Rejasi: 1. O’zbek xalq maqollarining o’ziga xos janr xususiyatlari. Maqollarning o’z va ko’chma ma’nolarda ishlatilishi.
2.O’zbek xalq topishmoqlari va ularnig boshqa folklor janrlaridan farqli xususiyatlari.
8-mavzu: Latifa va loflarning qiyosiy talqinlari. Askiya-so`z san`ati turi Rejasi; 1.O’zbek xalq latifalari. Latifalardagi Afandi obrazi haqida ma’lumot.
2.O’zbek xalq loflari va mubolag’a san’ati.
3.latifa va loflarning iyosiy talqinlari.
4.Askiya –xalq o`g`zaki ijodi janri sifatida.
ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI 1.O'zbek xalq og'zaki ijodi nima uchun xalq qadriyatlarining tarkibiy qismi
hisoblanadi?
2..Xalqimiz og'zaki ijodining qanday xususiyatlari bor?
3.An'anaviylik xalq og'zaki ijodi asarlarini ijro etishda va matnda qay yo'sinda namoyon bo'ladi?
4.Og'zakilik haqida so'zlang.
5.Xalq og'zaki ijodidagi jamoalik tushunchasiga izoh bering..
6."Alpomish" dostonini o'qing. Dostonda an'anaviylik, og'zakilik, jamoalik, variantlilik, versiyalik va anonimlikning namoyon bo'lishini tushuntiring.
7.Xalq ertaklaridagi an'anaviylikni qanday izohlaysiz. Misollar orqali tushuntiring.
8. Miflar haqida tushuncha bering
9.Totem, fetish, anima tushunchalarini izohlang.
10.It, ilon va boshqa hayvonlar haqidagi mifologik hikoyalarga misollar keltiring.
11.Tushlarning ta'birining mifologiyaga qanday aloqasi bor?
12."Oy bilan kun", "Ayoz momo" miflarini haida so`zlab bering.
13.Xalq orasida tarqalgan ot, ilon, va boshqa hayvonlar haqidagi
hikoyalarni eshiting, yozib oling.
14.Tushlarning ta'biri haqida hikoya qiling.
15.«Epos» so'ziga izoh bering.
16.«Xalq qo'shiqlari - lirika namunasi ekanligi haqida tushuncha bering.
17.Xalq og'zaki ijodidagi qaysi janrlar epik tur namunalari hisoblanadi?
18.Og'zaki ijodimizdagi janrlararo munosabat haqida tushuncha bering.
19..O'zbek xalq og'zaki ijodining lirik janrlari haqida gapiring.
20. "O'zbek xalq og'zaki ijodining epik janrlari" mavzusida hikoya qiling.
21. Xalq maqollarining o'ziga xos janr xususiyatlari haqida tushuncha bering.
22.Maqollarning o'z va ko'chma ma'nolari deganda nimani tushunasiz?
23.Maqollar va matallar o'rtasidagi farq haqida tushuncha bering.
24.Yozma badiiy adabiyotda adiblar xalq maqollaridan qanday vaziyatlarda foydalanadilar?
25.Xalq latifalarida Nasriddin afandi obrazi haqida ma'lumot bering.
26.Latifalarda kulgi yaratish usullarini izohlang.
27.Mubolag'a san'atining loflardagi o'rniga baho bering.
28.Latifa va loflarning umumiy xususiyatlari deganda nimalarni tushunasiz?
29.Xalq topishmoqlarining boshqa janrlardan farqli xususiyatlari haqida qayd eting.
30.Istiora badiiy tasvir vositasining xalq topishmoqlaridagi o'rnini izohlang.
31.Keksa buvilar va bobolardan xalq maqollarining namunalarini yozib oling.
Olim bo 'Isang olam seniki. Hunarmandning noni butun. 32Siz yashayotga hududda tarqalgan topishmoqlarga misollar keltiring.
33. Topishmoq janrining yozma adabiyotga ta`siri haqida gapiring.
34."Latifalarning tarbiyaviy ahamiyati" mavzuida so`zlang.
35.Quyidagi lofni davom ettiring:
"Bir lofchi ikkinchi bir lofchining uyini taqillatdi. Lofchi chiqib so'radi:
Men bilan chindishaman deysan, yoshing nechada?
Odam Atodan yetti muchal kattaman, - deb javob chaqirib kelgan lofchi. - ..."
36.. Afsonalar qanday xususiyatlari bilan miflardan farqlanadi? 38..Afsonalarning turlari haqida ma'lumot bering.
40.Yashash hududinngizda taralgan afsonalarga misollar keltiring.