Axborotni himoyalashning kriptografig usullari
Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar. «Kriptografiya» atamasi dastlab
«yashirish, yozuvni berkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u
yozuv paydo bo‘lgan davrlardayoq aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya
deganda har qanday shakldagi, ya’ni diskda sakdanadigan sonlar ko‘rinishida
yoki hisoblash tarmoklarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi axborotni
yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo‘lgan
har qanday axborotga nisbatan qo‘llash mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga
qaratilgan kriptografiya kengroq qo‘llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda,
kriptografiyada qo‘llaniladigan usullarning o‘zi axborotni ximoyalash bilan
bogliq bo‘lgan kup jarayonlarda ishlatilishi mumkin. Kriptografiya axborotni
ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to‘lov
varaklarini elektron pochta orqali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta
yozuvlarning qo‘shilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini
ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyuter tarmogiga
ruxsatsiz kirishning mutlako oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash
mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, ko‘p hollarda,
axborotning haqikiyligini ta’minlash deyiladi. Kriptografiyada qo‘llaniladigan
usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan axborotlarning hakiqiyligini
ta’minlashi mumkin.Nafakat axborotning kompyuter tarmogidan ma’nosi
buzilmasdan kelganligini bilish, balki uning muallifdan kelganligiga ishonch
hosil qilish juda muxim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini
tasdiklovchi turli usullar ma’lum. Eng universal protsedura parollar bilan
almashuvdir, lekin bu juda samarali bo‘lmagan protsedura. Chunki parolni
kuliga kiritgan har qanday shaxe axborotdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Agar
ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinsa, u holda parollarning samaradorligini
oshirish va ularni kriptografik usullar bilan himoyalash mumkin, lekin
kriptografiya bundan kuchliroq parolni uzluksiz o‘zgartirish imkonini beradigan
protseduralarni ham ta’minlaydi. Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuklardan
biri — rakamli signatura — maxsus xossa bilan axborotni to‘ldirish yordamida
yaxlitlikni ta’minlovchi usul, bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit
ma’lum bo‘lgandagina tekshirilishi mumkin. Ushbu usul maxfiy kalit yordamida
yaxlitlik tekshiriladigan ma’lum usullardan ko‘proq afzalliklarga ega.
Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz.
Uzatiladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar
qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash. Kodlashtirish uchun teztez ishlatiladigan
iboralar to‘plamini uz ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu
iboralardan har biriga, ko‘p hollarda, raqamlar to‘plami bilan beriladigan
ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z tugri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi
shunday kitob yoki jadval talab kilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval
ixtiyoriy kriptografik o‘zgartirishga misol bo‘ladi. Kodlashtirishning axborot
texnologiyasiga moe talablar — qatorli ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga
aylantirish va aksincha o‘zgartirishlarni bajara bilish. Kodlashtirish kitobini
tezkor hamda tashqi xotira qurilmalarida amalga oshirish mumkin, lekin bunday
tez va ishonchli kriptografik tizimni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Agar bu
kitobdan biror marta ruxsatsiz foydalanilsa, koddarning yangi kitobini yaratish
va uni hamma foydalanuvchilarga tarqatish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash uz ichiga — boshlangich
matn belgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish
algoritmlarini qamrab oladi. O‘zgartirishlarning bu turi
axborotkommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi. Bu yerda algoritmni
himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik kalitni qo‘llab, shifrlash
algoritmining o‘zida ximoyalashga bo‘lgan talablarni kamaytirish mumkin. Endi
himoyalash ob’ektisifatida faqat kalit xizmat kiladi. Agar kalitdan nusxa olingan
bo‘lsa, uni almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni
almashtirishdan yengildir. Shuning uchun ham kodlashtirish emas, balki
shifrlash axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarida keng ko‘lamda
qo‘llanilmoqda. Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologaya deb aytiladi. Ushbu
so‘z yunoncha «kripto» — sirli va «1ogus» — xabar ma’nosini bildiruvchi
suzlardan iborat.
Kriptologiya ikki yunalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.
Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini
ta’minlashdan iborat. Kriptotaxlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan
ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan borat. Hozirgi kunda kriptotizimni
ikki sinfga ajratish mumkin:
• simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);
• asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli). Simmetriyali tizimlarda
quyidagi ikkita muammo mavjud: 1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar
qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin? 2) Jo‘natilgan
xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi? Ushbu muammolarning
yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi. Ochiq kalitli asimmetriyali
tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan ikkinchisini xisoblash usullari bilan
aniqlab bo‘lmaydi. Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda
ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda
qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim. Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini
ta’minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo
sifatida qo‘llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni
axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi. Axborotni
autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin:
• foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi zaxiralariga
kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash:
• tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro
autentifikatsiyalash. Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan
biri bu elektron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan
elektron savdolardir. Kriptografiya - ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining
to‘plami bo‘lib, ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha quyidagi ikkita asosiy
muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan: maxfiylik; yaxlitlilik. Maxfiylik orqali
yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz
niyatli shaxslar tomonidan axborotni o‘zgartira olmaslik haqida dalolat beradi.
Bu yerda kalit qandaydir ximoyalangan kanal orqali junatiladi. Umuman
olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taallukdidir.
Asimmetriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini: Bu holda ximoyalangan kanal
bo‘yicha ochiq kalit junatilib, maxfiy kalit jo‘natilmaydi. Yovuz niyatlishaxslar
o‘z maqsadlariga erisha olmasa va kriptotaxlilchilar kalitni bilmasdan turib,
shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim
deb aytiladi. Kriptotizimning mustahkamligi uning kaliti bilan aniqlanadi va bu
kriptotaxlilning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib xisoblanadi. Ushbu ta’rifning
asosiy ma’nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga ma’lum tizim
hisoblanib, uning o‘zgartirilishi kup vakt va mablag talab kiladi, shu bois ham
faqatgina kalitni o‘zgartirib turish bilan axborotni ximoyalash talab kilinadi.
Simmetriyali kriptotizim asoslari Kriptografiya nuqtai-nazaridan shifr — bu
kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to‘plamini yopiq (shifrlangan)
ma’lumotlarga o‘zgartirish kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasi
hisoblanadi. Kalit — kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir
parametrlarining maxfiy holati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantini
tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib
kriptomustahkamlik hisoblanadi.
Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
• yetarli darajada kriptomustaxkamlik;
• shifrlash va kaytarysh jarayonining oddiyligi;
• axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi;
• shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo‘lmasligi. Ushbu talablarga
quyidagi tizimlar javob beradi:
• o‘rinlarini almashtirish;
• almashtirish;
• gammalashtirish;
• analitik o‘zgartirish.
O‘rinlarini almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlangich matn belgilarining
matnning ma’lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida o‘rinlari
almashtiriladi. Almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlangich matn belgalari
foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtiriladi.
Gammalashtirish usuli bo‘iicha boshlang‘ich matn belgilari shifrlash gammasi
belgilari, ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi. Tahliliy
o‘zgartirish usuli bo‘yicha boshlangich matn belgilari analitik formulalar
yordamida o‘zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko‘paytirish yordamida.
Bu yerda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi bo‘lsa, matritsa esa kalit
sifatida xizmat kiladi. O‘rinlarni almashtirish usullari eng oddiy va eng qadimiy
usuldir.
O‘rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida kuyidagilarni keltirish
mumkin: — shifrlovchi jadval; —sexrli kvadrat. Shifrlovchi jadval usulida kalit
sifatida kuyidagilar qo‘llaniladi: - jadval o‘lchovlari; - so‘z yoki so‘zlar ketma-
ketligi; - jadval tarkibi xususiyatlari.
Misol
. Quyidagi matn berilgan bo‘lsin: KADRLAR TAYYoRLASh
MILLIY DASTURI
Ushbu axborot ustun buyicha ketma-ket jadvalga kiritiladi: k l a l i y t a a y a l d
u d r yo sh l a r r t r m i s i Natijada, 4x7 o‘lchovli jadval tashkil qilinadi.
Endi shifrlangan matn qatorlar bo‘yicha aniklanadi, ya’ni o‘zimiz uchun 4 tadan
belgilarni ajratib yozamiz. KLAL IYTA AYAL DUDR YoShLA RRTR MISI
Bu yerda kalit sifatida jadval o‘lchovlari xizmat kiladi. Ushbu usulni
murakkablashtirish maqsadida tayanch so‘zni kiritsa bo‘ladi. Yuqoridagi misol
uchun quyidagi MAGISTR so‘zini olamiz va oldingi jadvalga joylashtiramiz: m
a g i s t r 4 1 2 3 6 7 5 k l a l i y t a a y a l d u d r yo sh l a r r t r m i s i Ikkinchi
qatordagi raqamlar harflarning alifbo tarkibidan kelib chiqadi. Shu qatordagi
raqamlar bo‘iicha ustunlarni tartiblaymiz: a g i m r s t 1 2 3 4 5 6 7 l a l k t i y a
y a a u l d r yo sh d r l a t r m r i i s Shifrlangan matn quyidagi ko‘rinishda
bo‘ladi: LALK TIYA YAAU LDRYo ShDRL ATRM RIIS Sehrli kvadrat deb,
katakchalariga 1 dan boshlab sonlar yozilgan, undagi har bir ustun, satr va
diagonal buyicha sonlar yigindisi bitta songa teng bo‘lgan kvadrat shaklidagi
jadvalga aytiladi. Sehrli kvadratga sonlar tartibi bo‘yicha belgilar kiritiladi va bu
belgilar satrlar buyicha o‘qilganda matn hosil bo‘ladi
. Misol. 4x4 o‘lchovli sehrli kvadratni olamiz, bu yerda son-larning 880 ta har
xil kombinatsiyasi mavjud. Quyidagicha ish yuritamiz: 16 3 2 13 5 10 11 8 9 6 7
12 4 15 14 1 Boshlangich matn sifatida quyidagi matnni olamiz: DASTURLASh
TILLARI va jadvalga joylashtiramiz: i s a l u t i a sh r l l t r a d Shifrlangan matn
jadval elementlarini satrlar bo‘yicha o‘qish natijasida tashkil topadi: ISAL UTIA
ShRLL TRAD Almashtirish usullari Almashtirish usullari sifatida quyidagi
usullar-ni keltirish mumkin: - Sezar usuli; - Affin tizimidagi Sezar usuli; -
Tayanch so‘zli Sezar usuli va boshqalar.
1.
Sezar usulida almashtiruvchi harflar k ta siljish bilan aniklanadi. Yuliy Sezar
bevosita k=3 bulganda ushbu usuldan foydalangan. k=3 bo‘lganda va alifbodagi
harflar m=26 ta bo‘lganda quyidagi jadval hosil qilinadi: Misol. Matn sifatida
SAMARQAND so‘zini oladigan bo‘lsak, Sezar usuli natijasida quyidagi
shifrlangan yozuv hosil bo‘ladi: VDPDUTDQG.
2. Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning, o‘z navbatida, bir xil
harflarga almashishidir.
3. Affin tizimidagi Sezar usulida har bir harfga almashtiriluvchi harflar maxsus
formula bo‘yicha aniqlanadi: at+b (mod m), bu yerda a,b — butun sonlar, 0< a,
b Hozirgi vaqgda kompyuter tarmoqlarida tijorat axborotlari bilan almashishda
uchta asosiy algoritm-lar, ya’ni DES, CLIPPER va PGP algoritmlari
qo‘llanilmoqda. DES va CLIPPER algoritmlari integral sxemalarda amalga
oshiriladi. DES algoritmining kriptomustahkamligini quyidagi misol orqali ham
baholash mumkin: 10 mln. AQSh dollari xarajat qilinganda DES shifrini ochish
uchun 21 minut, 100 mln. AQSh dollari xarajat qilinganda esa 2 minut
sarflanadi. CLIPPER tizimi SKIPJACK shifrlash algoritmini uz ichiga oladi va
bu algoritm DES algoritmidan 16 mln. marta kuchliroqtsir. PGP algoritmi esa
1991 yilda Filipp Simmer-man (AQSh) tomonidan yozilgan va elektron pochta
orqali uzatiladigan xabarlarni shifrlash uchun ishlatiladigan PGP dasturlar paketi
yordamida amalga oshiriladi. PGP dasturiy vositalari Internet tarmog‘ida
elektron pochta orqali axborot jo‘natuvchi foydalanuvchilar tomonidan shifrlash
maqsadida keng foydalanilmoqda. PGP (Pretty Good Privacy) kriptografiya
dasturining algoritmi kalitli, ochiq va yopiq bo‘ladi.Ochiq kalit quyidagicha
ko‘rinishni olishi mumkin: Kriptografiya O‘rinlarni almashtirish usullari eng
oddiy va eng kadimiy usuldir. O‘rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida
kuyidagilarni keltirish mumkin: — shifrlovchi jadval; —sexrli kvadrat.
Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida kuyidagilar ko‘llaniladi: - jadval
o‘lchovlari; - so‘z yoki so‘zlar ketma-ketligi; - jadval tarkibi xususiyatlari.
Misol. Kuyidagi matn berilgan bo‘lsin: KADRLAR TAYYoRLASh MILLIY
DASTURI Ushbu axborot ustun buyicha ketma-ket jadvalga kiritiladi: Natijada,
4x7 o‘lchovli jadval tashkil kilinadi. Endi shifrlangan matn katorlar bo‘yicha
aniklanadi, ya’ni o‘zimiz uchun 4 tadan belgilarni ajratib yozamiz. KLAL IYTA
AYAL DUDR YoShLA RRTR MISI Bu yerda kalit sifatida jadval o‘lchovlari
xizmat kiladi. Ushbu usulni murakkablashtirish maksadida tayanch so‘zni kiritsa
bo‘ladi. Yukoridagi misol uchun kuyidagi MAGISTRso‘zini olamiz va oldingi
jadvalga joylashtiramiz: k l a l i y t a a y a l d u d r yo sh l a r r t r m i s i Ikkinchi
katordagi rakamlar xarflarning alifbo tarkibidan kelib chikadi. Shu katordagi
rakamlar bo‘iicha ustunlarni tartiblaymiz: Shifrlangan matn kuyidagi
ko‘rinishda bo‘ladi: LALK TIYA YAAU LDRYo ShDRL ATRM RIIS, Sexrli
kvadrat deb, katakchalariga 1 dan boshlab sonlar yozilgan, undagi xar bir ustun,
satr va diagonal buyicha sonlar yigindisi bitta songa teng bo‘lgan kvadrat
shaklidagi jadvalga aytiladi. Sexrli kvadratga sonlar tartibi bo‘yicha belgilar
kiritiladi va bu belgilar satrlar buyicha o‘kilganda matn xosil bo‘ladi. Misol. 4x4
o‘lchovli sexrli kvadratni olamiz, bu yerda son-larning 880 ta xar xil
kombinatsiyasi mavjud. Kuyidagicha ish yuritamiz: 16 3 2 13 5 10 11 8 9 6 7 12
4 15 14 1 Boshlangich matn sifatida kuyidagi matnni olamiz: m a g i s t r 4 1 2 3
6 7 5 k l a l i y t a a y a l d u d r yo sh l a r r t r m i s i a g i m r s t 1 2 3 4 5 6 7 l a
l k t i y a y a a u l d r yo sh d r l a t r m r i i s DASTURLASh TILLARI va
jadvalga joylashtiramiz: i s a l u t i a sh r l l t r a d Shifrlangan matn jadval
elementlarini satrlar bo‘yicha o‘kish natijasida tashkil topadi: ISAL UTIA
ShRLL TRAD Almashtirish usullari: Almashtirish usullari sifatida kuyidagi
usullarni keltirish mumkin: - Sezar usuli; - Affin tizimidagi Sezar usuli; -
Tayanch so‘zli Sezar usuli va boshkalar. 1. Sezar usulida almashtiruvchi xarflar
k ta siljish bilan aniklanadi. Yuliy Sezar bevosita k=3 bulganda ushbu usuldan
foydalangan. k=3 bo‘lganda va alifbodagi xarflar m=26 ta bo‘lganda kuyidagi
jadval xosil kilinadi: Misol. Matn sifatida SAMARQAND so‘zini oladigan
bo‘lsak, Sezar usuli natijasida kuyidagi shifrlangan yozuv xosil bo‘ladi:
VDPDUTDQG. 2. Sezar usulining kamchiligi bu bir xil xarflarning, o‘z
navbatida, bir xil xarflarga almashishidir. 3. Affin tizimidagi Sezar usulida xar
bir xarfga almashtiriluvchi xarflar maxsus formula bo‘yicha aniklanadi: at+b
(mod m), bu yerda a,b — butun sonlar, 0< a, b vaktda kompyuter tarmoklarida tijorat axborotlari bilan almashishda uchta
asosiy algoritm-lar, ya’ni DES, CLIPPER va PGP algoritmlari ko‘llanilmokda.
DES va CLIPPER algoritmlari integral sxemalarda amalga oshiriladi. DES
algoritmining kriptomustaxkamligini kuyidagi misol orkali xam baxolash
mumkin: 10 mln. AKSh dollari xarajat kilinganda DES shifrini ochish uchun 21
minut, 100 mln. AKSh dollari xarajat kilinganda esa 2 minut sarflanadi.
CLIPPER tizimi SKIPJACK shifrlash algoritmini uz ichiga oladi va bu algoritm
DES algoritmidan 16 mln. marta kuchliroktsir. PGP algoritmi esa 1991 yilda
Filipp Simmer-man (AKSh) tomonidan yozilgan va elektron pochta orkali
uzatiladigan xabarlarni shifrlash uchun ishlatiladigan PGP dasturlar paketi
yordamida amalga oshiriladi. PGP dasturiy vositalari Internet tarmogida
elektron pochta orkali axborot jo‘natuvchi foydalanuvchilar tomonidan shifrlash
maksadida keng foydalanilmokda.
Dostları ilə paylaş: |