Kosmos – Yer atrofi dagi fazo. bozordan yoki do‘kondan biror narsa sotib olayotganda o‘sha narsaning o‘rniga beriladigan to‘lov.
Kunjara – urug‘ yoki mag‘izlarning yog‘i siqib olinganidan keyingi qoldig‘i.
Lat yemoq – yiqilish yoki boshqa ta’sirlardan shikastlanmoq.
Machta – kemaning qoq o‘rtasiga o‘rnatilgan, yelkan osish, kuzatish va signal berish uchun xizmat qiladigan ustun.
Mahkum– biror narsaga majbur qilingan, shu narsani qilishga hukm qilingan.
Majlis – yig‘ilish.
Mamnun – xursand, minnatdor.
Mangu – abadiy, oxiri yo‘q.
Manzil – yetib borish mo‘ljallangan joy.
Marra – musobaqada bosib o‘tiladigan yo‘lning oxirgi nuqtasi.
Mavsumiy – ma’lum mavsumda bo‘ladigan.
Maxluq – tirik mavjudotning umumiy nomi.
Mayib– shikastlanish orqali asl holatini yo‘qotish.
Me’mor – binolarni qurish, bezatish ishlari bilan shug‘ullanadigan odam.
Metro – yer ostiga qurilgan temir yo‘l, unda elektr toki bilan yuradigan poyezdlar harakatlanadi, odamlar bir manzildan boshqa manzilga yetib olish uchun shu poyezdlardan foydalanadi.
Mo‘maygina– yaxlit va salmoqli.
Molekula – moddaning barcha kimyoviy xossalarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi.
Mollyuska – chig‘anoq ichida bo‘ladigan umurtqasiz yumshoq tanli jonivor.
Monument – biror tarixiy shaxs yoki tarixda bo‘lgan biror muhim voqeaga atab qurilgan haykal yoki bino.
Moyjuvoz – o‘simlik urug‘idan moy olinadigan qurilma.
Muazzin – masjidda azon aytib, namozga chaqiruvchi shaxs.
Muzlatkich– oziq-ovqat mahsulotlari yoki tez ayniydigan mahsulotlarni past temperaturada saqlaydigan qurilma.
Navqiron – yosh, kuch-quvvatga to‘lgan.
Noyob – bebaho, kam uchraydigan.
Ofitsiant – xo‘randalarga xizmat qiluvchi xodim.
Okean – Yer sharidagi eng katta suv havzasi.