Kelishilgan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə36/43
tarix16.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#156208
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
XIO Majmua

2.Topishmoqlar
Xalq hamisha yoshlarning ziyrak, yaxshi xotirali, fIkrlovchi inson bo'lishini istagan. Agar xalq dostonlari, ertaklarini o'qisangiz, agar qahramonlari turli sinovlardan o'tishiga guvoh bo'lasiz. Bu sinovlarning bir turi jismoniy kuch talab qilsa, ikkinchi xili aql, idrok bilan hal etiladi. Jumladan, shunday ertaklar bor-ki, ularda ma'shuqa qizlar turmushga chiqadigan yigitlari oldiga shaxmat o'ynash, jumboqli savollarga javob berish shartini qo'yadilar. Ular orasida dunyoda eng og'ir narsa nima? Kim ertalab to'rt oyoqlab, kunduzi ikki, kechqurun uch oyoqda yuradi? Dunyoda to'rtta narsa yo'q, ularni ayting. Nima uchun daraxt soyasida soyabon tutish kerak, kabi jumboqlar bor. Og'ir narsa filga yoki kitga o'xshaydi. Ammo savolning javobi - ot. Chunki faqat ot yugurganda, yer larzaga kela­di. Yoki odam go'dakligida to'rt oyoqlab, yoshligida ikki oyoqlab, qariganda uch oyoqlab, ya'ni hassa bilan yuradi. Dunyoda to'rtta narsa yo'q: osmonning ustuni, hovuzning qopqog'i, oshpichoqning qini, ko'rpaning yengi. Shu­ningdek, daraxt soyasida dam olayotgan odam qushlarning chiqindisidan asranish uchun soyabon tutadi kabi javoblarni berish kutiladi. Aslini olganda, bu sinovlarning hammasi o'ziga xos topishmoqlardan iboratdir.
Xalqirniz og'zaki ijodining kichik janrlaridan biri to­pishmoqlardir. Bu janr ko'proq bolalarni kuzatuvchanlikka, hayotni mukammalroq bilishga, sinchkovlikka o'rgatadi. Ammo topishmoqlar folklorda faqat yosh bolalargagina taalluqli deb hisoblash to'g'ri emas, chunki topishmoq aytish va topish musobaqalarida kattalar ham qiziqish bilan ishtirok etaveradilar. Hatto olima Z. Husainovaning ma'lu­mot berishicha, uzun qish kechalarida urchuq yigirgan va olacha to'qigan xotinlar, Samarqand atrofida boshqa qishloqlardan to'yga kelib xonadonlarga bo'lingan meh­monlar o'zaro chaldirmoq (tez aytish), jumboq, ya'ni to­pishmoq aytishishgan. O'tgan zamonlarda topishmoqlarni qish faslida uzoq kechalarni zerikmay o'tkazish uchun ayt­ganlar. Topishmoq aytgan odamning topishmog'iga javob topilsa, u musobaqada yutqazgan, topilmasa g'olib chiqqan hisoblangan. Har ikki holatda ham mag'lub bo'lgan taraf yo g'azal aytgan, yoki biron hayvonga taqlid qilib ovoz chiqar­gan, yo qo'shiq kuylagan, yoki biron jismoniy ish qilgan: suv olib kelgan, qor kuragan, eshik supurgan va hokazo.
Ma'lumki, badiiy tasvir vositalari qatorida istiora san'ati ham muhim o'rin egallaydi. Istiora so'zi «ko'chim» ma'nosni beradi. Agar biz do'stga nisbatan: «Mening arslondek do'stim bor”, - desak, o'xshatish san'atini qo'llagan bo'lamiz. Ammo «dek» qo'shimchasini va «do'stim» so'zini qoldirib, «arslonim bor” - desak, istiora san'ati yaratiladi. Topishmoqlarda ana shu san'at yetakchi­lik qiladi. Chunki biron narsa ikkinchi bir narsaga istiora san'ati vositasida o'xshatiladi va eng muhim xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi.
Masalan: «Yer tagida oltin (tilla) qoziq» topishmog'ini olaylik. Bu topishmoq matnida yashiringan narsaning uchta muhim belgisi qayd etilgan:
1. Yer ostida ekani.
2. Oltinning rangida, ya'ni sariq ekani.
3. Qoziqqa o'xshashligi.
Bu belgilar orqali biz topishmoqning javobi sabzi ekani­ni topamiz. Matndagi «qoziq» so'zi esa istiora san'atiga misol bo'lib kelgan. Topishmoqlar shakl jihatidan nasriy va she'riy bo'ladi: 1. Tomdan tuxum irg'itdim. (do'l) - nasriy topishmoq.

  1. U yoqqa o'tdim, bildingmi?

Bu yoqqa o'tdim, bildingmi?
Oq quvrayning' boshini,
Chertib o'tdim, bildingmi? (shamol) - she'riy topish­moq.
Topishmoqlar xalq orasida jumboq, topmacha, top-top, cho'pchak, matal, masala, ushuk atamalari bilan atab kelinadi. Ilmiy asarlarda «topishmoq» termini «top» buyruq fe'liga «ish» harakat nomini hosil qiluvchi shakl va «moq» qo’shimchalarini qo’shish orqali hosil bo’lgan, deb ko’rsatiladi. Natijada “topishmoq” so’zi xalq og’zaki ijodidagi alohida janr nomini bildirgan.
Bu janrda xalq og’zaki ijodidagi boshqa turlarda uchramaydigan tasvir vositasi bor. Hatto mazkur san’atning aniq nomi ham folklorshunoslikda qayd etilgan. Faqat ayrim belgilari bilan uni talmeh san’atiga yaqin deyish mumkin. Ma’lumki, talmeh-nazar solmoq ma’nosini anglatadi. Unda xalq tarixidagi mashhur ismlar, joylar yoki vohalar eslab o’tiladi.
Topishmoqlarda ham turli munosabatlar bilan turli ismlar uchraydi. Ularning tarixan mashhurligi qayd etilmagan. Ammo matnlarda bu ismlar, albatta, qandaydir ma’no kasb etadi va shartli ravishda talmeh san’atiga yaqin turadi.
Masalan:
“Soriboy akam ichkari,
Soqollari tashqari”. (sabzi, makkajo’xori).
Topishmoqdagi “Soriboy akam” bir tomondan sariq so’zini eslatadi va sabzi, makkajo’xorini topish uchun belgi vazifasini o’taydi. Shuningdek, “Tokchama-tokcha. Samatjon boyvachcha» (sichqon), «Osmoni resmon, Mulla Abdurahmon - beustixon» (bit) kabi matnlarda ham ism­lar uchraydi. Taxmin qilib aytish mumkinki, shunday namunalar qayd etilgan hududlarda ismlar topishmoq aytuvchilar o'rtasida mashhur bo'lgan bo'lishi mumkin.
Xalq topishmoqlarida tazod (qarshilantirish) san'ati namunalari ham uchraydi:
«Osh ichida tosh,
Tosh ichida osh». (sumalak, toshbaqa).
Bu matnda hatto qofiya san'atining murakkab ko'rinishi tarse' (misralardagi hamma so'zlarning qofiyalanishi) ham o'rin olgan.
Topishmoqlarning matnida asosiy e'tibor, maqsad maz­munga qaratiladi. Ammo she'riy topishmoqlarda qofiya­dosh so'zlarning tanlanishiga alohida e'tibor berilgan:
«Olti tegirmon toshi,
Oltin egarning qoshi,
Uni topgan kishining,
Yuz yigirmada yoshi» (tish).

E'tibor bersak, «tosh», «qosh», «yosh» faqat bir tovush bilangina farqlanuvchi shakldosh so'zlardan iboratdir. Topishmoqlardagi bunday fazilat ularning so'z san'ati ta­lablariga to'liq javob bera olishini ta'minlaydi.


Shunday qilib, topishmoqlar xalq og'zaki ijodining kichik janrlaridan biri bo'lib, mohiyat jihatidan millat vakil­larining ziyrak, sinchkov, kuzatuvchan bo'lishlari uchun xizmat qilar ekan.
Topishmoqlar xalq hayotida ma'lum e'tiborga ega bo'lgan narsa-predmetlar nomini topishga bag'ishlanadi va ahamiyatli hisoblanadi.
Badiiy jihatdan mukammallik xalq topishmoqlarining fazilatlaridandir . Bugungi kun topishmoqlarida fan-texnika yangiliklari ham munosib o'ringa ega. .

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin