Kenjayev Zuhriddin


Topshiriq: “Kuzatish” mashqi



Yüklə 138,65 Kb.
səhifə6/7
tarix25.12.2023
ölçüsü138,65 Kb.
#196429
1   2   3   4   5   6   7
10-sinf-soati-2023-2024-oʻquv-yili-uchun-toʻliq

Topshiriq: “Kuzatish” mashqi. O`quvchilardan tevarak-atrofga bir nazar tashlash tavsiya etiladi. Nimalarni his qildingiz? O`quvchilar o`z qarashlarini izohlaydilar.
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Xo’sh shunday ekan siz Vatan uchun nima qilsingiz ?
Bizning a’lo baholarga o’qishimiz va ulkan yutuqlarga erishishimiz shu Vatan uchun qilgan xizmatimizdir


Faol o’quvchilar rag’batlantiriladi


Sana:
3-Mavzu: Stresslar va ularni boshqarish psixologiyasi (stress management)
Kun shiori: “Biz sizni judayam yaxshi ko`ramiz,”.
Maqsad:O`quvchilar stress holati va ularni boshqarishb to’g’risida ma’lumot berish, stress holatidagi odamlarga yordam berishga undash .
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar,
I.Tashkiliy qism. Salomlashish,davomat,tozalikka e’tibor qaratish
II.Asosiy qism:
Keyingi paytlarda stress, tushkunlikka tushish kabi so`zlar tez-tez qo`llaniladigan bo`lib qoldi. Bu holat ba`zida oilaviy ajrimlar, ba`zan o`z joniga qasd qilishga urinishdek xunuk oqibatlarni keltirib chiqarayotgani odamni tashvishga soladi. Stress nima? Uning yuzaga kelishiga qanday omillar sabab bo`ladi:
– “Stress” inglizcha so`z bo`lib tanglik, zo`riqish, bosim degan ma`nolarni anglatadi. Oddiy tilda tushkunlikka tushish, deyiladi. Bu ba`zida oz fursat, ba`zida uzoq vaqt kechishi mumkin. Ikkala holatda ham insonga zarar etkazadi. Ya`ni, aqliy faoliyatning susayishi, yurak urishi tezlashishi, qon tomirlari kengayishi, ichki kasalliklar – oshqozonda yallig`lanishlar kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Stressning salbiy tomonlaridan yana biri miyani tormozlab, ma`nosiz fikrlaydigan darajaga tushirib qo`yishi mumkin. Agar odam tez-tez tushkunlikni boshidan kechirsa, atrofdagilar bilan gaplasha olmaydigan holatga tushadi. Stress natijasida inson o`ziga past baho bera boshlaydi. Oqibatda o`zini yolg`izdek, yaqinlariga keraksizdek his qiladi. Sekin-asta ruhiy tetiklik yo`qola boshlaydi.
– Stressning ilk belgilari qanday namoyon bo`ladi?
– Uning fiziologik va psixologik turlari mavjud. Bir narsadan qattiq qo`rqib ketish, kutilmaganda avtohalokat yoki tabiiy ofatga uchrash, tanasidagi birorta kasallik oqibatini bilib qolish, to`satdan yaqin kishisini yo`qotish fiziologik stressni keltirib chiqaradi. Psixologik stress – insonning emosional holati bilan bog`liq. Bu ko`proq qaynona-kelin, er-xotin yoki ona va bola o`rtasidagi mojarolar tufayli kelib chiqadi. Uzoq vaqt birga bo`lgan sevgilisidan ajralish yoki to`satdan ishdan bo`shatilish holatlari ham psixologik stressni keltirib chiqaradi. Har ikki holat insonni ham tashqi qiyofasiga, ham ichki dunyosiga ta`sir ko`rsatadi va albatta, asoratlari bo`ladi.
– Ba`zi odamlarda fiziologik yoki psixologik stress holati kuzatilmasa-da, hayotdan zerikish, o`zidan qoniqmaslik, yashashga bo`lgan istak kamayib ketadi. Bu holatni qanday baholaysiz?
– Bu holat inson yoshlikda yoki hayoti davomida yaqin odamidan ko`ngli to`lmay yashashi natijasida yig`ilib qolgan tanglik oqibatida paydo bo`ladi. Ijtimoiy hayotda o`z o`rnini topolmaslik, atrofdagilar tomonidan tan olinmaslik natijasida yig`ilib qolgan asoratlar ham sabab bo`lishi mumkin. Bu omillar bir kun kelib ta`sirini ko`rsatadi. O`zini kamsitilgandek his qilish, hayotning qizig`i yo`qdek tuyulishi natijasida yolg`izlanib qoladi va joniga qasd qilish haqida o`ylay boshlaydi. Joniga qasd qilish irodasizlikdan kelib chiqadi. Hammasiga nuqta qo`ysam, qutulaman, deb o`ylaydi. Odamning xayoliga bu fikr kelishi bilan o`z ustida ishlashi kerak. Kamchilik va xatolarga yo`l qo`yish, uni tuzatish insonga xos. Ammo hayotni to`xtatishga diniy tarafdan ham, ruhiy tarafdan hech kim haqli emas.
– Tan olish kerak, ba`zi erkaklar ayolining nuqsonlari va xatolarini farzandlari yoki atrofdagilar yonida oshkora aytib kamsitishadi, jerkiydi. Bu holat ayolni stressga tushirishi mumkinmi?
– Albatta, ayolning stress­ga tushishiga atrofdagilar ham sababchi. Ma`lum ma`noda, uning xarakteri ham rol o`ynaydi. Hayotda optimist va pessimist insonlar bor. Masalan, optimist ayollar eri tomonidan kamsitilganda unchalik ahamiyat bermaydi, bundan fojea yasab, tushkunlikka tushmaydi. Pessimistlar esa ro`zg`oridagi etishmovchiliklarga hatto kartoshkaning tugab qolganiga ham fojea deb qaraydi. Turmush o`rtog`i tomonidan kamsitilishi ularga judayam qattiq ta`sir qiladi. Hattoki, tushkunlik holatlarini keltirib chiqaradi. Inson kamchiliklarsiz yasholmaydi. Kamchilik­larni tuzatsak – yangisi paydo bo`ladi. Hayot xatolarni tuzatishdan iborat. Ayol kishi o`zining kamchiliklarini tan olishi kerak. Tashqi ko`rinishi, ichki dunyo­si yoki qilayotgan ishlari tarafidan kamsitildimi, albatta, buni inobatga olishi shart. Eriga: “To`g`ri aytdingiz, shunga e`tibor bermaganimni qarang-a, bahonada shu kamchiligim ni to`g`rilab oldim, rahmat sizga”, desa olam guliston. Shunda er-xotin o`rtasidagi munosabat yanada iliqlashadi.
– Ba`zi bir ayollar uydagi arzimagan janjal tufayli ham o`z jonimga qasd qilaman, deb atrofdagilarni xavotirga soladi. Bu usul bilan ayol nimaga erishishi va nimalarni boy berishi mumkin?
– Insonlarda shunaqa xarakter xususiyati bor. Psixologik til bilan aytganda “aksentuasiya” ya`ni, xarakterdagi normadan og`ish. Bunday xususiyatli insonlar o`zini ko`rsatishga, janjal yoki baqir-chaqir holatiga tushishga moyil bo`lishadi. Yaqinlarimni qo`rqitib olsam, shundagina o`zim xohlagandek yashayman, degan fikrda yuqoridagidek yo`l tutishadi. Ularning yaqinlari bu usul bilan hech narsaga erisha olmasligini tushuntirishi kerak. Ayollar chiroyi, iffati, samimiyati, yolg`on gapirmasligi bilan turmush o`rtog`ining hurmatiga ega bo`ladi. Dori ichib, o`zimni mashina tagiga tashlayman yoki tomirimni kesaman, o`t qo`yaman, osaman degan tahdidlar bilan o`zini ko`rsatib hech narsaga erisholmaydi. Bu xarakter ayolga faqatgina ziyon etkazadi. Ya`ni, u atrofdagilar oldida hurmatini yo`qotadi. Farzandlarini ruhiyatiga katta salbiy ta`sir ko`rsatadi. Turmush o`rtog`ining ko`nglini sovutib, o`zidan uzoqlashtiradi.
– Ba`zi bir qaynonalar o`g`li hamda kelinini izmida olib yurish maqsadida “hushidan ketish” sahnasini ko`rsatishadi. Bu holatga psixologlar qanday baho beradi?
– Yuqorida aytilganidek, bu ham aksentuasiya holatiga kiradi. Ayrim ayollar yoshlikda kam e`tiborda bo`lganligi sabab keksayganlarida o`sha bo`shliqni to`ldirib, e`tibor qozonmoqchi bo`lishadi. Pand-nasihat yo`li bilan erisholmagach, teatr qo`yishga o`tishadi. Ularni shifoxonaga yotqizish mumkin emas. Urishib, xafa qilib ham bo`lmaydi. Ba`zida bu holat ularning “foydasiga” o`zining ijobiy natijasini berishi mumkin. Ammo tez-tez takrorlanaversa “soxta sahna” fosh bo`lib qoladi. Unda onaning obro`yi tushib, haqiqatan kasal bo`lib qolsa ham hech kim e`tibor bermay qo`yishi mumkin. Bu paytda qaynonalar kim bilandir dardlashgisi, keliniga nimalarnidir o`rgatgisi, uqtirgisi keladi. Kelin qaynonaning nasihatlariga muhtoj bo`lmasa ham uni uydagi katta inson, tajribali ayol sifatida tan olishi kerak. Ana shunda bunaqa holatlarni kamroq ko`rishimiz mumkin. Ularga ko`proq e`tibor qaratish bilan birga kelin, o`g`il, nevaralar “Biz sizni judayam yaxshi ko`ramiz, uyimizni quyoshisiz”, degan jumlalar bilan ko`ngillarini ko`tarishi kerak.
– Tushkunlikdagi ayolni bu holdan chiqarish uchun nimalarga e`tibor berish kerak?
– Stress oqibatida depressiyaga tushgan ayollarga ayrim insonlar mehr bilan qaraydi. Qo`llab-quvvatlagisi, yordam bergisi keladi. Lekin bunaqa insonlar hayotda juda kam uchraydi. Doimiy tushkunlikda yuradigan odamlar yaqinlarini ham charchatib qo`yadi. Sababi ular judayam mayda gap, kayfiyatsiz, biron bir ishni oxirigacha bajara olmaydigan, hovliqadigan, o`zidan va atrofdagilardan noliydigan xususiyatga ega bo`lishadi. Bu esa yaqinlari va atrofidagilarni g`ashiga tegadi. Nima bo`lgan taqdirda ham ularni qo`llab-quvvatlash, yordam berish kerak. Har bir inson o`z muammosini o`zi echadi. Psixologlar ularga yo`l ko`rsatishadi xolos.
Davlatimiz rahbarining “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida “Oila” markazining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida tibbiyot kasb-hunar kollejlari negizida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o`rgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar bo`yicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo`yicha maxsus o`quv kurslari tashkil etilishi haqida vazifalar ham belgilangan. Shundan kelib chiqib, kasb-hunar kollejlari, mahalla hamda xotin-qizlar faoliyat yuritadigan tashkilotlarda amaliy seminarlar o`tkazishni yo`lga qo`yildi. Kimnidir sog`lom hayotga qaytarsak, baxtli ekanini ko`rsak, albatta, xursand bo`lamiz

Yüklə 138,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin