Kelishilgan


Metod. «Bo‘sh xalqa» o‘yini o‘tkaziladi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə220/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Metod. «Bo‘sh xalqa» o‘yini o‘tkaziladi. O‘yinda o‘qituvchi tomonidan savollar beriladi, guruhlar savollarga bir daqiqa mobaynida javob beradilar. Javob topa olmagan guruh o‘yinni tark etadi. O‘yinda quyidagi savollardan foydalaniladi.
1.Badiiy asar nima?
2.Badiiy asarning turlarini ayting.
3.Boshlang‘ich sinf «O‘qish darsliklari»da qanday janrdagi asarlar berilgan?
4.Biron bir she’rni yoddan ayting.
5. 2-sinfda qaysi masallar o‘rganiladi?
6. Boshlang‘ich sinfda she’rlarni o‘qitishdan maqsad nima?
7. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida qo‘llaniladigan metodlar.
8. Asar mazmunini tahlil qilishdagi ish turlari.
9. She’rlarni o‘rganish dars qurilishini ayting.
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.

Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi

3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)

1. Amaliy:
1.Guruhga she’r tarqatiladi.
She’r yuzasidan yuzasida quyidagi topshiriq beriladi .
She’rni ifodali o‘qishga tayyorlang. Bu topshiriqni bajarish uchun 2 daqiqa ajratiladi. Har bir guruhdan xohlovchi talabalar she’rni ovoz chiqarib ifodali o‘qiydi .
2. Guruhdan har bir talaba quyidagi jadval tarqatilib , uning 1,2 to‘ldirish so‘raldi .

Bilaman

Bilishni xohlayman



Bilib oldim












Talbalar to‘ldirilgan jadval ko‘rib chiqib , ishning keyingi bosqichiga bilishni xohlayman qismiga yozilganlarga etiborga olinadi .
3. Ven texnologiyasi bilan ishlanadi .
Talabalarga quyidagi jadval tarqatiladi.

Talabalar she’r so‘zi yozilgan joyga she’riy asarni o‘rganish darsi, qurilishi va metodikasini, masal so‘zi yozilgan joyga esa masal o‘rganish darsi qurilishi va metodini yozadilar.
4. Guruhlardagi talabalar tayyorlab kelgan dars ishlanmalarini o‘zaro almashadilar. Chunonchi, 1-guruhdagi talabalar o‘z dars ishlanmalarini 2-guruhga beradilar va x.k.z.
Har bir guruh olgan dars ishlanmalarini guruh a’zolari ichida tahlil qilib, eng yaxshi dars ishlanmasi va ko‘rgazmani aniqlaydilar. Agar bir dars ishlanmasi muhokama bo‘lmasa, bir necha darsdagi eng ma’qul ish turlarini tanlab, yaxlit dars reja-konspektni tuzishlari ham mumkinligi eslatiladi. Ish natijasida nima uchun ayni dars ishlanmasini yaxshi deb topganliklarini izohlaydilar.
Guruhlar tomonidan yuqori baxolangan dars ishlanmasi o‘qib eshittiriladi, tahlil qilinadi.




4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)



Talabalarning ishlari yig‘ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.






Insho yozish yoki og‘zaki hikoya qilish darsda ilgari bajarilgan ishlarning yakunidir. Inshoning darsdagi umumlashtiruvchilik roli bog‘lanishli nutq sohasidagi ko‘nikmalarni egallash me’yoriga qarab ortib boradi. Insho yozish uchun 2-sinfda, odatda, bir dars, ammo zarur bo‘lib qolsa, ikkinchi darsdan 15 – 20 daqiqa, 3 – 4-sinflarda bir yoki bir yarim dars ayrim vaqtlarda 2 darsgacha ajratiladi.
O‘quvchilarni insho yozishga yo‘naltirish bugungi kunda ham umumta’lim maktablari o‘qituvchilari oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda yozdiriladigan insholarning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga asoslangan insholardir. Rasmlar va tabiatni kuzatish asosida yoziladigan insholar maktablarda tez-tez o‘tkaziladi, chunki rasmlar bolalar nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi.
Rasmlarni tomosha qilish kabi sayohatlarga chiqish ham bolalar sezgisiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hayotning bola tajribasida hali uchramagan qirralari ochiladi. Rasm o‘quvchilarga tanish bo‘lgan hodisalarni chuqurroq anglashga yordam beradi.
Tabiatni kuzatish asosida yoziladigan insholar o‘quvchilar tasavvurini, hayolot dunyosini boyitadi, nazarini ziyraklashtiradi. O‘quvchilar tabiatda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini va nimalarning guvohi bo‘lganini o‘zlaricha bayon qiladilar.
Bunday inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida o‘quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, inshoda ilgari surish ko‘zda tutilgan etakchi fikrga ham bog‘liq. Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil fikrlashga o‘rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini oshiradi. Bolalar eng qiziqarli va o‘zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoyalar tuzadilar hamda yozadilar, bu kabi ishlar ularning mustaqil ishlash malakasini o‘stiradi, faolligini oshiradi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin