1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023
Metod. «Bo‘sh xalqa» o‘yini o‘tkaziladi.O‘yinda o‘qituvchi tomonidan savollar beriladi, guruhlar savollarga bir daqiqa mobaynida javob beradilar. Javob topa olmagan guruh o‘yinni tark etadi. O‘yinda quyidagi savollardan foydalaniladi.
1.Biron bir tez aytishni yoddan ayting.
2.2-sinfda qaysi latifalar o‘rganiladi?
3. Boshlang‘ich sinfda tеz aytish, latifa, lof larni o‘qitishdan maqsad nima?
4. Tеz aytish, latifa, loflarni o‘rganish dars qurilishini ayting.
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
Talbalar to‘ldirilgan jadval ko‘rib chiqib , ishning keyingi bosqichiga bilishni xohlayman qismiga yozilganlarga etiborga olinadi .
3. Ven texnologiyasi bilan ishlanadi .
Talabalarga quyidagi jadval tarqatiladi.
Talabalar latifa so‘zi yozilgan joyga tеz aytish, latifa, lofni o‘rganish darsi , qurilishi va metodikasini, lof so‘zi yozilgan joyga esa masal o‘rganish darsi qurilishi va metodini yozadilar.
4. Guruhlardagi talabalar tayyorlab kelgan dars ishlanmalarini o‘zaro almashadilar. Chunonchi, 1-guruhdagi talabalar o‘z dars ishlanmalarini 2-guruhga beradilar va x.k.z.
Har bir guruh olgan dars ishlanmalarini guruh a’zolari ichida tahlil qilib, eng yaxshi dars ishlanmasi va ko‘rgazmani aniqlaydilar. Agar bir dars ishlanmasi muhokama bo‘lmasa, bir necha darsdagi eng ma’qul ish turlarini tanlab, yaxlit dars reja-konspektni tuzishlari ham mumkinligi eslatiladi. Ish natijasida nima uchun ayni dars ishlanmasini yaxshi deb topganliklarini izohlaydilar.
Guruhlar tomonidan yuqori baxolangan dars ishlanmasi o‘qib eshittiriladi, tahlil qilinadi.
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
Talabalarning ishlari yig‘ib olinadi.Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.
Boshlang‘ich adabiy ta’limda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish bu bosqichning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, nutq har qanday aqliy faoliyat va muloqotning asosi hamdir. O‘quvchilarning taqqoslash, tasniflash, tahlillash, mustaqil va mantiqli mulohaza yuritish, tizimlash hamda umumlashtirish, xulosalar chiqarish singari aqliy faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikmalari nutq orqali shakllanadi. Ayni vaqtda, o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqiy faoliyatida ham namoyon bo‘ladi. O‘quvchining aqliy rivojlanganlik darajasi og‘zaki va yozma nutqidagi mantiqiy tiniqlik, qarashlarning dalillanganligi va obrazliligida ham ko‘rinadi. Boshlang‘ich adabiy ta’limda o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi, ya’ni matn yaratishdagi muvaffaqiyatlari boshqa o‘quv fanlarini o‘zlashtirishdagi imkoniyatini ham oshiradi. Bundan tashqari, o‘qish ko‘nikmalarining to‘laqonli shakllanishini va imlo savodxonligi ortishiga ham ijobiy ta’sir kshrsatadi.
Nutqni o‘stirish o‘qish va imlo savodxonligi, to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘zlashtirish jarayonining shakllaridan biridir. So‘zdan ibora, jumla va bog‘lanishli matn yaratishda to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalanish qoidalari ustida ishlash, bexato va savodli yozish, asosan, boshlang‘ich sinflar ona tili darslarining vazifasi hisoblanadi. Ona tili ta’limi dasturi asosiy bandlarining nomi (savod o‘rgatish va nutq o‘stirish; o‘qish va nutq o‘stirish; grammatika va nutq o‘stirish, to‘g‘ri yozish va nutq o‘stirish) ham nutq o‘stirishning boshlang‘ich ta’lim amaliyotida qanchalar ahamiyatli va zarur ekanini ko‘rsatadi. Lekin boshlang‘ich adabiy ta’lim amaliyoti ham nutq o‘stirish ishlariga bevosida daxldordir.
Nutq ichki fikr va qarashlarni ifodalash ehtiyojidan paydo bo‘ladi. Nutq jumlalarni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish, ya’ni so‘zlarni qoldirmay, ma’lum izchillikda, bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash va talaffuz qilish so‘ngra uni yozma shaklda ifodalash demakdir. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini shakllantirishda ularga nazariy ma’lumotlar berish ham maqsadga muvofiqdir. YA’ni bilim va ko‘nikmalar anglangandagina yaxshi o‘zlashtirilishi, nutq faoliyatida kutilgan samarani berishi mumkin.
O‘quvchilar boshlang‘ich ta’limning dastlabki bosqichidan boshlab har xil mashqlarni bajarish asnosida mavzu bo‘yicha gapirish, asosiy masalani ochish, fikrini to‘g‘ri ifodalash va bog‘lanishli nutq nima ekani bilan tanishib boradilar. O‘quvchilarga qayta hikoya, tahlil, tavsif va muhokama nima eknini anglashga ko‘maklashiladi. Ularda predmetni tasniflash bilan biror surat yoki kuzatishlarini tasniflash orasidagi tafovutni farqlash ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zi ko‘rgan-bilganlari va kuzatganlarini tasniflash bilan surat va kuzatishlari haqida hikoya qilish bir-biridan nimasi bilan farqlanishini, batafsil yoki tanlab hikoya qilish nima ekani, didaktik tahlil, og‘zaki va yozma inshoning farqi, bayon va insho nima ekanini o‘quvchilar boshlang‘ich sinflar davridan farqlab borishlari kerak. Bularning barchasini kichik o‘quvchilar amalda bajarish asnosida o‘zlashtirib boradilar.