Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A1+ Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni tinglab tushuna oladi va topshiriqlarini bajaradi;
Lingvistik kompetensiya: mavzuga oid so‘zlar va iboralarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi.
Nazorat va tahlil (2 soat). 30-mavzu. Harflar birikmasi bilan ifodalanadigan undosh tovushlar (1 soat). Harf birikmali so‘zlarning talaffuzi va imlosi. Sh, ch, ngharflar birikmalari sh, ch, ngundosh tovushlarni ifodalashi, harf birikmalari ishtirok etgan so‘zlarning o‘qilishi va imlosi.
31-mavzu. Harf birikmali so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish (1 soat). Bir tovushni ifodalovchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) qatnashgan so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirilishi.
32-33-mavzular. Tutuq belgisi. Tutuq belgili so‘zlarning talaffuz va imlosi (2 soat). Unli tovushlardan keyin kelgan tutuq belgisining o‘zidan oldingi qo‘yilganda, unlini cho‘zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan keyin kelganda undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi. Tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.
A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 34-35-mavzular. Bo‘g‘in. So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish (2 soat). So‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishi; so‘zlarni bir va bir nechta bo‘g‘inlarga bo‘linishi.
Nazorat va tahlil (2 soat). A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 36-37-mavzular. Bo‘g‘in ko‘chirish (2 soat). Bir unlidan iborat bo‘g‘inni oldingi satrda qoldirib bo‘lmasligini, so‘z oxirida bo‘g‘in hosil qilgan bir unlini keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmasligini; bir bo‘g‘inli so‘zlar ko‘chirish uchun bo‘g‘inlarga bo‘linmasligini (ona, uzum kabi).