Bir necha shunday usullar bilan tanishaylik: 1) Butun sinfga topshirilgan ijobiy ishda har bir o`quvchining maksimal bilimini hisobga olish.
2) Maxsus tarqatma didaktik materiallardan foydalanish.
3) Muammoli vaziyat yaratish, testlardan foydalanish.
4) Har xil ko`rsatmali va ekran vositalarini qo`llash.
5) Darsda musobaqa shaklidan foydalanish.
Darsda alohida va umumiy ishni birgalikda mohirona olib borish o’quvchilarga differentsiallashgan yaqinlashishni amalga oshirishda darsning muhim tashkiliy jihati hisoblanadi. O`qituvchining mahorati darsda o`quvchilar uning tushuntirishlarini qanday qabul qilishlariga, o`quvchilar qanday ishlashlariga, savollarga javob berishda va olishga qarab baholanadi.
Dars rejasi odatda har bir o’qituvchi ixtiyoriy ravishda tuzadilar. Ammo unda quyidagi elementlar albatta bo’lishi kerak:
Darsning o’tkazilish sanasi va uning tematik kalendar bo’yicha tartib nomeri;
Dars mavzusining nomi;
Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy maqsad va vazifalari;
Darsda foydalaniladigan jixozlar;
Dars strukturasi, yani darsning qismlari yoki ularning ketma – ketligi va dars uchun ketadigan taxminiy vaqti;
Yangi materialni o’rganishga oid, mustahkamlash va takrorlashga oid va navbatdagi mavzularni o’rganishga oid ishlarning mazmuni;
Darsning har bir bosqichida bajariladigan o’quv ishining metod va usullari;
Dars davomida so’ralishi lozim bo’lgan o’quvchilar familyalari;
Uy vazifasi va unga tegishli metodik ko’rsatmalar berish.
Hozirgi zamon o`qituvchisi o`zida yuqori professional pedagogik madaniyatni, demokratik kelajakni ko`ra bilish sifatlarini mujassamlashtirish; O`zi o`qitadigan fanning so`nggi yutuqlarini, pedagogik va metodik nazariyani yaxshi bilish; psixologiya ma'lumotlariga asoslanishi; o`quvchilarning aqliy va axloqiy rivojlanishi usullarini izlashi kerak.
Dars samaradorligi o`quv materialining mazmuni bilan uni o`qitish metodlari bilan o`quvchilarning faoliyatlari orasidagi bog`lanishlarning darajasiga bog`liq, shuningdek, dars alohida qismlarning o`zaro bog`liqligini qanday amalga oshirilishiga, o`quvchilarning nazariy va metodik tayyorgarligiga bog`liq.
2-§. Matematika darslari asosiy xillari:
1. Murakkab dars.
2. Yangi materialni o`rganish darsi.
3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash darsi.
4. Takrorlash – umumlashtirish darslari.
5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni nazorat qilish darsi.
6. Muammoli dars.
7. Andozasiz dars.
1. Murakkab darslar - boshlang`ich sinflarda eng ko`p o`tiladi.