Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə204/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

2-bosqich2-sinfgato‘g‘ri keladi. Bubosqichda asosan ikki vazifa bajariladi:
1. Nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs va narsalarning sanog‘ini: nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxs va narsalar tartibini bildirgan so‘zlar haqida elementar nazariy tushunchani shakllantirish;
2. Sonlarga so‘roq bera olish, ularning nimani bildirishini ayta olish, ulardan foydalanib o‘z fikrini aniq ifodalash, mazmunga mos holda sonlarni o‘rinli qo‘llash (o‘nta o‘quvchi, o‘ntacha o‘quvchi kabi) ko‘nikmasini o‘stirish, lug‘atlardan foydalana olish qobiliyatini shakllantirish.
Bu bilim va ko‘nikmalar mashqlar bajarish bilan mustahkamlab boriladi. Dastlabki mashqlar tayyor materialdan sonni aniqlashga va izohlashga qaratiladi, keyingi mashqlar esa fikrni va izlanishni talab etadi. Mashqlar muayyan izchillikda bir tizimni tashkil etishi lozim:
1. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga nechta?, qancha? so‘roqlaridan birini bering, shu so‘z nimani bildirayotganini ayting.
2. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zga so‘roq bering, nimani bildirishini ayting.
3.Sanoq (yoki tartib) bildirgan so‘zlarni nechta?, qancha? (nechanchi?) so‘roqlari yordamida aniqlang.
4. Sanoq bildirgan so‘zlarni so‘roqlar yordamida aniqlang.
5. Nuqtalar o‘rniga so‘roqlarga mos so‘z qo‘yib o‘qing.
6. Rasm asosida (matnni qayta hikoyalash asosida) bog‘lanishli nutq tuzing. Unda sanoq, tartib bildiruvchi so‘zlardan foydalaning.
Mashqda qo‘llanilgan sonlarning talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida ishlanadi. Ko‘rinib turibdiki, mashq shartlari soddadan murakkabga tamoyiliga asoslangan.
3-bosqichda (3-sinf) “Son” tushunchasini shakllantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sonlar bilan boyitib borish, fikrini aniq ifodalash uchun gap va matn mazmuniga mos sonlar tanlash, ularni o‘rinli qo‘llash ko‘nikmasi o‘stiriladi.
“Son” tushunchasini shakllantirish o‘quvchilarning shaxs va narsalarning sanog‘ini, tartibini bildirgan so‘zlar kategoriyalarini o‘zlashtirish sifatiga bog‘liq.
O‘quvchilar bilimini etarli darajaga keltirish maqsadida sonlar ishtirok etgan gaplar asosida kuzatish, aniqlash, guruhlash va umumlashtirish faoliyati ishga solinadi. Masalan: “Ma’rifat xonasiga o‘quvchilar keldilar. Ikkita o‘quvchi 2-sinfda o‘qiydi. 4 ta o‘quvchi 3-sinfda o‘qiydi”.
O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i asosida ikkita (nechta?), to‘rtta (nechta?) so‘zlari sanoq, ikkinchi, uchinchi (nechanchi?) so‘zlari tartib. bildirayotganini aniqlaydilar va ularni guruhlaydilar (sanoq bildiruvchi so‘zlar, tartib bildiruvchi so‘zlar). Shuning ichida umumlashtirish ham amalga oshiriladi. Sonning leksik ma’nolari bilan uning grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi: narsa, shaxs bildirgan so‘zlarga bog‘lanib keladi, tartib bildirgan so‘z -nchi, -inchi qo‘shimchasini oladi va hokazo.
“Son – so‘z turkumi” sifatida unga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlar ajratiladi: a) shaxs; b) narsalarning sanog‘ini, tartibini bildiradi va nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘ladi; v) gapda otga bog‘lanib keladi; g) gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.
Bu bosqichda og‘zaki va yozma shakldagi ijodiy yozma ishlar (tabiat, yil fasllari, qushlar, hayvonlar, o‘simliklar haqida kichik hikoya tuzish) o‘tkaziladi, o‘quvchilarning sonlardan o‘rinli va savodli foydalanishlariga diqqat qaratiladi. Son bilan shakldosh so‘zlar o‘quvchilarga aniqlatiladi, ma’nosi izohlatiladi: uch-uch, yuz-yuz, qirq-qirq kabi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin