Kesarcha kesish — ko’rsatmalar, kamchilik va afzalliklari, asoratlari, tavsiyalar Kesarcha kesish


Kesarcha kesish asoratlari va oqibatlari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə9/9
tarix01.01.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#50819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kesarcha kesish(2)

Kesarcha kesish asoratlari va oqibatlari

Eng keng tarqalgan asoratlardan biri — bitishmalar (spayka) hisoblanadi. Ichak qovuzloqlari yoki qorin bo’shlig’ining boshqa a’zolari bir-biri bilan birlashib ketadi. Davolash, ayolning individual xususiyatlariga bog’liq: bu oddiy fizioterapiya muolajalari bilan chegaralanish yoki jarrohlik aralashuvigacha borishi mumkin.



Endometrit — bachadonda yallig’lanish jarayonidir. Aynan uning oldini olish uchun operatsiyadan keyin darhol antibiotiklar buyuriladi.

Qon ketishi shuningdek kesarcha kesish asorati qatoriga kiradi va kamdan-kam hollarda bachadonni olib tashlash zaruratini tug’diradi.

Asoratlar, shuningdekchoklarning bitib ketishida ham yuzaga kelishi mumkin, ba’zan ular ochilib ketadi.



Anesteziyadan keyingi murakkabliklar. Operatsiyadan keyin og’riq qoldiruvchili kateter yana bir muddat belda qoldiriladi va u orqali og’riq qoldiruvchi preparatlar kiritib turiladi. Shu sababli, operatsiya tugagach, ayol bir yoki ikkala oyoqlarini sezmasligi, bir muddat yura olmasligi mumkin.

Ba’zan ayolni kushetkaga ko’chirib o’tkazishda uning oyoqlari qayrilib qolishi mumkin, og’riq qoldiruvchilar ta’siri ostida bo’lgan ayol buni sezmaydi va oyoq shu holatda qolib ketadi. Oyoqning uzoq muddat notabiiy holatda bo’lishi natijasida davomli pozitsion bosilish sindromi rivojlanadi. Boshqacha qilib aytganda, yumshoq to’qimalar uzoq vaqt qon ta’minotisiz qolib ketadi. Bosilish bartaraf etilgach esa shok, kuchli shish, oyoq harakat faoliyatining buzilish va ba’zan buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, bularning barchasi bir necha oy davom etishi mumkin bo’lgan kuchli og’riq bilan kechadi.



Shu sababli, tug’ruqxona personalidan sizni kushetkaga to’g’ri olib o’tganliklarini tekshirishni so’rang. Yodda tuting, bunday oddiy xatolik fojiali yakun yasashi mumkin. Shu bilan birga, anesteziyga doimo bosh va bel og’rig’i hamrohlik qiladi.
Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin