2. Ingichka tolali paxta chigitini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi
Tozalangan va namligi bo‘yicha kondinsatsiyalangan chigit 2 pichoqli yoki diskli shelushitelda chaqiladi. Shelushiteldan oldin 1 magnitli seperator qo‘yilgan bo‘lib u chigit tarkibidagi metall aralashmalarni ajratadi. Ingichka tolali paxta chigiti bir bosqichda chaqiladi. Chaqilgan chigit, mag‘izdan ajratish uchun 6 g‘alvirga tushadi, bu g‘alvirda ajratilgan butun chigitlar yana qaytadan shu shelushutelni o‘ziga chaqish uchun uzatiladi. Ventilyator yordamida surib olingan mag‘iz sheluxa aralashmasi 3 siklonga va undan 5 bitter separatorga uzatiladi. Bu yerda mag‘iz sheluxadan ajratiladi, ajratilgan sheluxa, sheluxa maydonchasiga mag‘iz esa shnekli transpartyor yordamida yanchish uchun 4 valtsovkaga uzatiladi. urug‘ini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi 45-rasmda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |