Foydalanilgan adabiyotlar.
1. K. Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, SH. Yo‘ldosheva, SH. Sariev “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T. “Noshir”. 2009 .
2. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti, T-2005.
3.Boshlang‘ich ta’lim bo‘yichak yangi tahrirdagi o‘quv dasturi. «Boshlang‘ich ta’lim», 2005 yil, 5-son
4.Safarova R va boshqalar, «Alifbe» T-2010
5.Safarova R va boshqalar, «Savod o‘rgatish», T-2004
6.Abdullayeva Q va boshqalar, «Savod o‘rgatish» T-1996
7.G‘afforova T va boshqalar, «1-sinfda savod o‘rgatish», T-1997
8.G‘ulomov M «Yozuv daftari», T-2010
1-ilova
|
Muammo
|
Yechim
|
Nutqiy kompetensiya
|
|
|
Lingvistik kompetensiya
|
|
|
Badiiy asarni idrok etishdagi ruhiy holatlarni tahlil qilish
Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o'qituvchi badiiy asarning san’at asari sifatida o'ziga xos xususiyatlari va o'quvchilaming tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi. Badiiy asarda barcha qismlar (g'oyaviy asos, kompozitsiya, sujet, tasviriy vositalar) o'zaro bog'liq bo'ladi. Sujet rivoji asosida asar qah- ramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o'qish va idrok etishni talab etadi. O'quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o'rgatish ularda adabiy- estetik tahlil malakasini shakllantirish va o'stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissi- yoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg'otadi. Asar tahlili o'qituvchidan o'quvchilar faoliyatini ma’lum maqsadiga yo'naltirishni taqozo qiladi. „Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o'quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan ibo- ratdir. O'quvchilaming yozuvchi oldinga surgan g'oya, muammolarni to'liq tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlami tarbi- yalashdagi vazifasini amalga oshirib bo'lmaydi"13. O'quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma’noni chuqur o'rganishga yordam beradi. O'qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim: 1. Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishi. 2. Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi. 3. Har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi. 4. Asami qanday metodlar asosida o'rganishni aniqlashi.5. 0 ‘quvchilar egallaydigan bilim, ko'nikma va malakalar doirasini belgilab olishi.
Boshlang'ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo'linadi: Birinchi bosqich (birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat. Ikkinchi bosqich (analiz). Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining bog'lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat. Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlami taqqoslash va baholash, asarning g'oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san’at asari sifatida baholash (qanday ma’lumotlarga ega bo'ldik, asar nimaga o'rgatadi, muallif o'z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq-ravshan va ta’sirli tarzda yetkazadi va hokazo)dan iboratdir. Ikkinchi sintezdan so'ng o'qilgan asarga bog'liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o'tkaziladi. Asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, o'quvchilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish ular uchun ijodiy jarayondir.
Badiiy asarni o‘qishga tayyorgarlik
Asarni o'qishga kirishishdan oldin o'quvchilarni badiiy asarni o'qishga tayyorlash lozim bo'ladi. Chunki o'quvchilar asar mazmunini to'g'ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasawurga ega bo'lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o'tkaziladi. M a’lumki, sinfda o'qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O'quvchilarni matn bilan tanishtirish o'qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi. Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish, o'quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalami idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko'p ma’noli so'zlar, murakkabroq
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarzdagi obrazli ifodalami izohlash kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo'lsa, tabiat qo'yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o'qish muvaffaqiyat ini ta’minlashga xizmat qiladi. Matn bilan dastlabki tanishuvdan so'ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o'quvchilaming faolligini oshiradi: 1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb о ‘ylaysiz ? 2. Hikoya qahramontaridan qaysi birining xatti-harakaUni m a’qul- laysiz? Qaysi biriningfe’l-atvori, o'zini tutishi sizga yoqmadi? 3. Hayotda shunday kishilami uchratganmisiz? Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar: 1. O'quvchilaming asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasawurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan dalillarni o'quvchilaming o'z hayotida kuzatganlari bilan bog'lay olishlariga sharoit yaratish. 2. Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg'otish. Masalan, 4-sinfda Zafar Diyorning hayoti va ijodi haqida quyidagicha m a’lumotlar berish mumkin: Zafar Diyor Namangan viloyatining Chust tumanida tug'ilgan. Ota-onasi dehqon bo'lgan. Ular kambag'allikda kun ke- chirishgan. Zafar Diyor to'rt yoshga to'lganda uning oilasi Toshkentga ko'chib keladi. Onasi bosmaxonada ishlaydi. Shoirning o'zi esa eski maktabda o'qiydi. Keyinchalik Toshkentdagi 7-bolalar uyida tarbiyala- nadi. Shoirning birinchi she’rlar to'plami 21 yoshida bosilib chiqadi. 3. O'quvchilarni asarni hissiy idrok etishga tayyorlash. 4. Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so'zlaming lug'aviy ma’nolarini tushuntirish. Masalan, 4-sinf „O'qish kitobi“dagi „Xarita" matni ustida ishlaganda so'z va iboralar lug'ati quyidagicha bo'lishi mumkin: Og‘zing ochilib qolsin — hayron bo ‘lib qolgin Qolipdan chiqqan g ‘ishtdek — hamma tomoni birdek tekis Loqayd — befarq Kashfiyot — izlanishlar natijasida yaratilgan narsa; ixtiro Ayilday botdi — qattiq tegdi, ranjitdi Pisanda qilmoq ~ oldindan biror shart qo ‘ymoq; ta ’kidlamoq. Tayyorgarlik ishlarining ta’limiy shakllari xilma-xil bo'lib, o'qituvchi asar mazmuni va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davrida nimalar haqida ma’lumot berish maqsad qilingan bo'lsa, awalo, o'quvchilaming o'zlaridan ular haqida bilganlari so'rab aniqlanadi. Masalan, „Kitobga ixlos" asarini o'qishga tayyorgarlikda o'quvchilaming dastlabki bilimlari quyidagicha aniqlanadi:
0 ‘qituvchi: — Bugun biz Vatanimizning o‘tmishiga sayohat qilamiz. Sayohatimiz Buxoro shahriga bo'ladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo‘linadi. Buxoro darvozalari ochilishi uchun bir necha tilsimlami yechishimiz zarur. Buning uchun har bir guruh o‘ziga berilgan savol-topshiriqlami bajarib, shohsupaga ko‘tarilishi zarur. 1-guruh uchun savol-topshiriqlar: 1. Tarixda yashagan buyuk olimlar, shoirlar, yozuvchilar, sar- kardalardan kimlarni bilasiz? 2. Buxoroda qaysi buyuk shaxslar yashagan? 3. Buxorodagi tarixiy binolar, joylar nomini ayting. 2-guruh uchun ham shu tarzdagi savol-topshiriqlar beriladi yoki har ikkala guruh uchun shu savol-topshiriqlar berilib, „Kim oldin shohsupaga etib boradi?“ sharti qo'yiladi. Xattaxtaga buyuk shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib qo'yiladi. Tayyorgarlik shakllaridan biri — ekskursiyadir. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag'ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarixiy asarlar o'rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 2-sinfda „Metropoliten" kabi mavzularni o'rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya o'quvchilaming asarda ifoda etilgan hodisalarni aniq va ongli o'zlashtirishlariga yordam beradi, bilimlarini chuqurlashtiradi, tabiat hodisalarini kuzatish va ularni aniq tasvirlash ko'nikmalarini shakllantiradi. Ekskursiya bolalarda tabiatga mehr uyg'otadi, uni sevish va tabiat ehsonlarini asrash hissini tarbiyalaydi. Ishlab chiqarish korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskur- siyalar esa tarixiy voqealarni to'g'ri idrok etishlarini ta’minlaydi, kattalar mehnati bilan tanishtiradi, o'quvchida mehnatga muhabbat uyg'otadi, kasbga yo'naltiradi. Film namoyish qilish. Tarixiy materiallarni, asar muallifi hayotini o'rganishdan oldin film namoyish qilinsa, o'quvchilaming asami idrok qilishlari faollashadi. Masalan, 2-sinfda „Gulzorda" hikoyasini o'qishda „Mehrobdan chayon" filmidan parcha ko'rsatilishi, 3—4- sinflarda Ibn Sino haqidagi asarlarni o'rganishda „Ulug'bek xazinasi", Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan tanishtirishda „Alisher Navoiy1' filmi namoyish etilishi mumkin. Kinofilm va diafilmlardan o'quvchilarni asarni o'qishga tayyorlash davrida foydalaniladi. Ular o'quvchilaming tasawur qilishlariga, tiishunchalarini oydinlashtirishga, ongli o‘qish va hissiy idrok etishlariga yordam beradi. O'quvchilaming film namoyishida tug'ilgan ayrim savollariga ulaming o'zlari yangi o'qiydigan asarlardan javob topadilar. Tayyorgarlik ishlarini bunday uyushtirish o'quvchilaming o'qishga bo'lgan qiziqishlarini ham oshiradi. O'qituvchi hikoyasi. Bu metod asar muallifi haqida m a’lumot berishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallifi shoir va yozuvchilar haqida so'zlab berilayotganda ulaming portretlari, bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilsa, o'quvchilaming muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. Boshlang'ich sinfda shoir, yozuvchilarning o'z tilidan o'qigan asarlari yoki ular haqida boshqalar aytgan fikrlami magnit tasmasidan eshittirilsa yoki video tasmadan ko'rsatilib, unga o'qituvchi hikoyasi qo'shilsa, darsning samaradorligi yanada oshadi. Masalan, 4-sinfda O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi aytilgach, A. Oripovning o'zi aytgan „O'zbekiston" she’ri qo'yib eshittirilishi mumkin. O'qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma’lumotlami o'quvchilar saviyasiga mos qilib, hayajonli qilib hikoya qilsa, o'quvchilaming badiiy asami o'qishga ichki istagi kuchayadi, ularda kitob o'qishga muhabbat ortadi. Yozuvchi haqidagi ma’lumot 1-sinfdan 4-sinfga borgunga qadar ko'paytirilib, chuqurlashtirilib boriladi. Asami o'qishga tayyorgarlik bevosita o'quvchilaming mustaqil izla- nishlari asosida ham tashkil etiladi. Masalan, „Kitobga ixlos" (4-sinf) asarini o'qishga tayyorgarlikda o'quvchilaming o'tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari aniqlangach, o'quvchilar xa- yolan sayohatga olib chiqiladi. O'qituvchi o'quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. Muzeyda o'quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini kuzatadilar, u haqdagi yozuvlami o'qiydilar (Muzey uchun sinfning biror qismi ajratiladi).
Abu Ali ibn Sino - ma’rifatparvar alloma
Abu Ali ibn Sino — buyuk hakim
Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug'ullanmas edim. (Ibn Sino)
Bir kuni shohdan kutubxonasiga kirishga va u yerda tibga oid kitoblarni mutolaa qilishga ruxsat so'radim. Shoh menga ruxsat berdi. (Ibn Sino)
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ibn Sino dorivorlar tayyolash, yurak kasalligi, jarrohlik va boshqa sohalarga doir 400 dan ziyod asar yozgan
0 ‘quvchilarni mustaqil izlanishga o'rgatishning yana bir usuli o'quvchilarga oldindan yozuvchi yoki asar yozilgan davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma’lumotlar to'platish, albomlar tayyorlatish, so'ng o'quvchilar o'zlari aniqlagan ma’lumotlami o'qib, so'zlab berishidir. Sinfdan sinfga ko'chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o'quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo'yilgan talablar ham ko'payadi. O'qituvchi qisqa m a’lumot be- rishdan yozuvchi hayoti bilan to'liqroq tanishtirishga o'tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o'quvchilaming yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o'qiganligini hisobga oladi.
Asar bilan tanishtirish
Tayyorgarlik davridan so'ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar mazmuni bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo'lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o'rganishga mo'ljallangan qismi yaxlit o'qish usulida tanishtiriladi. Hikoya, masal, she’ming mazmunini to'g'ri idrok etish, shuningdek, matnning hissiy ta’sirini oshirish uchun ifodali o'qish katta ahamiyatga ega. Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar: I. M atn o'qituvchi tomonidan ifodali o'qib beriladi (ba’zan asar matni magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O'quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o'qituvchi ularga boshlang'ich taas- surotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Masalan, „Hikoya- ning qaysi o ‘rni sizga yoqdi?“, „ Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?“, „Hikoya o ‘qilganda siz qaysi o'rinda juda xursand bo‘Idingiz?“ kabi va hokazo. Kirish suhbati, birinchidan, asarning o'quvchilarga qanday ta’sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalami asar matnini tahlil qilishga qiziqtirish, darsda o'quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko'zda tutadi.
2. Yaxshi o'qiydigan o'quvchiga o'qitish. O'quvchini oldindan d'qituvchi o'qish yo'llari bilan tanishtiradi va uning o'qishini o'zi kuzatadi, xato va kamchiliklami bartaraf etadi. Shundan so'ng tayyor- langan o'quvchi sinf jamoasiga o'qib beradi. 3. Og'zaki qayta hikoyalab, so'zlab berish. Bu o'qituvchidan alohida tayyorgarlikni talab etadi. Chunki asar matniga yaqinlashtirib, badiiy vositalarini to'liq saqlagan holda hikoyalash zarur, aks holda o'quvchilaming badiiy asarni o'qishga bo'lgan qiziqishi susayadi. 4. Yoddan ifodali aytib berish. She’riy asarlar yoddan aytib berish orqali tanishtirilsa, o'quvchi o'qituvchining mahoratini yuqori baho- laydi. O'zida ham yod olishga qiziqish paydo bo'ladi. 5. Asarning muhim dialogli o'rinlarini yoki butun asami sahna- lashtirish orqali tanishtirish. 6. Asarning bir qismini (muammoli o'rnini) o'qituvchining o'qib berishi, qolgan qismini o'quvchilaming ichda mustaqil o'qishi. 7. Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumli foydalanish. 8. Asarni musiqa sadolari ostida o'qib berish. Bu asaming ta’sirini kuchaytiradi, o'quvchilaming estetik didini tarbiyalaydi, ularni toli- qishdan saqlaydi. Umuman olganda, asaming janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan tanishtirishning o'ziga xos usullarini tanlash lozim.
Badiiy asar matni ustida ishlash
Boshlang'ich sinflarda to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qishga o'rgatish vazifasi o'quvchilarda asami tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O'qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o'zaro bog'liqligi asami tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asami tahlil qilishning asosiy yo'nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g'oyasini aniqlash hisoblanadi. Asami tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog'liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo'nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar bajaradigan topshiriqlami va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi. Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi tur- laridan foydalaniladi: 1. Tanlab o‘qish. Bunda o'quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o'qiydi. Vazifa asaming mazmunini oydinlashtirish, sabab- natija bog'lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o'qilgan matnga o'z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo'lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda „Oltin kuz“ matnidan „Tabiatdagi o'zgarishlar berilgan qismlarni topib o'qing", „Baqa va taqa" ertagidagi „Taqa- chining nasihati berilgan joyni topib o'qing" kabi topshiriqlar berilishi mumkin. Tanlab o'qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o'qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyin- chilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlarini o'stirish bilan birga ulaming ijodiy tasawuri, nutqi va zeh- nini o'stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o'qish asar mazmuni yuzasidan bo'ladi. Masalan, 4-sinfda „Toshkentnoma"(M.Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o'qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi: — She’rdan o'zbek xalqining mehmondo'stligi tasvirlangan o'rinni topib o'qing. — Yoz faslining zo'rligi tasvirlangan o'rinni topib o'qing. „Dehqonbobo va o'n uch bolakay qissasi" (A.Oripov) asari matni yuzasidan „Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o'qing" kabi topshiriq berilishi mumkin. Tanlab o'qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija munosabati bilan bog'langan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab qiladigan o'rinlarini topib o'qish hisoblanadi. Masalan, „Xarita" (N. Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin: — Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo'ydi? Shu o'rinni topib o'qing. — Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o'rinni topib o'qing. Bunda o'quvchi biror qatnashuvchi shaxs o'zini qanday tutishini, nima uchun u shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o'qiydi.
Tanlab o‘qish ongli va ifodali 0‘qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish bilan birga qo‘shib olib borishga, bolalaming ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini o'stirishga imkon beradi. Shuning uchun undan o‘qish darslarida keng foydalaniladi. Tanlab o'qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga lining mazmunini ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash)da, asar g'oyasini aniqlash (g‘oyani anglatgan o'rinni topib o‘qish)da tatbiq etiladi. 2. 0 ‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o'quvchilarda o'qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko'nikmasini o'stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g'oyasi o'rtasidagi bog'lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo'naltirilgan va muayyan izchillikda bo'lishi, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo'naltirilganiga ko'ra quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Asar mazmunini o'zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol- topshiriqlar. 2. Asar tilini o'rganish va o'zlashtirishga doir savol-topshiriqlar. Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o'qituvchi asar g'oyasini tushunishda o'quvchilarga yordam berishni ko'zda tutsa, savol sabab-natija tarzida bo'ladi. Anvar Obidjonning „Odobli bo'lish osonmi?" ertagi (4-sinf) g'oyasi o'quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o'qituvchi „Anvar Obidjon aytmoqchi bo'lgan salom berish mavridlarini o'zso'zingiz bilan aytib bering", „Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?", „Toshbaqaning sichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering" kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar O'tayevning „Non qayerdan keladi?" (4-sinf) she'ri asosida esa „Non nima? Uni ta ’riflang", „Non qayerdan kelar ekan?", „Nonni nima uchun qadrlash kerak?" kabi savol- topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta o'rin berilgan. O'qituvchining vazifasi ana shu savol-topshiriqlar ustida ishlash usullarini oldindan belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. 4-sinf „O'qish kitobi“dan o'rin olgan „Qodir bilan Sobir“ matni yuzasidan o'quvchilarni o'z fikrini aytishga undovchi „Sobir o'qishdan kechikish sababini ochiq aytib to'g'ri qildimi?", „Uning o'mida siz bo'lganingizda nima qilar- dingiz?" kabi savollar o'quvchilaming fikrlash qobiliyatlarini, og'zaki nutqini o'stiradi va matnni yaxshi o'zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf „O'qish kitobi“dagi Qudrat Hikmatning „Bahor" she’ri asosida „She’rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?", „She’rdagi fikr yuritilgan narsalarni ketma-ket aytib bering", „Shoir bahomi tasvirlashda qanday tasvir usullaridan foydalangan?"kabi savol-topshiriqlardan foydalanish o'quvchilar faolligini oshiradi. Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin. 3. O'quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish. O'quvchilarni savol tuzishga o'rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to'g'ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo'ladi. O'quvchilar matnni ongli o'zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O'quvchilarga savol tuzishni o'rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o'rgatish uchun o'qituvchi matnga o'zi tuzgan yoki „O'qish kitobi“da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun „Nega и yoki bu savol qo'yilgan?", „Unda kim yoki nima haqida gap boradi?", „Savol ko'proq qaysi so'zlar bilan boshlanadi?" kabi savollarni ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o'rgatadi. Ikkinchidan, o'qituvchi o'quvchilar e’tiborini matnga savol tuzish yo'liga qaratadi va savol tuzishdan oldin matnni diqqat bilan o'qish, qatnashuvchi shaxslami ko'rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o'rgatishning boshlang'ich bosqichida bu mashq jamoa bo'lib bajariladi va ta’limiy xarakterda bo'ladi; buning uchun qulayroq savol ajratilib, nima uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay bo'lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda „Ahillik ulug' baxt" ertagida „Odamlarning cholning bolalari haqidagi fikri yuzasidan savol tuzing" topshirig'i berilgach, o'quvchilar „Odamlar aqlli cholning bolalari haqida nima deyishdi?" kabi savol tuzishlari mumkin. 4-sinfda „Qovun sayli" (Sh. Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan quyidagicha savol tuzish topshirig'i beriladi:
— Hikoyadagi birinchi xatboshini o‘qing va shu qism yuzasidan savol tuzing. — Hikoyadagi birinchi xatboshida qo'llangan so'zlaming ma’nosini izohlash bo'yicha savol-topshiriqlar tuzing. (Bejirim, serto‘r so'zlarining ma’nosini izohlang) — Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing. Keyinchalik o'quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham o'zlashtirib oladilar. 4. Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchilaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to'g'ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o'quvchilar aniq tasawur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so‘z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash. So‘z bilan tasvirlash o'ziga xos murakkab ish turi bo'lib, unda manzarani so'z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So'z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o'quvchi matnni, undagi voqea sodir bo'lgan vaziyatni, qatnashuvchilarning tashqi ko'rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So'z bilan tasvirlashda so'zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o'quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi. Tasvirlashdan o'qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanadi. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o'qituvchi matnning ma’lum qismidan o'quvchilarga juda ma’qul bo'lgan manzarani so'z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so'zini tanlashni hamda turli tabiat man- zaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko'rinishini, voqea sodir bo'lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. Matnni so'z bilan tasvirlashga o'rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qism bilan taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. So'z bilan tasvirlash bosqichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so’ng amalga oshiriladi: 1. Matndan manzara, vaziyat yoki qahramonlaming tashqi ko‘- rinishi tasvirlangan o'rinlar aniqlanadi. 2. Nisbiy tugallangan o’rinlar ajratiladi. 3. Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko'riladi, ya’ni yozuvchi,shoir qo'llagan lug‘aviy birliklarga o'quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. Tasvirlashda so'zni aniq tanlashga yordam beriladi. 4. So'z bilan tasvirlashga o'rgatishning dastlabki paytida xattaxtaga foydalaniladigan so'zlar yozib qo'yilishi zarur.
So'z bilan tasvirlash qayta hikoyalashga aylanib qolmasligi lozim. Grafik tasvirlash ko'proq uyda bajariladi. Buning uchun o'quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o'qib chiqadilar, mazmunini o'zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o'quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifoda- laydigan ma’nolar bo'yicha suhbat o'tkaziladi. Rasmlar ko'rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o'zi chizgan rang tasvirini izohlab beradi. Kompyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham bajartirilishi mumkin. Bunda o'quvchilaming ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi. O'quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim fikrlami yozib qo'yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to'liq qayta hikoyalash, shuningdek, o'qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi. 5. Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tus- hunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining o'zaro bog'lanishini tushunishda o'quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo'lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o'rganadilar. Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o'rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo'yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o'rgatishda o'qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o'qituvchi rahbarligida tanlab o'qish hisoblanadi, bolalar matndan o'qituvchi bergan savolga javob bo'ladigan o'rinni topib o'qiydilar. Reja tuzish „oddiydan murakkabga" tamoyili asosida asta-sekin murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o'tkazib boriladi. O'quvchilar 1 -sinfda o'qilgan kichik matnga o'qituvchi rahbarligida so'roq gap tarzida sarlavha tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o'qituvchi rahbarligida so‘roq yoki darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o'qilgan matn rejasini jamoa bo'lib tuzishlari, 4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak. Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun awal bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tan- lashga va uni nomlashga o'rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalaming o'zlari so'z bilan tasvirlaydilar. Hikoya o'qiladi va qismlari bo'yicha tahlil qilinadi, so'ng o'quvchilar matnning 1-qismini o'qiydilar, o'qituvchi ulardan qanday rasm chizish mumkin- ligini so'raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi. O'quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo'yadilar. Ular qo'ygan nom sarlavha xattaxtaga reja qismi tarzida yozib boriladi. O'quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o'tadilar. Bunday reja tuzish quyidagi izchillikda o'rgatiladi: 1. O'qituvchi qismlarga bo'lingan matnga tanlab reja tuzadi va matn rejasining o'rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo'yadi. O'quvchilar matnning 1-qismini o'qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni o'qituvchi xattaxtaning o'ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda xattaxtada o'qilgan matnning rejasi hosil bo'ladi. 2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida har bir qismdagi asosiy g'oyani aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o'qituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi. 3. Qismlarga bo'linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida xattaxtaga yoziladi. O'quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni qismlarga bo'lish topshiriladi. Ular matnni o'qishadi va sarlavhalarga tegishli qismni ajratadilar. 4. Qismlarga bo'linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga yoziladi. O'quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo'lish topshiriladi. O'quvchilar matnni o'qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi. O'quvchilarda reja tuzish ko'nikmasi hosil bo’lgach, 3—4-sinflarda ular matnni mustaqil ravishda qismlarga bo'ladilar, har bir qismga reja tuzadilar. Rejani darak va atov gap tarzida shakllantiradilar, unda har bir qism bir turdagi gapiar shaklida bo'lishi lozim.
0 ‘quvchiIar lug'atini boyitish, nutqining hissiy ta’sirini kuchay- tirish, badiiy vositalardan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, nutq madaniyatini o‘stirish maqsadida asardagi badiiy vositalar ustida ishlanadi. Masalan, 4-sinf ,,0 ‘qish kitobi11 darsligidagi „Kitobga ixlos“ matnidagi badiiy vositalar ustida quyidagicha ishlash mumkin: Kartonga ko‘chma ma’noli so‘zlar yozib qo‘yiladi. Ularning ma’nosini izohlash bo‘yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi: — Birikmalarni о 'qing. Tagiga chizilgan so ‘zlarning ma ’nosiga diqqat qiling. Ulaming qaysi ma ’noda qo ‘llanganini izohlashga harakat qiling. olovning qip-qizil tillari — gurullab yonayo'.gan olovning yuqoriga bo'ralab-bo'ralab ko‘tarilishi; olovning ... tillari osmonni valar — baland ko'tarilar; o ‘zini o ‘tga urmoqchi — olovning ichiga kirmoqchi. 0 ‘quvchilarga yordam berish maqsadida shu so'zlarni o‘z ma’nosida qo'llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin: olovning tili — odamning tili; odam tili bilan yalaydi — olov tili bilan osmonni yalaydi; o ‘tga urmoqchi — bolani urmoqchi. Qaysi birikmada ,,til“, „yalaydi11, ,,uradi“ so‘zlari o‘z ma’nosida, qaysi birikmada ko‘chma ma’noda qo'llanganligi aniqlanadi. O'xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gapiar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib qo'yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi: — Gapni o'qing. Alanga nimaga o'xshatilyapti? ... yong'in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi. — Parchani о ‘qing. Suv alangaga qanday ta ’sir qildi? Nima uchun ? ...Chelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta’sir qilayotgandek edi. — Quyidagi parchada Ibn Sinoning holati nimaga o'xshatilyapti? ...Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko'rib, qabristondan qaytgan kishidek boshini quyi solib, yarim-yorti kuygan bir necha kitobni qo'ltiqlagan holda uyiga jo'nadi... So'ngra iboralar ustida ishlanadi. Bunda quyidagicha topshiriqlar beriladi: — Berilgan gaplarni о ‘qing, tagiga chizilgan iboralaming ma 'nosiga diqqat qiling. Ularni bir so'z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ularning ma ’nosini boshqa so'z bilan ifodalash mumkinmi?
1. Askarlaming suroni quloqni qomatga keltiradi — qattiq eshitiladi. 2. Kechasi uyqusi kelib, ko'ziga qum tiqila boshlaganda ... — ko‘zi og‘riy boshlaganda, uyqusi kela boshlaganda. 3. Ba’zilar mehnati bekorga ketayotganini ko‘rib, qo ‘Ilarini qo ‘Itiqqa urdilar — ishonchini yo'qotdilar. 4. ... ko'pchilikning hafsalasipir bo‘ldi — ... ishini to‘xtatdi. 5. ... kiyimi bilan o‘zi yonib ketishi turgan gap edi — aniq edi. 6. Oxiri baxayr bo'lsin — yaxshilik bilan tugasin. 7. ...nima to‘g‘risida bosh qotirayotganini bilib turibman — o‘ylayotganini; 8. Bu yerda qolsam bir kuni meni chaqirib, oyog'imga bolta uradi- lar — yo‘q qiladilar va shu kabilar. Hozir maktab tajribasida izohli o‘qish, ijodiy o‘qish, adabiy o‘qish usulidan, muammoli o‘qitish metodlaridan, ilg‘or pedagogik texnologiya, interaktiv metodlardan keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning „Chin do‘st“ hikoyasini o'rganishda izohli o'qish me- todidan foydalanish mumkin. Chunki bu asar matnida o'quvchilarga lug'aviy ma’nosi tushunarsiz bo'lgan so'zlar uchraydi. Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g ‘arq, holda, mahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g'urbat kabi so'zlar izoh talab etadi. Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy asami yozuvchiga ergashib yaxlit o'rganish, obrazlar vositasida o'rganish, mavzuli-muammoli o'rganish alohida ajratib ko'rsatiladi. Boshlang'ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydalaniladi, ya’ni, o'qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o'zgartirmagan holda undagi ma’noni, jozibani o'quvchilarga yetkazib beradi. Boshlang'ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan, „Bobur va Humoyun" hikoyasini o'rganishda o'quvchilarga „Boburning aytgan gaplari o ‘rinlimi?“, „Hikoyadagiday holat sodir bo'lishi mumkinmi?“ kabi muammoli savollar berish o'rinli bo'ladi. O'quvchilar asarni ichda o'qiydilar, jamoa bo'lib fikr alma- shadilar, bahslashadilar. Bahs davomida o’quvchilar ma’naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o'zgarishlar, rivojlanishlar sodir bo'ladi. Asar tahlilida qo'llanadigan tanlab o'qish, unga munosabat bildirish, munosabatlarning turli xilda bo'lishi ham munozarani keltiribchiqaradi. Munozarali o'rin muammoni yuzaga keltiradi. Endi o‘quv jarayoni oldida muammoni to‘g‘ri hal etish vazifasi turadi. Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda ham badiiy asar matnini tahlil qilishda, umuman, badiiy asarlarni o'rganishda o'quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi, ularning saviyasiga mos, bilimlaming o'zlashtirilishini ta’minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |