GLOSSARIY Afsona forscha (afsona) so'zdan olingan bo'lib, yo'q narsani borday qilib ko'rsatish, ya'ni jodulash, to'qish, uydirma qilish ma'nosini anglatadi. Ba'zan tomoshalarda ko'z boylagichlarni afsungar deb atashadi.
An’anaviylik. An’ana deganda, uzoq vaqt davomida xalq tajribasidan o’tib odat tusiga kirgan tadbir yoki amal tushuniladi. Xalq og’zaki ijodidagi an’anaviylik bir necha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
Anonimlik.Anonimlik deganda, agar yaratuvchisi nomining noma’lum ekanligi nazarda tutiladi.
Asotiriy afsonalarda qadimda yashagan ajdodlarimiz o'zlariga homiy deb hisoblagan shaxslarni ulug'laganlar. Diniy e'tiqod masalalarini yoritganlar.
Dоstоnchilik - xalq og'zaki pоe'tik ijоdidagi qadimgi epik an’ana. Dastlab qo’shiq shaklidagi, musiqa asbоbisiz kuylanadigan asarlar яratilgan. Kеyinchalik do’mbira jo’rligida aytiladiganlari юzaga kеlgan.
Epos - yunoncha «epos» - rivoya, hikoya, qo'shiq so'zidan iborat bo'lib, so'z san'atida biron hikoya, voqeani bayon qilish yoki hayotiy lavhani ifodalash ma'nosini anglatadi.
Lirika - inson hayotida, tabiatda ro'y bergan biron hodisa, lavhadan ta'sirlanish natijasida unga nisbatan paydo bo'lgan munosabatni ichki kechinmalar, his-tuyg'u vositasida ifodalashdir.
Lirik qo’shiqlar deb atalmish xalq poetik she’riyatiga mansub asarlarda inson ruhiy olami, uning ishqiy kechinmalari aks etadi.
Loflar xalqimiz og'zaki ijodining kulgi yaratuvchi nasriy janri bo'lib, bu jihatdan latifa va askiyaga yaqin turadi. Bu so'z ma'no jihatdan haddan tashqari bo'rttirilgan, mahorat bilan to'qilgan yolg'on gap, mubolag'a, maqtanchoqlik tushunchalarini anglatadi.
Mehnat qo'shiqlari.Boshqa xalqlarda bo'lgani kabi mehnat jaryonini o'zida ifodalashi bilan mashhur. Ma'lumki, o'zbek xalqi asrlardan buyon dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanib keladi. Mehnat esa o'ziga yarasha tashvishdan, irodalilikni namoyish qilishdan, ba’zan insonning o’zini majburlashdan iborat bo’ladi.