1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023
Metod. «Bo‘sh xalqa» o‘yini o‘tkaziladi. O‘yinda o‘qituvchi tomonidan savollar beriladi, guruhlar savollarga bir daqiqa mobaynida javob beradilar. Javob topa olmagan guruh o‘yinni tark etadi. O‘yinda quyidagi savollardan foydalaniladi.
1.Badiiy asar nima?
2.Badiiy asarning turlarini ayting.
3.Boshlang‘ich sinf «O‘qish darsliklari»da qanday janrdagi asarlar berilgan?
4.Biron bir she’rni yoddan ayting.
5. 2-sinfda qaysi masallar o‘rganiladi?
6. Boshlang‘ich sinfda she’rlarni o‘qitishdan maqsad nima?
7. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida qo‘llaniladigan metodlar.
8. Asar mazmunini tahlil qilishdagi ish turlari.
9. She’rlarni o‘rganish dars qurilishini ayting.
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)
1. Amaliy:
1.Guruhga she’r tarqatiladi.
She’r yuzasidan yuzasida quyidagi topshiriq beriladi .
She’rni ifodali o‘qishga tayyorlang. Bu topshiriqni bajarish uchun 2 daqiqa ajratiladi. Har bir guruhdan xohlovchi talabalar she’rni ovoz chiqarib ifodali o‘qiydi .
2. Guruhdan har bir talaba quyidagi jadval tarqatilib , uning 1,2 to‘ldirish so‘raldi .
Bilaman
Bilishni xohlayman
Bilib oldim
Talbalar to‘ldirilgan jadval ko‘rib chiqib , ishning keyingi bosqichiga bilishni xohlayman qismiga yozilganlarga etiborga olinadi .
3. Ven texnologiyasi bilan ishlanadi .
Talabalarga quyidagi jadval tarqatiladi.
Talabalar she’r so‘zi yozilgan joyga she’riy asarni o‘rganish darsi, qurilishi va metodikasini, masal so‘zi yozilgan joyga esa masal o‘rganish darsi qurilishi va metodini yozadilar.
4. Guruhlardagi talabalar tayyorlab kelgan dars ishlanmalarini o‘zaro almashadilar. Chunonchi, 1-guruhdagi talabalar o‘z dars ishlanmalarini 2-guruhga beradilar va x.k.z.
Har bir guruh olgan dars ishlanmalarini guruh a’zolari ichida tahlil qilib, eng yaxshi dars ishlanmasi va ko‘rgazmani aniqlaydilar. Agar bir dars ishlanmasi muhokama bo‘lmasa, bir necha darsdagi eng ma’qul ish turlarini tanlab, yaxlit dars reja-konspektni tuzishlari ham mumkinligi eslatiladi. Ish natijasida nima uchun ayni dars ishlanmasini yaxshi deb topganliklarini izohlaydilar.
Guruhlar tomonidan yuqori baxolangan dars ishlanmasi o‘qib eshittiriladi, tahlil qilinadi.
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
Talabalarning ishlari yig‘ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.