Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə251/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Taqqoslash — narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash — aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, o'z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. O'quvchilar narsalarning belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo'lmagandan farq qilsalar, bu sintez, umumlashtirish va xuiosali taqqoslash bo'lishi mumkin, chunki bunda faqat muhim belgilar bo'yicha taqqoslash mumkin bo'ladi.
Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
1. Faqat bir-biriga daxlli bo'lgan narsa va hodisalarni, ya'ni ular o'rtasida o'xshashlik yoki tafovut bo'lganlari (archa va qarag'ay, zarang va chinor)ni taqqoslash kerak.
2. Taqqoslash maqsadga yo'nalgan holda (masalan, bo'ri va it, it va mushuk) bo'lishi, taqqoslash faqat tashqi belgilari bo'yi-chagina emas, balki xarakteri va keltiradigan foydasiga qarab ham bo'lishi mumkin.
3. Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak.
Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to'rt va hatto undan ko'proq obyektlarni taq­qoslash mumkin bo'ladi. Taqqoslashni bir-biriga qarama-qarshi jihatlarni qo'yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilarni emas, balki o'xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalarning eng muhim belgilarini aniqlaydilar,
Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taqqoslashga kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligini ko'rsatish kerak. Suhbat jarayoni shu ma'noda juda qulay. Chunonchi, 3- sinfda «O'simlik va hayvonot olami» mavzusini o'rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savollar bo'yicha suhbat o'tkazish mumkin: sen yashayotgan joyda qaysi o'simliklar ariq bo'ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqdan uzoqda — quruq tuproqda o'sadi? O'simlklar va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o'zgarishlar bilan bog'liq? Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o'zgaradi? Suvda o'sayotgan qamish quruqda o'sayotganlaridan tashqi ko'rinishi bo'yicha nima bilan farq qiladi? Qurbaqa va baqaning tuxumlarida qanday farq bor?
Maktab maydonidagi gulzorda o'suvchi o'simliklarni poyasi, barglari, gullari, mevalari bo'yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o'qituvchi o'quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko'rmagan, qabul qilish vositasida sezgilari sezmagan hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlarni ochib berishi mumkin.
Tahlil butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo'lish, o'xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g'alla o'simliklarining ildizi, poyasi, guli va mevasi bo'ladi. Ammo bu belgilarning o'xshashligida, masalan, bug'doy va makkajo'xorida farqlar ham bor.
Sintez bog'lanishlar o'rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g'alla o'simliklarining ildizlari ko'pgina ingichka ildizchalardan iborat; poyasi kovak — poxolcho'p; bargi ensiz va uzun; mevasi — don).
Fikrlash natijasida ilgari ko'rilmagan yangi bog'lanishlarni o'rnatsa bo'ladi. Tafakkur jarayonida o'quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog'lanishlarni aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo'llaydi. O'qituvchi bolalarning har xil tushunchalardan foydalanishlarida, mantiqiy tafakkurning ayrim operatsiyalari jarayonida fikr yuritganlarida bu xatolarni osonlik bilan payqaydi.
«Nima uchun?», «Nimaga?» savollariga javob talab qilib, o'qituvchi bolalarni o'z fikrlarini asoslashga, o'z oldilariga savollar qo'yishga va ularga to'g'ri javob berish uchun harakat qilishga o'rgatadi.
A: Tabiatshunoslik tushunchalari, tabiatshunoslik tasawurlari va tushunchalarini shakllantirishda tafakkur va nutqning o'rni, analiz va sintezning tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishdagi ahamiyati.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin