Savol va topshiriqlar: Qo‘shimcha adabiyotlardan insholarning turlari haqida ma’lumot to‘plang. Topildiqlaringiz bilan bir-biringizning materialingizni to‘ldiring.
Insho bilan ijod mahsuli (badiiy bitiklar) mustaqil ish sirasiga kiradi. Ularning bundan boshqa yana qanday o‘xshash jihatlari bor, nazaringizda?
Har ikki mustaqil ish turining farqli jihatlari nimalardan iborat deb o‘ylaysiz?
Quyi sinflarning har biriga xos bo‘lgan insho turlari va ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini aniqlang. Bularning sabablarini ochishga urinib ko‘ring.
Nega aynan shu sinflarda insholarning aynan shunday shakli amalga oshirilishi lozimligini pedagogik va psixologik asoslarini topishga urinib ko‘ring.
Insholarga yomon baho qo‘yib bo‘lmasligi sabablari haqida o‘ylab ko‘ring. Qarashlaringizni asoslang.
“Susambil” ertagining tahliliga diqqat qiling. Tahlildagi etakchi qarashlarni ajrating.
Ertak tahlilining boshqa variantlarini yaratishga urinib ko‘ring. Unda o‘z qarashlaringiz va o‘z falsafangizni aks ettiring.
“Onamga badiha” mavzusida esse yozing. YAratig‘ingizni hamkurslaringiz bilan o‘rtoqlashing.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.K. Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, SH. Yo‘ldosheva, SH. Sariyev “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T. “Noshir”. 2009 .
2.Husanboeva.Q, Shodiyev.F, Hazratqulov.M. Boshlang‘ich sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
3.Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti,T,2017-yil.
4.Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi o‘quv dasturi. «Boshlang‘ich ta’lim»,2017.
19-MAVZU
Masal, maqol, matal, ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar ustida ishlash yo‘llari. Hamkorlikda masal, maqol va matallar tahlili