Kesarcha kesish — ko’rsatmalar, kamchilik va afzalliklari, asoratlari, tavsiyalar Kesarcha kesish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/9
tarix01.01.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#50819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kesarcha kesish(2)

Mundarija: [Yashirish]

  • 1 Operatsiya tarixi

  • 2 Kesarcha kesish uchun ko’rsatmalar

  • 3 Qarshi ko’rsatmalar

  • 4 Kesarcha kesishda anesteziya

  • 5 Operatsiyadan oldin

  • 6 Operatsiyadan keyin

  • 7 Kesarcha kesishning afzalliklari va kamchiliklari

    • 7.1 Afzalliklari

    • 7.2 Kamchiliklari

  • 8 Kesarcha kesish asoratlari va oqibatlari

Operatsiya tarixi

Bugungi kungacha saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko’ra, kesarcha kesish eng qadimiy jarrohlik amaliyotlardan biri sanaladi. Qadimgi Yunoniston afsonalarida, Asklepiy va Dionis ushbu amaliyot yordamida o’lgan ona bachadonidan chiqarib olinganligi qayd qilingan. Rimda, miloddan avvalgi VII asr oxirida, marhum homilador ayolni qorin bo’shlig’idan bolasi chiqarib olinganidan keyingina ko’mish mumkinligi to’g’risidagi qonun kuchga kirgan. Keyinchalik bu manipulyatsiya boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirila boshlandi, ammo faqat o’limga mahkum bo’lgan ayollarda. XVI asrda fransuz qirolining shifkori Amburaz Parebirinchi marta tirik ayollarda kesarcha kesish o’tkazishni boshladi. Ammo amaliyot har doim o’lim bilan tugar edi. Pare va uning izdoshlari xatosi, kesilgan bachadon uning qisqaruvchanligiga tayanligan holda tikilmas edi. Operatsiya faqat onaning hayotini saqlab qolib bo’lmaydigan hollarda bolani qutqarish uchun amalga oshirilar edi.

Faqat XIX asrga kelib operatsiya davomida bachadonni olib tashlash tavsiya etilgan, natijada o’lim hollari 20-25% gacha kamaygan. Besh yil o’tgach, bachadon uch qavatli maxsus chok bilan tikila boshlangan. Shunday qilib, kesarcha kesishning yangi bosqichi boshlandi. Endi jarrohlik amaliyoti nafaqat o’lim yoqsida turgan onalarda, balki ham onaning, ham homilaning hayotini saqlab qolish uchun o’tkazila boshlandi. XX asrning o’rtalariga kelib antibiotiklar davri boshlanishi bilan operatsiya natijalari yaxshilandi, o’lim hollari kamdan-kam kuzatiladigan holga aylandi. Bun ham ona, ham homila uchun kesarcha kesish o’tkazish ko’rsatmasi beriladigan hollar sonini kengaytirdi.

Tirik ayolda birinchi ishonchli jarrohlik amaliyoti 1610-yilda Vittenberglik jarroh I. Trautmann tomonidan o’tkazilgan. Bola tirik chiqarib olinga, ona esa 4 hafta o’tgach nobud bo’lgan (sababi operatsiya bilan bog’liq emas).




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin