Keyslar asosida mantiqiy va kreativ fikr yuritish imkoniyatlarini rivojlantirishning uslubiy asoslari



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#180334
1   2   3   4
ilm-fan 1418

ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
63 
bir olayotgan axborotini tabiat, jamiyat va o’z-o’ziga bo’lgan munosabati orqali idrok etishi 
olinayotgan bilimlarning ahamiyati va xotirada qolish jarayonida muhim omil sanaladi. 
Bularning barchasi nafaqat ta’limning mazmuni va shakllarini qayta ko’rib chiqishni, balki 
ushbu sohada ko’plab qadriyatlardan voz kechishni, ularni zamonga va kishilarning yangicha 
dunyoqarashiga moslashtirishni taqozo etmoqda. Umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan 
fanlar orasida kimyo fani anchayin murakkab sanalgan, o’quvchilar olgan bilimlarini 
amaliyotda va kelajak hayotlarida tadbiq qilishlari uchun yetarlicha nazariy bilimga ega 
bo’lishlari zarur hisoblangan fanlar sirasiga kiradigan fandir. Kimyo darslarini sifatli tarzda 
tashkil qilishda har bir o’quvchining darsdagi yutuqlarini namoyish qilish, kerak bo’lganda 
o’quvchini maqtash orqali rag’batlantirish, biroz xafa bo’lsada, unga o’z vaqtida bilimlaridagi 
bo’shliqlarini bildirish va to’ldirishga imkon berish, dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi 
orasida qulay psixologik muhitning yaratilishini ta’minlash muhimdir. Aynan mavzuga mos 
bo’lgan, o’quvchilar yoshiga mos keladigan o’yinlarni tanlash va qo’llash orqali ijobiy 
natijalarga erishish o’qituvchining mahoratiga bog’liq bo’ladi. O’quv jarayonida 
foydalaniladigan didaktik o’yinlar sinfda guruh a’zolari yoki individual ishtirokchilar 
o'rtasidagi raqobatni rivojlantirishga va bu orqali darsga bo’lgan qiziqishni oshirishga yordam 
beradi. Didaktik o’yinli metodni guruhlarga bo’lgan holda amalga oshirish va buning 
natiijasida o’yin ishtirokchilari orasida yuzaga kelgan sog’lom raqobat ularda liderlik 
qobiliyati, muammoning yechimini topishda eng samarali usulni tanlash, yechimlar orasidan 
eng samaralisini
tanlash imkonini beradi. 
Ma’lumotlarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning 
yechimini topishga intilish kreativ potensial bilish jarayonida yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan 
chambarchas bog‘liq. Pedagogning kreativ potensiali an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli 
ravishda quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Tafakkurning tezkor va egiluvchanligi.
2. Yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati, bir qolipda fikrlamaslik.
3. Tashabbuskorlik-o‘ziga xoslik.
4. Noaniqlikka toqat qilish.
5. Zakovatli bo‘lish.
Kreativlik “turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul 
qilishda yaqqol namoyon bo‘lib pedagogning ijodiy faolligini tavsiflaydi”. Yuqorida bildirilgan 
kompetentlik va kreativlik tushunchalari ta’lim tizimida qanday tizim sifatida tashkil 
etilganligi haqida fikr yuritamiz. Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan 
innovatsiya va yangiliklar, barkamol avlodni tarbiyalash mazkur tizimda faoliyat olib 
borayotgan barcha o‘qituvchi murabbiylar oldiga ko‘plab vazifalarni hal etishni dolzarb 
masala sifatida belgilab qo‘ymoqda. Jumladan oliy ta’lim tizimida ham faoliyat yuritadigan 
professor-o‘qituvchilarda ham o‘z faoliyatlarida yosh avlodni tarbiyalashda kompetentlik va 
kreativlik sifatlari talab etilmoqda. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, o’quvchilarning kreativ qiziqishlari va ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qiladigan g’oyalar, kontseptsiyalar hamda ilg’or pedagogik tajribalar
asosida o’qitish jarayonini tashkil etish kreativlikni rivojlantirishga nisbatan mazmunli-
faoliyatli yondashuvni 
shakllantirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin