Boshlang'ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslik haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakttantirish hamda rivojlantirishning uslubiy asoslari
Reja:
1. Tabiatshunoslik tushunchalari
2. Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o`zlashtirilishini ta`minlovchi metodik
sharoitlar
3. Taqqoslash, kuzatish, tahlil, analiz va sintezning tabiatshunoslik tushunchalarini
shakllantirishdagi ahamiyati
Tayanch so`zlar: tabiatshunoslik tushunchalari, tasavvur, tushuncha, yakka tushunchalar, yig'ma tushunchalar, geografik tushuncha, biologik tushuncha, taqqoslash, kuzatish, suhbat, taxlil, analiz, sintez
Tabiatshunoslik darslarining asosiy maqsadi, o'quvchilarni tabiatni kuzatishga o'rgatish, ularda mehnat ko'nikmalari va tabiatga ongli munosabatni shaklfantirishdan iborat. Ana shu muhim talablarni bajarish, awalo, tabiat haqidagi tasawur va tushun-chalarni shakllantirishdan boshlanadi.
Maktab dasturi talablari asosida darslar samaradorligini oshi-rish, awalo, o'quvchilarning mustaqil kuzatishlarini to'g'ri tashkil qila olishdadir.
O'quvchilarda u yoki bu tushunchani shakllantirishda narsalar to'g'risida aniq tasawurlar hosil qilish, o'rganilayotgan materialni atrof-muhit bilan bog'lash, hissiy idrok muhim ahamiyatga ega, ya'ni tabiatshunoslik fanlarini o'rganish jarayonida olgan bilimlari asosida real borliq bilan ongli ravishda munosabat o'rnatishlari lozim. Shuning uchun fanga qiziqtirishning turli yo'llarini qo'llash, o'quv jihozlari vositasida olam va real tabiatni umumlashtirib, bir-biriga bog'lab tushuntirish lozim.
Tabiatshunoslik dasturi biologik, geografik, shuningdek, tabiatda kechadigan fizik, kimyoviy jarayonlarga oid elementar tushunchalarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi.
Tabiatshunoslik darslarida eng muhim tushunchalarni ajratib tushuntirish ilmiy dunyoqarashning shakllanishini ta'minlaydi.
Tabiatshunoslik tushunchalari umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruhi to'g'risidagi umumlashgan bilimlardir.
Chunonchi, «o'simliklar» tushunchasiga barcha o'simliklar uchun umumiy bo'lgan muhit belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning hammasi o'sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko'payadi, ya'ni tirik organizm hisoblanadi.
Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak.
Dostları ilə paylaş: |