ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
62
bo‘shliqlar aniqlanadi. Qonuniy me’yorlarning real holat bilan mosligi yoki qarama-qarshiligi
o‘rganiladi. Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi takliflar beriladi, ular amalga oshsa,
qanday
samara
berishi
izohlanadi.
Taklif
loyiha
shaklida
rasmiylashtiriladi.
PISA butun dunyodagi 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan
foydalanadi.. Kreativ fikrlashning ushbu tavsifi Kreativ fikrlash strategik konsultativ guruhi
tomonidan taklif etilgan taʼrifga mosdir. Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim
darajasida gʻoya berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning
oʻziga xosligi va mu nosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki
maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif ishlab
chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi
keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan.
Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng, ammo
ich-ichidan bog‘liq kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi. Plucker,
Beghetto va Dow ushbu konsepsiyaning koʻp qirraligi va ijtimoiy mohiyatini hisobga olgan
holda taklif etgan taʼrifiga koʻra, kreativlik – layoqat, jarayon va strategik konsultativ guruh
ijodiy fikrlashni «...yangi gʻoyalarni ishlab chiqish jarayoni. U muayyan bilim, koʻnikma va
yondashuvni talab etadi. Uning ichiga mavzular, nazariya, sohalar va uslublararo
bogʻlanishlarni qurish kiradi», deb ta’riflagan. muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u
orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan
salmoqli mahsulotni yaratishidir.
Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu bilan birga
aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus koʻnikma
va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni
yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur
bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga
ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Va aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik
(masalan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi
taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish kabi
(Kaufman va Beghetto) ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir.
Umuman olganda, tadqiqotchilar kundalik ijodkorlik amaliyot va taʼlim orqali
takomillashtirilishi mumkin degan xulosada yakdildir. Demak, tugʻma talantning ahamiyatini
kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga
koʻproq urgʻu berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana
shu kichik kreativlik bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi.
Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni
aks ettirish talab qilinadigan taʼlim kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish,
jamiyatdagi muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.
Endilikda mutaxassisning aqliy va kasbiy salohiyati uning qayerda va qancha vaqt o’qiganligi
bilan emas, balki ta’lim jarayoni yakunida ma’lumotlarni qanchalik o’zlashtirganligi va olgan
bilimlarini qay darajada amalda qo’llay olishi bilan belgilanadi. Kreativ fikrlaydigan avlodni
tarbiyalashda ma’lumotni o’rganish va talqin qilish qobiliyatini egallash yetarli emas, ularni
yangi bilimlarga aylantirish va hayotda qo’llay olishlari muhimdir.
Zamonaviy rivojlangan muhit bizni yangi sifatda qayta tarbiyalamoqda: insonni eng yuksak
qadriyat deb tan olib, uning taqdiri, boshqalarning taqdiri, shaxsning ongini o’zgartirish, har