1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023
Savol va topshiriqlar: Muammoli ta’limning maqsadi va vazifalari, uning o‘zigagina xos bo‘lgan jamiki etakchi jihatlarni ajrating va yozib oling. So‘ngra ularning har birini alohida sharhlang. YUtuq va kamchiliklarini farqlang.
Ta’limning bu turi bilan maxsus shug‘ullangan olim (V. Okon, M. Maxmutov, I. Ilnitskaya, T. Kudryavsev, A. Matyushkin)larning muammoli ta’lim bilan bog‘liq qarashlaridagi alohida jihatlarni ajratib yozing va taqqoslang. O‘xshash va farqli tomonlarini aniqlab ularni tahlilga torting.
Muamoli ta’limda “...o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda intellektual zo‘riqishga ehtiyoj va qiziqish uyg‘otishdir”, degan qarash mavjud. Siz, bo‘lajak o‘qituvchi, bunga qanday qaraysiz? Nima deb o‘ylaysiz, inson biror masalani hal etishda o‘zini ixtiyoriy ravishda zo‘riqtirishi, yana bunga qiziqishi mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, o‘qituvchi buni qanday amalga oshiradi?
Oddiy savol bilan muammoli savol orasida qanday tafovut bor? Biror badiiy asar matni yuzasidan oddiy va muammoli savol tuzing. Oradagi farqni misollar asosida sharhlab ko‘rsatib bering.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini muammoli ta’lim asosida tashkil etish yo‘llariga e’tibor qarating. Bu jarayondagi muhimlarni ajrating. Har biriga alohida to‘xtalib sharlang.
O‘qish darslarida muammoli ta’limdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlarini ajratib yozing va izohlang. Topildiqlaringizga tayangan holda o‘zingiz tanlagan biror asar ustida muammoli ishlash yo‘lini ishlab chiqing.
“Cho‘pon yigit Shiroq” afsonasi mazmuni yuzasidan taqdim etilgan muammoli savollar ustida o‘ylab ko‘ring. Ularning echimini toping.
Asar tahliliga bag‘ishlangan maqoladagi: “Odamzodda, jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ham, albatta, bir xususiyat – o‘zini boridan yaxshiroq ko‘rsatishga harakat qilish hissi mavjud. Ko‘pchilik hamisha ruhiyatidagi salbiy hislarni atrofdagilardan pardalaydi va o‘zida mavjud bo‘lmagan fazilatlarni bor qilib ko‘rsatishga tirishadi. Ayni fazilatni xatti-harakatda ko‘rsatish vaqti kelganda esa sekingina orqaga chekinadi” tarzidagi iqrorni qayta o‘qing. Uning mog‘iyatiga kirishga urining. Undagi etakchi haqiqatlarni ajratib ko‘rsating.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar haqida aytilgan: “Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning ko‘pchiligi, hatto maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar ham yomon va yaxshi sifatlarning farqiga borishadi. Qilib qo‘ygani yomon ishning oqibatlarini ham, yaxshi ishi uchun kattalardan rag‘bat olishini ham juda yaxshi his etishadi. SHu bois yomon xatti-harakatlarini uyda ota-onasi, maktabda ustozidan yashirishadi”, degan fikrga qo‘shilasizmi? Buning, ya’ni bolalar qilgan xatolarini yashirishning sabablari nimada deb o‘ylaysiz?
Matndagi: “Vatanga muhabbat tuyg‘usi zamirida farzandlarga muhabbat hissi yotadi. Erk uchun kurashish hissi ustuvor kelgan paytda, agar u inson ruhiyatida mavjud bo‘lsa, albatta, har qanday kasb-kor yoki amal, martaba yoki lavozim orqaga chekinadi. U chin insonning ruhiyatida top-toza holda mavjud bo‘ladi” degan haqiqatni tahlilga torting. Unga o‘z munosabatingizni bildiring. Har qanday holatda ham qarashlaringizni asoslang.
“Odam hamsha o‘zini qanday ko‘rsatayotgan bo‘lsa, shunday bo‘lishga intilishi kerak” degan qarashni tahlilga torting. Unga o‘z munosabatingizni bildiring. SHu qarash asnosida o‘zingizni taftish qiling.
“Abdulla Oripov ijodida erk va mustaqillik tarannumi” mavzusida insho yozing. Bir-biringizning inshoyingizni tekshiring. Xatolar ustida suhbatlashing.