38-mavzu. Tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish (1 soat). Nazorat va tahlil (2 soat). A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 39-40-41-42-mavzular. So‘z ichida yonma-yon kelgan bir xil undoshlarning talaffuzi va imlosi. So‘z ichida yonma-yon kelgan bir xil undoshli so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish (4 soat). Ba’zi so‘zlar ichida ikkita bir xil undoshning yonma-yon kelishi: tabassum, Abbos; bo‘g‘in ko‘chirishda yonma-yon kelgan bir xil undoshlarning bittasi oldingi bo‘g‘inda qoldirilib, ikkinchisi keyingi bo‘g‘inga ko‘chirilishi; matnni og‘zaki va yozma qayta hikoyalash.
A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 43-44-mavzular. O‘tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash (2 soat). Tovush-harf tahlili.
Nazorat va tahlil (2 soat). A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat)
III bo‘lim. SO‘Z (63 soat, A1+:30 soat)
45-46-47-48-mavzular. So‘z ma’nosi. Shaxs va narsa nomini bildirgan so‘zlar (4 soat). So‘z ma’nosi: so‘zlar shaxs va narsa nomini, uning harakatini, belgisini, sanog‘ini bildirishi, shaxs (kishi)lar nomini bildirgan so‘zlar kim?, kimlar? narsa nomini bildirgan so‘zlar nima?, nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘lishi.
A1+ Nutq o‘stirish (1 soat) Husnixat (1 soat) 49-50-mavzu. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar (2 soat). Kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish) elementlari: o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ifodali o‘qiy oladi, harf birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi;
so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘linishini, unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, Samarqand, farzand, do‘st, daraxt kabi so‘zlar oxirida kelgan d, t tovushlari uning talaffuzda tushib qolishi lekin yozuvda ifodalanishi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.