Kelishilgan


-mavzu: Taʼlim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash. Baholash turlari va mezonlari



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə76/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

2-mavzu: Taʼlim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash. Baholash turlari va mezonlari.
Reja:
1. Umumiy qoidalar.
2. Nazorat turlari va baxolash mezonlari.
3. Yakuniy nazoratning ob’ektivligini ta`minlash.
4. Baxolash tartibi va mezonlari.
5. Qayta o‘qishni tashkil etish.
6. Yakuniy qoidalar.
Mazkur tartib va baxolash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul` tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomlar asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24 iyuldagi 571-son davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va O‘zbekiston-Finlandiya (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.
3.1. Umumiy qoidalar 1. OTM talabalari (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi yuqori malakali, raqobatbardosh, kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, oliy ta’lim tizimida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil ta’lim olish, shuningdek, universitetni jahonning nufuzli universitetlari reytingiga kirishini ta’minlashdan iborat.
2. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: talabalarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq, tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
talabalar bilimi, kunikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash;
o‘quv materialining talabalar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini o‘z vaqtida ma’lum qilish;
talabalarning o‘quv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini komp`yuterlashtirishga sharoit yaratish.
3. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestr davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
4. Sinov birliklari, baholash mezoni dasturda belgilangan ta’lim natijalarini aks ettirgan holdagina o‘zlashtiriladi. Agar belgilangan natijalariga erisha olmasa, sinov birliklari Ta’lim natijalarini aks ettirgan talabaga o‘zlashtirish miqdori dastur elementiga berilgan sinov birliklari mazkur tartibga muvofiq fan o‘quv dasturi mazmunini balidan qat’iy nazar) taqdirda, u tegishli fan bo‘yicha o‘zlashtirgan (ta’lim kredit tizimi sharoitlarida amalga oshirilganda kreditlarning zarur sonini to‘plagan) deb hisoblanadi.
5. Mazkur tartib 2021-2022 o‘quv yilidan amaliyotga joriy qilinadi. Tartib universitetning bakalavriatura va magistraturasining barcha kurslariga tegishlidir.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin