MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Hayot faoliyati xavfsizligi
1
MAVZU
https://tuit.uz/energiya-taminlash-tizimlari
ISHLAB CHIQARISHDA HAYOT
FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Abdullayeva Surayyo Munirovna
“Energiya ta’minlash tizimlari” katta o'qituvchisi
12
Ishlab chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligi - mehnatni muhofaza qilish demakdir. «Mehnatni muhofaza qilish» insonning ishlab chiqarishdagi faoliyatida sodir bo‘ladigan turli ko‘rinishdagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar majmui va vositalar tizimidan iboratdir.
Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiy-nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin to‘tadi.
Mehnatni muhofaza qilish asosan quyidagi qismlarga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Mehnatni muhofaza qilishning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari.
2. Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi.
3. Xafsizlik texnikasi asoslari.
4. Yong‘in xavfsizligi.
Nazariy asoslarida mehnat muhofazasining ergonomik va psixologik asoslari, zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishning asosiy yo‘llari, mehnat sharoiti va xavfsizligini aniqlovchi asosiy omillar tahlili, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitining xususiyatlari, mehnat sharoiti va xavfsizligini tekshirish usullari, ishlarning jismoniy og‘irligi va zararliligi bo‘yicha tasniflanishi, jarohatlanish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish asoslari, mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy kasallanishning profilaktik asoslari, mehnatni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari kabi masalalar o‘rganiladi.