Keys “beko”: Turkiyalik ilg‘or ulgurji sotuvchisi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#159117
  1   2   3   4
Alisherov Jaloliddin Marketing Keys

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Keys

Turkiya ishlab chiqaruvchi zavodlaridan ko‘ra o‘zining egzotik bozorlari va Istanbulning qadimiy binolari bilan ko‘proq taniqlidir. Biroq so‘nggi 20 yil davomida bu haqiqat keskin tarzda o‘zgarib ketdi. Hozirda Turkiya Yevropada sotilayotgan televizorlarning yarmidan ko‘pini ishlab chiqarmoqda va yana uy-ro‘zg‘or buyumlarining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. 1955-yilda asos solingan “Arcelik Group” Turkiya xaridorlar sektorining boshlovchisi hisoblanadi va u xalqaro maydonda ham asosiy ijroni ta’minlaydi. “Arcelik Group” 10 ta brendlarga egalik qiladi va 50 % dan ortiqroq daromadini xalqaro faoliyatdan oladi. U Turkiyadagi eng katta kompaniyalarni birlashtirgan “Koc Group”ga tegishli. “Koc Group” 4 ta eng asosiy xalqaro sanoatda faol hisoblanadi: Energiya, avtomobil, moliyaviy xizmatlar va davomiy mahsulotlardir, va 2009-yilda “Fortune” jurnalida dunyoning 273-eng yirik kompaniyasi deb baholangan.

Keys

“BEKO”: Turkiyalik ilg‘or ulgurji sotuvchisi

“BEKO” “Arcelik Group” ning xalqaro brendi hisoblanadi va dunyodagi 10 ta eng zo‘r maishiy texnika jihozlari brendlaridan biri hisoblanadi. “BEKO” xalqaro bozorlarda ayniqsa Sharqiy va G‘arbiy Yevropada o‘zining muntazam o`sishini davom ettirmoqda. U Buyuk Britaniyada eng ilg‘or pech, pishiruvchi, sovituvchi brendi hisoblanadi va kir yuvish va idish-tovoq yuvish brendlari orasida eng tez rivojlanayotganlardan biri hisoblanadi. “BEKO”ning boy mahsulot turlari keng turdagi maishiy texnika jihozlarinixolodilniklarni, muzlatuvchilarni, kir yuvish mashinalarini, qurituvchilarni, idish yuvuvchi mashinalarni, pechlarni, chang yutkichlar va konditsiyoner birliklarini va bunga qo‘shimcha ravishda xaridorlar elekrtonikalarini ya’ni 3,500 dan ortiq faol mahsulot modellarini o‘z ichiga oladi. “BEKO” hozirda 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda va har xil hayot tarziga, madaniyatga va turli ehtiyojga ega bo‘lgan odamlarning ehtiyojlarini qondirish uchun alo darajadagi yechimlarni rivojlantirmoqda. Bunday katta bozorga xizmat ko‘rsatish uchun Turkiyada 8 ta ishlab chiqaruvchi binolar va yana Ruminiya, Rossiya va Xitoyda ham zavodlar joylashtirilgan.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin