Kesish zonasining temperaturasi va uning taqsimIanishi Kesish zonasida ajralib chiqqan issiqlik balansi tenglamasi (5.1) ga binoan qirindi ishlanayotgan zagotovka va kesuvchi asbob (keskich)ni qizdiradi.
1 ) Qirindidagi temperatura maydoni. Yarim sun'iy termojuft (ishlanayotgan zagotovka—kon-stantan) usuli bo'yicha turh nuq-talarda temperaturani o'lchab, tajriba natijalari bo'yicha qirin-dida temperaturaning taqsimlan-ishini ko'rsatadigan maydon sxemasi tuzilgan (5.7-rasm). Qirindining eng yuqori temperaturasi keskichning kontakt-langan yuzasi bo'yicha sirpanib o'tayotgan qismiga tegishli bo'lgan qatlamda bo'ladi. Maksimai temperaturaga ega bo'lgan izoterma (575"C) keskichning uchidan 0,5...1,5 mm uzoqlikda va tayanch yuzasidan 0,08 mm masofada joylashgan.
Metallarni kesish jarayoni-da issiqlikning fizikaviy xususi-yatlari bilan bog'liq bo'lgan hodisalarni o'rganib, prof. A.N. Reznikov o'zi taklif etgan naza-riy tenglamalari bo'yicha kesish zonasidagi temperaturalarning analitik hisoblarini bajargan. Reznikovning analitik hisoblari bo'yicha ШХ15 markali po'latni
T14K8 markali qattiq qotishma plastinkali keskich bilan v=80 m/min, s=0,5 mm/ayl, r=4,1 mm, sovitmay ishlov berishdagi temperatura may-doni 5.8-rasmda keltirilgan. Kesilayotgan qirindining temperaturasi 900°C dan ortiq bo'lmasligi kerak, aks holda qo'shimcha xavflar kelib chiqadi.
Ishlanayotgan zagotovkaning temperatura maydoni.Prof. A.N.Reznikovning hisoblari bo'yicha tuzilgan temperatura maydoni 5.9-rasmda keltirilgan (yuqorida ko'rilgan sharoit va rejim uchun). Izo-termalarningjoylashishi shuni ko'rsatadiki, zagotovkada temperatura 250°C dan 30°C gacha o'zgaradi. Temperaturaning ko'tarilishi zagotovkaning kengayishiga olib keladi.
Qizigan holda ishlangan zagotovkaning o'lchamlari xona tempera-turasigacha sovitilgan zagotovkaning joiz o'lchamlaridan kamroq bo'lishi mumkin. Shuning uchun o'lchamlari juda aniq bo'lishi kerak bo'lgan (pret-sizion) detallar uchun texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda ularning ishlov o'tish paytida qizishi hisobga olinishi zarur.