Kelishilgan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə23/43
tarix16.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#156208
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
XIO Majmua

B)Sehrli ertaklar
O'zbek xalq ertaklarining salmoqli qismi sehrli ertak­lardan iboratdir. Mashhur va taniqli folklorshunos olim­laming ta'kidlashicha, turli xalqlar ijodida uchraydigan ertaklar orasida eng bir-biriga o'xshash mazmunga ega ekani sehrli ertaklardir. Bunday ertaklarni ko'pincha asar qahramoniga nimanidir yetishmasligi, qahramonning bu narsaga ega bo'lishi, qandaydir ishni taqiqlash, kuch­li raqibning mavjudligi, havfli safarga chiqish kabi lavhalar birlashtirib turadi. Eng muhimi sehrli ertaklarda turli mo'jizalar, afsungarliklar, fantastik tasvirlar yetakchilik qiladi. Chunonchi, Hamid Olimjon «Oygul bilan Baxtiyor” dostonining boshlanishida aytgan: «o'zi uchar gilamlar” , «o't bog'lagan qanotlan” , «beqanot uch­gan otlar” , «qiz bo'lib ochilgan gul” , «so'ylaguvchi devorlar” , «bola bo’p qolgan chollar” kabi misralar aynan sehrli ertaklar ta'rifiga to'g'ri keladi.
Sehrli ertaklarda mifologik dunyoqarash belgilari alohi­da, aniq seziladi. Chunki uzoq qadim zamonlarda totem hisoblangan ilon, semurg' va fetish hisoblangan yer, quyosh, suv kabi tushunchalar an'ana bo'lib mazkur ertak­larga o'tgan. Natijada, «Semurg'», «Devbachcha», «Yalmog'iz» , «Mehrigiyo» , «Mohistara», «Ur to'qmoq» kabi namunalar xalq orasida ajdodlarimizning fantastik xa­yolga berilishi mahsuli sifatida shuhrat topdi. Avvalgi mavzularda qayd etganimizdek, televidenie, telefon, maso­fa orqali boshqariladigan qurilmalar, samolyot, avtomobil­larning paydo bo'lishi ko'p jihatdan sehrli ertaklardagi orzular natijasi sifatida baholanishi mumkin.
Sehrli ertaklar mavzularining xilma-xilligi bilan ham e'tiborni o'ziga jalb qiladi. Ularda turli sarguzashtlar, mo’jizaviy hayot tasviri, adolatning g'alaba qilishi, insoniy fazilat madhi keng o'rin olgan. Bunday asarlarda ayniqsa tasvir san'atlaridan mubolag'adan qayta-qayta foydalanila­di. Eng muhimi tinglovchi yoki kitobxon mubolag'alarning birontasiga shubha bilan qaramaydi. Masalan, «Mohistara» ertagida yugurayotgan kiyik oyog'i ostidan duru gavharlar sochiladi. «Ota vasiyati» ertagida tutatqi tutatilgani zahoti kenja o'g'il qarshisida anjomlangan ot paydo bo'ladi. Ammo bunday mo'jizalarning sodir bo'lishi hech kimda shubha uyg'otmaydi.
Sehrli ertaklarda tilsimli narsa - predmetlar haqida ham fIkr yuritilgan. Masalan, daryoga aylangan oyna, changal­zorga aylangan taroq kabi tasvirlarga keng o'rin beriladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, sehrli ertaklar xalqning nisbatan qadimgi ijod mahsulidir. Ularda inson xayoli naqadar cheksiz ekani namoyon bo'ladi. Shuningdek, ajdodlarimiz turmush qiyinchiliklaridan tashvishga tushgan paytlarida bu asarlar ularga umid bag'ishlagan. Ularda kela­jakka ishonch ruhini uyg'otgan. Mazkur ertaklarni so'z san'atining mukammal namunalari sifatida baholash uchun ham asos yetarlidir.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin