ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
61
KEYSLAR ASOSIDA MANTIQIY VA KREATIV FIKR YURITISH
IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING USLUBIY ASOSLARI
Yodgorova Sehriyo
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1 kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.8049759
Аннотация:
Maqolada kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan
tortib,falsafa, sanʼat va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari
surilgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga
baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va
tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda
jamiyatlar va tashkilotlar
muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda,
bu esa, oʻz navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchayishini
ko`ramiz.
Kalit so’zlar
:
Kreativ yondashuv, kreativlik, ijodkorlik,
kontekst, didaktik o’yinlar, mantiqiy
fikrlash
Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun
va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi
yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikmadir (Lucas va Spencer). Bu koʻnikma ularga
doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari «XXI asr»
koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga koʻmaklashadi.
Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kela jakda hozir hatto mavjud boʻlmagan
sohalarda
ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. Oʻquvchida
kreativ fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va
global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.
Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayriixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin har kuni ko‘plab
mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi. Ular mana shu
g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda
yangi fikrlarni yuzaga
keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, biroq har qanday mutaxassisning kreativ o‘ylashiga
ko‘maklashadigan ko‘plab usullar mavjud. Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy
salohiyatni anglash lozim. Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga ikki-
uch marta o‘ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada bir yoki ikki marta
o‘ylaganim”. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, o‘ylash
uchun
imkon yaratish muhimdir.
Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda ijodkorlik chegaralarini belgilang. O‘zingizdan
“Eng oddiy yechim nimada?” deb so‘rang. Keyin “muammoni hal qilishning aql bovar qilmas
varianti”ni tasavvur qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o‘rtasida sizga ijodiy maydon paydo
bo‘ldi. Endi yangi g‘oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi
psixologik bosimni yengillashtiradi.
“Olti shlyapa” usuli. Edvard de Bono taklif etgan “Olti rangli shlyapa usuli”da
biror mavzu
tanlanadi. Navbatma-navbat shapkalar kiyiladi: oq — diqqat bilan, hech qanday emotsiyasiz
barcha faktlar tekshiriladi; qora — kamchiliklar aniqlanadi; sariq —
mavjud holat tahlil
etiladi; yashil — yana yangi bir necha g‘oyalar qo‘shiladi; qizil — emotsional munosabat
bildiriladi; ko‘k — ish xotimalanadi. Masalan, ta’lim tizimiga oid qonunchilikni
takomillashtirish mavzusi ko‘rilayotgan bo‘lsa, mavjud qonunchilik o‘rganiladi,
kamchilik va