'lkaning tabiati mavzusi misol bo'lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o'simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa omillarga bog'liqligi (3- sinf), o'simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga bog'liqligi (4- sinf) ko'rsatilgan. Tabiatshunoslik tushunchalarining o'zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o'qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, mehnat, rasm olish bilan) aloqa o'rnatish muhim rol o'ynaydi.
Predmetlararo aloqadan muntazam, uzluksiz foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarini hayotda qo'llashga, o'quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog'lanish o'rnatishga o'rgatadi.
O'quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o'qituvchining savollari katta rol o'ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida darslik matnini tiklashda (esga olishda) tahlilni, sintezni, umum-lashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni, talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga quyidagi savollar misol bo'lishi mumkin: cho'lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qurg'oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Dasht va cho'l tabiatining o'xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o'smaydi? va hokazolar.
Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar majmuasi tabiiy narsalarni jadvaldagi ularning tasviri bilan taqqoslashni, sxemalar chizishni, doskada ularni rasm va gerbariylar bilan uzviylashtirishni o'z ichiga oladi. Masalan, 3- sinfda quyidagUar shunday savollardan bo'lishi mumkin: chigit ekilgandan keyin unda qanday jarayon boradi? Qish vaqtida daraxt bilan butani bir-biridan qanday ajratish mumkin? Yerda hamma tomonlarga harakat qilganda ham janubga boradigan joy bormi? (Xarita yoki globusdan ko'rsating). Tabiatda suv aylanishining sxematik tasvirini bering.
O'quvchilar jadvaldan foydalanib, o'simlik va hayvonlarning tashqi xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlarda yashashga qanday moslanganJiklarini hikoya qiladi. Tushuntirish jarayonida o'qituvchi o'quvchilarning o'z ijodiy daftarlariga ko'chirib olishlari uchun doskaga oddiy sxemalarni chizishi mumkin. O'quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish ham mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar birgalikda aniqlanadi va to'ldiriladi.
Shunga o'xshash ishlar o'qituvchi tomonidan oldindan ilib qo'yilgan jadvallarni to'ldirish bo'yicha ham o'tkaziladi. Jadvallar taqqoslash va umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to'ldirilishi mumkin. Solishtirma jadvallar sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida hamda maktab o'quv-tajriba maydonchasida tajribalar o'tkazishda qo'llaniladi.
Jadval materiali bilan olib boriladigan kontrol ishlar har bir o'quvchining muayyan tushunchalarni qanchalik o'zlash-tirganligini aniqlashga imkon beradi. O'quv yili oxirida tabiatshunoslik bo'yicha quyida keltirilgan shakllarda mustaqil ish o'tkazish mumkin.

3- sinfda



O'simtiklar

O'simtiklar

Qushlar

Dala

Park

Bog'

Kuzda

Qishda

bahorda

kuzda

qishda

bahorda




























4- sinfda

Foydati qazilmalar

Qurilish

Yoqilg'i

Ma'danlar










Tabiiy zonalaraing xarakteristikasi

Nomi

Yuzasi

Qish va yozdagi harorati

O'simliklari



Hayvonlari



Aholining mashg'uloti



















O'qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar bo'yicha o'quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni o'zlashtirilishining qadrini bilish o'qituvchiga o'qitishning borishini fahmlashga, bilimni o'zlash-tirish jarayoniga to'g'ri rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni ajratib o'qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo'llaydi (savollarni takrorlash tizimini puxta tuzadi, eng samarali ko'rgazmali qurollarni aniqlaydi).


Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkurning rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni kengroq qarab chiqishga to'g'ri keladi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin