Kelishilgan


- §. I-IV sinflarda matematika o`qitish orasidagi izchillik



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə81/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

3 - §. I-IV sinflarda matematika o`qitish orasidagi izchillik

O`zlashtirilayotgan bilimlarni sistemalashtirish va o`qitishning har xil sharoitda hamda turmushda qo`llanishni o`z ichiga olgan izchillik boshlang’ich sinflarda va undan keyingi sinflarda ham amalga oshirilishi kerak.


Boshlang`ich sinflarda matematik bilimlarning shunday puxta poydevorini qo`yish kerakki, bu poydevor ustiga bundan keyingi matematik ta'limni ishonch bilan qurish mumkin bo`lsin.
O`qitish mazmunida izchillik yordam beradi.
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi V-VI sinflar dasturi bilan tanish bo`lishi, shu bilan birga to`plam, tenglama, manfiy sonlar, geometrik yasashlar va almashtirishlar kabilarni o`rganilishini ham bilishi zarur.
Boshlangich sinf o`qituvchilari V-VI sinfdagi masalalarni qar ab chiqsa, birinchidan, to`plamlar nazariyasi, matematik logikaning asosiy tushunchalari, sonlar, miqdorlar haqida aniq tasavvurlarga ega bo`lishlari ikkinchidan, boshlang`ich matematik bilim, ko`nikma va malakalarning kelajagini yaxshi ko`ra olishi, shular asosida matematikani bundan keyingi o`qitish jarayoni bilan bog`lanishini amalga oshirishiga kafolat beriladi.


4 - §. Boshlang’ich sinf matematika o’qitish bilan matematikaning keyingi bosqichlardagi o’qitishning orasidagi uzviylik.

Bolalarning bog`chada bo`lishining oxirgi yilida ular bilan har kuni muayyan bir vaqtda 30-35 minut davom etadigan 2 ta mashg`ulot o`tkaziladi. Bu mashg`ulotlarni tarbiyachi maxsus dasturga muvofiq o`tkazadi. Bolalar ma'lum bilimlar tizimini egallab olishlari, dasturda belgilangan malakalarni hosil qilishlari va maktabda o`qishga tayyor bo`lishlari kerak.


Bu mashg`ulotlarda har bir boladan doim o`rgatilgan tartiblarga amal qilishni talab etiladi. Bolalar biror narsa demoqchi bo`lganlarida qo`llarini ko`tarishlari, javob berayotganidan o`rnidan turishi, o`rtog`ining javobini diqqat bilan tinglashi va uning xatosini tuzatishi, tarbiyachining ko`rsatmasini aniq bajarishi kerak.
6-7 yoshli bolalarda sistemali bilimlarning o`sganligi va aqliy faoliyatlarining murakkablashishi hisob mashg`ulotlarida ham yaqqol ko`rinadi. Maktabga boradigan bolalardan faqat 10 gacha sanash talab etilmaydi, balki ulardan aytilgan sonni narsalardan sanab ko`rsata bilishni talab etiladi.
Son va miqdor bog`lanishlarini tushunish barcha arifmetik amallar asosini tashkil etadi. Bolalar narsalar sonini oshirish yoki kamaytirish bilan tanishayotganlarida bu bog`lanishni mustahkamlaydilar.
Bolalarning matematik tafakkuriga maktab talablarining keskin o`zgarishi munosabati bilan asosiy e'tiborini ularda to`g`ri matematik tasavvurlar yaratishga va ular bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilishga qaratish kerak. Maktabga borgandan keyingi dastlabki kunlardanoq o`quvchi duch keladigan asosiy matematik tushunchalaridan biri tenglik va tengsizlikdir. Agarda kichik bolalar narsalarni katta kichiklik belgisi bo`yicha solishtirib hissiy tajriba to`plagan bo`lsalar, kattalari xuddi shu tushunchaga sonlarni taqqoslash asosida erishadilar. Eng avvalo, tarbiyachi bolalarning mavhum sonlar bilan ishlashga o`tishga shoshilmasligi kerak. Bolalar dilida va qog`ozda 1+2=3, 5-1=4 kabi misollarni yechishni o`rgatishdan oldin ularni turli konkreti narsalar bilan ishlashga o`rgatish zarur; qo’nib turgan qushchalarga yana bitta yoki 2 ta qushcha uchib kelib qo`shildi (kabi).
Sonlar bilan ishlashga juda erta o`tish keyingi matematik tushunchalarni egallashlarida bolalarni qiynab qo`yadi, bolaning sistemali bilimlarga o`tishini umulashtirish tomon o`sib boruvchi qobiliyat bilan bog`lab olib borish zarur.
6-7 yoshli bolalarning umumlashtirish xususiyati ularning mavhum narsalarni tushuna olishga qobiliyatliligidir. Bu yoshdagi balalar ba'zi bir tushunchalarni egallab boradilar.
Masalan, «transport», «mebel», «kiyim», «idish tovoq» kabi tushunchalarni egallab olish uchun ular poyezd, tramvay, avtobus kabilarning ayrim xususiyatlarini bilish va ular uchun muhim va umumiy bo`lgan birgina belgini ajratib olishi zarur bo`ladi. Bunday belgi avvalo narsaning vazifasi hisoblanadi.
Sensomotorikaning rivojlanishi bolaning o`qishga tayyorligining zaruriy shartidir. Ular rasm solishi, qirqib olish, qog`ozni bir – biriga yelimlashi, tikish va boshqa ishlarni ko`z va qo`l bilan aniq bajarishi zarur.
Bundan tashqari, bog`chada ularning diqqati, xotirasi, tafakkur va nutqini rivojlantirish o`ta muhim vazifalar hisoblanadi.


Nazorat uchun savollar:

1. Boshlang`ich matematika kursi o`qitish maqsadi va vazifalarini ayting.


2. Boshlang`ich matematika kursi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
3. Boshlang`ich matematika kursi tarkibiy qismlari mazmuni va ular orasidagi bog`lanishlarni ochib bering.
4. 1-4, 5-6 sinflar va bog`chada matematika o`qitish izchilligini tushuntiring.
Reja
1-§. Boshlang`ich sinflarda dars va matematika darslari sistemasi
2-§. Matematika darslari asosiy xillari.



Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin